Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/WikiNations
BOSH SAHIFA | TELEGRAM | YOUTUBE |
|
ASOSIY | QOIDALAR BAHOLASH TARTIBI |
PREMARAFON | ASOSIY MARAFON | PARAMARAFON | WIKINATIONS | NATIJA |
“WikiNations” mini marafoni nizomi
tahrirI. Umumiy qoidalar
tahrir1.1. Mazkur nizom Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “WikiStipendiya” loyihasi doirasida oʻtkaziladigan “WikiNations” mini marafonini (keyingi oʻrinlarda marafon) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
II. Marafonning maqsad va vazifalari
tahrir2.1. Ushbu marafonni oʻtkazishdan maqsad oʻzbekcha Vikipediyani sifatli ma’lumotlar bilan toʻldirish;
2.2. Marafonning asosiy vazifasi ochiq ensiklopediya hisoblanadigan Vikipediyaning oʻzbek segmentida foydali, qiziqarli maqolalar sonini oshirish, bunga keng aholini, asosan talabalarni jalb qilish.
III. Marafonni oʻtkazish tartibi
tahrir3.1. Marafon “WikiStipendiya” tashkiliy jamoasi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi;
3.2. Marafonda ishtirok etish uchun har bir ishtirokchi Oʻzbekiston bilan bogʻliq, oʻzbek tilida boʻlgan bir donadan, mustaqil va eng kamida 200 ta soʻzdan iborat maqolani yozib oʻzbekcha Vikipediyada joylashtirishi kerak;
3.4. Boshqa tildagi vikipediyalarda chala holatda boʻlgan va oʻzbekcha Vikipediyada mavjud boʻlmagan Oʻzbekiston bilan bogʻliq maqolani yaratish ham mumkin;
3.3. Yaratilayotgan maqola kamida 2 ta nufuzli manbaga ega boʻlishi kerak.
IV. Marafon ishtirokchilari
tahrir4.1. Marafonda oʻzbekcha Vikipediya rasmiyatchilari, administratorlari, interfeys administratorlari va sobiq administratorlari ishtirok eta olmaydi;
4.2. Marafonda istalgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (Nizomning 4.1. bandi bundan mustasno) ishtirok etishi mumkin;
4.3. Mazkur marafonda yakka tartibda ishtirok etiladi, ishtirok etish uchun @WikiNations botdan roʻyhatdan oʻtishlari talab etiladi;
4.4. Marafonda birinchi gʻoliblik oʻrni uchun oʻzbekcha Vikipediyada status egalari, oʻtkazilgan marafonlarda gʻolib boʻlganlar (WikiStipendiya 1-mavsum 18 ta gʻolibi, 2-mavsumda oʻtkazilgan tanlovlar g‘oliblari, *Tarjima marafoni oʻzbek tilida oʻtkazilmaganligi uchun bundan mustasno) kurash olib borishadi (statusga ega foydalanuvchilar (1-ilovada) va WikiStipendiya marafonining o‘tgan 2 mavsumi g‘oliblari ro‘yxati (2-ilovada) keltiriladi);
4.5. Marafonda ikkinchi gʻoliblik oʻrni uchun hech qanday statusga ega boʻlmagan va bundan oldingi marafonlarda gʻolib boʻlmagan (Tarjima marafoni bundan mustasno) ishtirokchilar kurash olib borishadi;
4.6. Marafondagi uchinchi gʻoliblik oʻrnini kim egallashini hakamlar ishtirokchilarning yozgan maqolalariga qarab xulosa berishadi (4.4. yoki 4.5. banddagi ishtirokchilardan boʻlishi kerak).
V. Baholash tartibi
tahrir5.1. Nizomning 4.4. bandiga mos keluvchi ishtirokchilar tomonidan oʻzbekcha Vikipediyaga joylangan maqolalar adminstratorlar: Nikolay Artemev, Jamshid Nurkulov, Azizjon Sharipov, Laziz Baxtiyorov, Mirzoulug‘bek Karimov, Muhriddin Azimov, Nodir Atayev tomonidan baholanadi;
5.2. Nizomning 4.5. bandiga mos keluvchi ishtirokchilar tomonidan o‘zbekcha Vikipediyaga joylangan maqolalar tashkiliy jamoa a’zolari: Jahongir Boboyev va Shohjahon Sobirov tomonidan baholanadi;
5.3. Talabga javob beradigan maqola uchun oʻn ball beriladi.
V.I. Qoʻshimcha ball berish tartibi
tahrir5.1.1. Maqolaga mustaqil olingan va bevosita maqolaga bogʻliq boʻlgan fotosurat uchun qoʻshimcha oʻn ball beriladi;
5.1.2 Maqolaning katta hajmi uchun (500+ so‘z) qoʻshimcha oʻn ball beriladi;
5.1.3 Maqola hajmi agar 1000+ soʻzga yetkazilsa qoʻshimcha oʻn ball beriladi;
5.1.4 Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan maqola uchun qoʻshimcha oʻn ball beriladi.
VI. Gʻoliblarni taqdirlash
tahrir6.1. Marafon soʻngida hakamlar tomonidan tashqi turizm (Ozarbayjon) uchun 3 nafar ishtirokchi tanlab olinadi
6.2. Marafon soʻngida hakamlar tomonidan ichki turizm uchun ham 3 nafar gʻolib tanlab olinadi.
6.3. Gʻolib boʻlgan ishtirokchi ma’lum bir sabablarga koʻra sayohatga bora olmasa oʻrniga boshqa shaxsni joʻnata olmaydi. Bunday holatda gʻolibdan keyingi oʻrinni egallagan ishtirokchi gʻolibga aylanadi va sayohat yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
VII. Yakuniy qoidalar
tahrir7.1. Hakamlar tomonidan qoʻyilgan ballar, qarorlar yakunlovchi hisoblanib oʻzgartirilmaydi va muhokama qilinmaydi.
7.2. Marafon davomida nizomda koʻrsatilmagan fors-major holatlar yuzaga kelsa ishchi guruh yakuniy qarorni qabul qiladi.
Ilovalar
tahrirO‘zbekcha Vikipediyada statusga ega foydalanuvchilar (1-ilova)
tahrir(rasmiyatchi, adminstrator, interfeys administratori va sobiq adminstratorlardan tashqari):
tahrir№ | Status egasi* | Status |
1 | Kamol Azzam | Xulosa chiqaruvchi, eski holiga qaytaruvchi, patrullovchi |
2 | Axadjon1 | Xulosa chiqaruvchi, eski holiga qaytaruvchi |
3 | Hilola Jurakulova | Xulosa chiqaruvchi, eski holiga qaytaruvchi |
4 | Husniddin Rasulov | Xulosa chiqaruvchi, eski holiga qaytaruvchi |
5 | ITPRO.UZ | Xulosa chiqaruvchi |
6 | Mrshaxas | Xulosa chiqaruvchi, eski holiga qaytaruvchi |
7 | Muzaffar Murodovich | Eski holiga qaytaruvchi |
8 | Panda D | Eski holiga qaytaruvchi |
*Yuqorida koʻrsatilgan foydalanuvchilar nizomning 4.4. bandiga muvofiq marafonda ishtirok etishlari mumkin.
WikiStipendiya marafonining gʻolib va sovrindorlari roʻyxati (2-ilova)
tahrir(rasmiyatchi, adminstrator, interfeys administratori va sobiq adminstratorlardan tashqari):
tahrir№ | Gʻolib ism familyasi* | Gʻoliblik nominatsiyasi |
1 | Boboyev Jahongir | 1-mavsum gʻolibi |
2 | Isaqova Gulasal | 1-mavsum sovrindori |
3 | Hamrayev Shohjahon | 1-mavsum sovrindori |
4 | Qozixonova Dilnoza | 1-mavsum sovrindori |
5 | Joʻraboyev Muzaffar | 1-mavsum sovrindori |
6 | Rasulov Husniddin | 1-mavsum sovrindori |
7 | Xolnazarov Sarvar | 1-mavsum sovrindori |
8 | Gʻafforov Ibrohimjon | 1-mavsum sovrindori |
9 | Abdugʻafforov Ahror | 1-mavsum sovrindori |
10 | Sharipova Sitora | 1-mavsum sovrindori |
11 | Ikromova Guli | 1-mavsum sovrindori |
12 | Baqoyev Umidjon | 1-mavsum sovrindori |
13 | Tangirova Visola | 1-mavsum sovrindori |
14 | Abdulhamidov Lutfulloh | 1-mavsum sovrindori |
15 | Tohirov Ravshanbek | 1-mavsum sovrindori |
16 | Dilnoza Mahmudova | Vodiy oyligi gʻolibi |
17 | Sitora Oblakulova | Vodiy oyligi gʻolibi |
18 | Anvarxon Mahmudov | Vodiy oyligi gʻolibi |
19 | Mahmud Hamrayev | Zarafshon oyligi gʻolibi |
20 | Abdufattohov Ibrohimjon | Zarafshon oyligi gʻolibi |
21 | Maqsudxonov Kamron | Voha oyligi gʻolibi |
22 | Javohir Toʻrayev | Voha oyligi gʻolibi |
23 | Javohir Yormatov | Voha oyligi gʻolibi |
24 | Gulhayo Mahmudova | Markaziy Oʻzbekiston oyligi gʻolibi |
25 | Shahriyor Muhamedov | Amudaryo oyligi gʻolibi |
26 | Durdona Tosheva | Amudaryo oyligi gʻolibi |
27 | Muxidinxonova Diloromxon | Toshkent oyligi gʻolibi |
28 | Ilhom Jovliyev | Toshkent oyligi gʻolibi |
29 | Dilshodov Mirzaolim | Toshkent oyligi gʻolibi |
30 | Humoyun Qodirov | Yaxshi maqola nominatsiyasi gʻolibi |
31 | Kamola Abdugʻaniyeva | Yaxshi maqola nominatsiyasi gʻolibi |
32 | Hasan Alimov | Xushsifat maqola nominatsiyasi gʻolibi |
33 | Mirfayzbek Abdullayev | Xushsifat maqola nominatsiyasi gʻolibi |
34 | Gʻofurbek Eldorbekov | Yaxshi maqola nominatsiyasi gʻolibi |
35 | Elbek Narzullayev | Xushsifat maqola nominatsiyasi gʻolibi |
*Yuqorida koʻrsatilgan shaxslar nizomning 4.4. bandiga muvofiq marafonda ishtirok etishlari mumkin.