Vikipediya:WikiStipendiya
„WikiStipendiya“ – Oʻzbekcha Vikipediyani boyitishga qaratilgan loyihaning sahifasiga xush kelibsiz! Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yosh ijodkorlar kengashi hamda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda. Loyihaga 2022-yil start berilgan boʻlib, ayni damda III mavsum davom etmoqda.