№ 5-Maksim Gorkiy nomli umumiy oʻrta maktab
№ 5-Maksim Gorkiy nomli umumiy oʻrta maktab — Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri Oqsuvkentda joylashgan. Maktabning rasmiy nomi № 5-Maksim Gorkiy nomli umumiy oʻrta maktabidir (ruscha: Общеобразовательная средняя школа им. М. Горького). Maktab rus buyuk yozuvchisi Maksim Gorkiy (1868-1936) nomi bilan ataladi. Gimnaziyada oʻqish bepul boʻlib, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor.
№ 5-Maksim Gorkiy nomli umumiy oʻrta maktabi | |
---|---|
Fayl:Безымянныйjg.jpg | |
Maksim Gorkiy maktab binosi | |
Joylashgan yeri | |
Sayram tumani Oqsuvkent, Qozogʻiston | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Umumiy oʻrta |
Diniy mansublik | Hech qanaqa |
Asos solingan sanasi | 1900-yil |
Asoschi | Pankratova Yelizaveta Alekseevna |
Direktor | Seydaliev Kuanish Kurmanalievich |
Til | Rus tili |
Tarixi
tahrirMaksim Gorkiy maktabining tarixi 1900-yildan boshlanadi. Birinchi oʻqituvchi Pankratova Yelizaveta Alekseevna boʻldi. U 1900-yildan 1926-yillar oraligʻida faoliyat koʻrsatti. 1938-yilgacha 7 yillik maktab boʻldi. 1938-yildan buyon Maksim Gorkiy nomi bilan atala boshlandi. Maktabda 6 ta sinf xonasi boʻldi. Maktab direktorlari: Pavluxin, Momanov, Meysner, Stepanov, Radchuk M. I., Chubarova, Smolyakova, Shegay, Pavlov S. I., Gutovskiy Ye.P., Dashkevich, Nigay N.G., Boyko V.F., Ostoyach P.I., Tleuberdiev B., Babenko T.M., Kim S., Kinjaev A.I lar boʻldi. Gorkiy maktabi oʻqituvchilarining anchasi Ulugʻ Vatan Urushiga qatnashgan: Rachek M. S., Vuyko V. I., Konskiy D. M.
Maktab tarkibi
tahrirMaktabda, 2007-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 1084 oʻquvchi, 18 millat vakillari tahsil olishadi. 83 ta oʻqituvchi bilim beradi. Shulardan 19 oʻqituvchi oliy toifali, 14 oʻqituvchi 1-toifada, 30 oʻqituvchi 2 toifali, qolganlari toifasiz. Maktab direktori Seydaliev Kuanish Kurmanalievich va direktor oʻrinbosari Sadikova G.V. „Qozogʻiston Respublikasi fan alochilari“ (ruscha: "Отличник образования РК") unvoniga egadir. Sadikova G.V. 2007-yil „Astanaga 10 yil“ (ruscha: "10 лет Астаны") yubiley medali sohibasi boʻldi.