Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/Natija
BOSH SAHIFA | TELEGRAM | YOUTUBE |
|
ASOSIY | QOIDALAR BAHOLASH TARTIBI |
PREMARAFON | ASOSIY MARAFON | PARAMARAFON | WIKINATIONS | NATIJA |
Yutuqlar
tahrir- „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ erkin litsenziya bilan yoyinlandi. Loyiha jamoasi saʼy-harakatlari natijasida 2024-yilning 8-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan 2022-yil chop etilgan lotin yozuvidagi ilk keng koʻlamli izohli lugʻat Creative Commons erkin litsenziyasi bilan ommalashtirilishiga erishildi. Bu holat lugʻatdagi barcha maqolalarni Vikilugʻatga toʻlaligicha kiritish uchun zamin yaratdi.
- Oʻzbekcha Vikipediya tarixida ilk marotaba Olimpiada oʻyinlari faol yoritildi. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oʻzbekcha Vikipediyada faol yoritildi. Xususan, barcha oʻzbekistonlik sportchilar, shuningdek, Olimpiadadagi sport turlari haqida sifatli kontent yaratildi. Natijada Oʻzbekistondagi OAV oʻyinlarni yoritishda oʻzbekcha Vikipediyadagi maʼlumotlarga tayangan holatlar kuzatildi.
- Marafon kashf qilgan vikimediachilar sifatli kontent yaratmoqda. Joriy mavsumda „WikiStipendiya“ orqali Vikimedia harakatiga kirib kelgan foydalanuvchi bir necha statusli maqola yaratdi. Xususan, uchta maqola xushsifat (Shirbudun saroyi, Acquacotta va Falastin 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida), bitta maqola yaxshi (Afgʻoniston 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida) maqola statusini oldi.
Natija raqamlarda
tahrir- Oʻzbekcha Vikipediya ommalashmoqda. 2024-yilning yanvar-iyul oylarining har birida oldingi yillarning ayni oylariga solishtirganda foydalanuvchilar tomonidan qilingan umumiy tashriflar soni muntazam koʻp boʻldi. Masalan, 2023-yilning yanvar oyida oʻzbekcha Vikipediya sahifalari 9 777 303 marta koʻrilgan boʻlsa, joriy yilning yanvar oyida bu koʻrsatkich 18 118 417 ni tashkil qildi.
- Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 300 000 dan oshdi. 2024-yilning 29-iyun kuni oʻzbekcha Vikipediyada yaratilgan maqolalar soni 300 000 dan oshdi[izoh 1].
- Oʻzbekcha Vikipediya barcha tillardagi Vikipediyalar roʻyxatida 41-oʻringa koʻtarildi. 2024-yilda oʻzbekcha Vikipediya soddalashtirilgan inglizcha hamda valliycha Vikipediyalardan oʻzib, barcha tillardagi Vikipediyalar orasida 41-chi oʻringa chiqib oldi[izoh 2].
Izohlar
tahrir- ↑ Ayrim marafon ishtirokchilari tomonidan Content Translation uskunasi yordamida yaratilgan koʻp sonli avtomat tarjimadan iborat maqolalar oʻchirilayotgani uchun ayni damda maqolalarning umumiy soni 300 mingdan ozroq.
- ↑ Bugunga qadar 345 ta Vikipediya boʻlimi yaratilgan, ammo ularning 13 tasi faol foydalanuvchilar yoʻqligi uchun yopilgan.