BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Paramarafon – nogironligi boʻlgan ishtirokchilar oʻrtasida asosiy marafonga parallel ravishda tashkil etiluvchi individual marafon.

Premarafon bosqichida nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlovchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, loyihani mazkur qatlam orasida ommalashtirish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Paramarafon ham asosiy marafonlar singari 3 turdan iborat boʻlib, har bir turdan eng yaxshi natija qayd etgan oʻn nafar ishtirokchilar grandfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi.

Grandfinal 30 nafar ishtirokchi oʻrtasida tashkil qilinadi.

Qoidalar tahrir

  • Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnasha oladi;
  • Marafonga quyidagi talablarga javob beradigan maqolalar qabul qilinadi:

* Yaratgan maqolangizni Fountainga kiritishdan oldin, yuqoridagi talablarga mos kelishini tekshirib chiqing. Marafon qoidalariga mos kelmaydigan, lekin Fountainga kiritilgan maqola hakamlar tomonidan maʼqullanmaydi va 0 ball bilan baholanadi.

Baholash tartibi tahrir

  • Hakamlar tomonidan faqatgina Fountainga kiritilgan maqolalar baholanadi.
  • Hakamlar, tashkilotchilar, sobiq hamda amaldagi administratorlar tomonidan yaratilgan va Fountainga kiritilmagan maqolalar 0 ballga baholanadi.
  • Marafon talablariga javob beradigan har bir tanlov maqolasi 1 ballga baholanadi.
  • Hakamlar maqola sifatini hisobga olib, ulardan har birini qoʻshimcha ball bilan taqdirlash huquqiga ega:
    • Mustaqil yaratilgan va nufuzli manba va adabiyotlarga tayangan maqolalar (masalan, boshqa vikilardan butunligicha yoki qisman tarjima qilingan va qoʻshimcha maʼlumot kiritilmagan maqolalar mustaqil yaratilgan hisoblanmaydi);
    • Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan maqolalar (toʻgʻri ishlatilgan andoza, nufuzli manbalar va adabiyotlar, toʻgʻri tanlangan turkumlar, Vikimaʼlumotlar bandi, suratlar va umuman ularning murakkab kombinatsiyasini hisobga olgan holda);
    • Maqola mavzusiga bogʻliq matnning katta hajmi uchun;
    • Agar uslubiy, orfografik xatolar, tarjimaning yomonligi va jiddiy qayta koʻrib chiqish/qayta koʻrib chiqishni talab qiladigan boshqa kamchiliklar boʻlsa, hakamlar hay’ati 1 ballga pasaytirish huquqiga ega.