Koʻlkent
Koʻlkent qishlogʻi — Turkiston viloyati Sayram tumanidagi qishloq. Aholisi 13500 kishi. Xoʻjalik subʼektlari — 12.
Koʻlkent | |
---|---|
qishloq | |
42°32′53″N 69°41′2″E / 42.54806°N 69.68389°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Turkiston viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Sayram tumani |
Hukumat | |
• Akim | Yuldashev Oʻtkir |
Aholisi (2011) |
13 500 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, qozoqlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +772531 |
Avtomobil kodi | 13 |
|
Ijtimoiy soha
tahrir9 maktab, 7 ta davolash muassasasi, 7 ta madaniyat muassasasi bor. Qishloq hokimlari: Abdullaev Ogʻabek, Komilov Sobirjon Komilov S. Xotam oʻgli.
Qisqacha tarixi
tahrirBir paytlari inqilobdan soʻng Qoʻshchi uyushmasining mahalliy vakillari, asosan batraklar Qargʻaboy degan joyda yashagan Jandarbek boʻlis va Qorabuloqdagi Saydahmad boʻlis bilan kelishib, Oqsuv daryosining sharq tomonidan ekin erlarini boʻlib olishgan. Chernyaev inqilobiy qoʻmitasidan maxsus vakil chaqirilib, suv chiqarish masalasi muhokama qilinadi. Anormat boʻlis boshchiligida kanal qazdiriladi. Vakil hisoblab chiqib, bu erga 160 xonadonni joylashtirish mumkinligini aytadi. Bu yer Koʻlkent degan joy ekan. Odamlar uni yangi zamonga moslab Qizilqishloq deb atashdi. Har bir xoʻjalikka 0,75 gektardan yer uchastkasi tegadi. 1929-yilda birinchi artel dunyoga keladi. Kelasi yil u Qizilqishloq kolxozi boʻlib tashkil topdi[1]. Tespe qishlogida Tespe kolxozi dunyoga keldi. 1936-yilda Oʻteboy qishlogʻi Tespedan boʻlinib, Batrak kolxozini tuzdi. Kolxoz yangi joyga almashdi. Uni Madaniy deb atashdi. Kichik suv elektr stansiyalari solindi. Har bir qishloqda maktablar ochildi. Yangi turmush kolxozi Orisning narigi tomonida tashkil topib, Tulkiboshga tobe boʻlgan ekan. 1940-yilda daryoning berigi tomonida yangi xoʻjalik qad koʻtardi. 1930-yilda esa Paxtazarbdor qishlogʻi ahli Qorabuloqdan boʻlinib, Oshbuloqning quyi qismiga joylashdi. Paxtazarbdor kolxozi 1932-1933-yillarda tashkil topdi. 1953-1958-yillarda Madaniy, Yangi turmush, Paxtazarbdor kolxozlari Xrushchev nomli kolxozga, Tespe, Qizil Qozogʻiston, Qizilqishloq kolxozlari Frunze nomli kolxozga, Molotov nomli, 4-besh yillik, Oqsuv kolxozlari Jdanov nomidagi kolxozga birlashdi. 1965-yilda uchta kolxoz qoʻshilib, sovxoz boʻldi. Unga Frunze nomi berildi. U Ittifoqdagi dorivor oʻsimliklar etishtiradigan 28 ta sovxozdan biri edi. Keyingi 25 yil ichida oʻsib, rivojlanib, yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Toʻqsoninchi yillarda xususiylashib, undan Qizil Qozogʻiston, Oʻlja, Qizilqishloq ishlab chiqarish shirkatlari boʻlinib chiqdi.
Qishloq Kengashi
tahrirIlgari bu hududda boʻlis (volost)lar boʻlgan ekan. Qizilqishloq qishloq Kengashi 20-yillarda tashkil topgan. Keyingi yillarda uning hududi, maʼmuriy xoʻjalik tuzilmalari juda koʻp marta oʻzgardi. Qizilqishloq 2001-yilga kelib Koʻlkent boʻldi. Qishloq Kengashi hududida 11 millat vakillari yashaydilar. 1970-1980-yillarda uy-joy masalasiga alohida koʻngil boʻlingani payqaladi. Sakkiz yil ichida 300 ga yaqin yosh oila yangi uylarga koʻchib oʻtgan. Xoʻjalik iqtisodini rivojlantirish maqsadida xoʻjalik hisobini kuchaytirishga koʻp ulush qoʻshdi, yer munosabatlarini sozladi, ekin suvi masalasini echishda ishtirok etdi. Keyinroq tuzilgan yosh xoʻjaliklarni ham nazardan chetda qoldirmadi.
Qishloq Kengashi raislari
tahrirMirzaboev Tashim, Jumaboev Jaqipbek, Sarmonov Sotiboldi, Pirtaev Abilda, Abdujalilov Ergash, Sayapova Daryo, Boʻtabekov Ergash, Nazirov Sunnat, Abdugʻaniev Nizzatulza- mon, Abildaev Ogʻabek, Komilov Sobirjon[1].
Aholi punktlari
tahrirOqsuvobod, Shaprashti, Koʻlkent, Qizilqozogʻiston, Tespe, Xonqoʻrgʻon, Yangi turmush, Madaniy.
Maorif sohasi
tahrirKoʻlkent qishloq okrugi hududida jami 10 ta umumiy oʻrta maktab faoliyat yuritmoqda.
- №26 Mahmud Qoshgʻariy nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
- №71 Qorasoy Botir nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
- №26 Alisher Navoiy nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
- №65 Abdurashid Muzrapov nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
- №41 Moʻliboy Oʻrazaliev nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
- №44 Madaniy nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
- №63 Qanish Satbayev nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
- №59 Qurmanbek Jandarbekov nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
- №96 Toʻlqin Qurbonov nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
- №76 Umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
- Kemel Toʻqayev nomli xususiuy maktabi - darslar oʻzbek, rus va qozoq tillarida olib boriladi
Xoʻjaliklari
tahrir„Qizilqozogʻiston“, „Oʻlja“, „Qizilqishloq“ ishlab chiqarish shirkatlari, Sanur-1 MChB, Oqsuv, Juzboy, Oqmirza, Oq marjoy, Tulpor, Boʻlashaq-XX1 gʻasir masʼuliyati cheklangan birodarliklari. Oqsuv MTS MChB. 1999-yilda tuzilgan. Qishloqdagi barqaror xoʻjaliklardan biri. Unda 250 kishi mehnat qiladi. Asosan dehqonchilik va dorivor oʻsimliklar etishtirish bilan shugʻullanadi. Raisi — Rustam Abdurasulov.
Jamoat tashkilotlari
tahrirFaxriylar kengashi (raisi Abildabek Ashirbekov). Xotin-qizlar kengashi (raisi Ibodat Abduqodirova). Yoshlar tashkiloti (etakchisi Xamza Abdurasulov). Biylar kengashi: Toʻbebiy — Ashirbekov Abildabek.
Kengash aʼzolari
tahrirIshoqov Yoʻldoshbek, Jumagʻulov Saribay, Komilov Erkin, Qistaubaev Irisbek, Tauqulov Tursunbek, Boʻltashev Toylarbek, Aripboev Kambar, Isroilov Abdulhamid, Ergashev Boʻtabek.
Qishloqning obroʻsini koʻtarayotganlar
tahrir- Jandarbekov Qurmanbek — Qozogʻiston xalqartisti, taniqli sanʼat arbobi.
- Oʻrazaliev Moʻldiyor — QR Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
- Tashimov Lesbek — Xalqaro qozoq-turk universiteti Chimkent boʻlimi direktori.
- Otabekov Nurmat — tibbiyot fanlari doktori. Toshkent.
- Saidniyozov Abdurahim — filologiya fanlari doktori. Toshkent.
- Boytoev Gʻiyos — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Qishloqning faxriy fuqarolari
tahrirShotemirov Abdukarim, Sodiqov Orif, Karmanov Qudaboy, Qorajonov Usentoy, Serikov Ergash, Naymanov Altinbek, Duyseboev Kenjebek, Moʻldaliev Satbay, Botirov Zeber, Naymanov Botirbek, Komilov Ahmadjon, Ahmadqulov Eminjon, Mirahmedov Askar.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirKoʻlkent[sayt ishlamaydi]