Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/Asosiy marafon

BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Asosiy marafonlar bosqichi 3 turdan iborat boʻlib, unda jamoaviy ishtirok etiladi

  • Marafon OTM talabalari oʻrtasida musobaqa formatida tashkil etilib, har bir OTMdan kamida bitta jamoa ishtirok etishi mumkin;
  • Marafon har biri 45 kun davom etadigan 3 turdan iborat boʻlib, har bir tur yakunida eng yaxshi natija koʻrsatgan jamoalar WikiOromgohda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi;
  • Oromgoh davomida eng yaxshi natija koʻrsatgan 10 ta jamoa Grandfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi;
  • Shunday qilib, har bir tur yakunida 10 ta jamoa Grandfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Yoʻnalishlar tahrir

Yangi maqola — Vikipediyada avval mavjud boʻlmagan mavzuda maqolani noldan yaratish. Mazkur maqola boshqa tildagi Vikipediyalarda ham mavjud boʻlmasligi yoki oʻta qisqa maqola oʻlaroq kiritilgani uning „yangi maqola“ boʻlishining asosiy mezoni hisoblanadi. Bunda jamoalar u yoki bu ensiklopedik ahamiyatga molik mavzuda maqola yaratishlari mumkin.

Tarjima maqola — Vikipediyaning boshqa tillarida mavjud boʻlgan maqolani oʻzbek tiliga oʻgirish orqali maqola yaratish. Bunda maqolaning kamida bitta xorijiy tilda mavjud ekanligi maqolaga „tarjima maqola“ sifatini beradi. Bunda jamoada xorijiy tilni biluvchi ishtirokchining boʻlishi juda muhim.

„Tahrir“ yoʻnalishida oʻzbekcha Vikipediyada mavjud maqoladagi xatolarni toʻgʻrilash yoki mavzusini boyitish nazarda tutilgan. Bu avvaldan yaratilgan maqolalar sifatini yaxshilash, oʻzbekcha Vikipediyaning teranligini oshirishga hissa qoʻshish demakdir.

„Foto“ yoʻnalishida oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalarni sifatli va mavzuga oid fotolar bilan boyitish nazarda tutilgan. Bunda jamoalar oʻzlari kiritgan yoki avvaldan mavjud maqolaga oid suratni Vikiomborga yuklashlari va mazkur surat avval Vikiomborda mavjud boʻlmaganligi muhim. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan fotosuratlarni plagiat qilib yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ballar toʻplanishi tahrir

Jamoalar „Yangi maqola“, „Tarjima maqola“, „Tahrir“ va „Foto“ yoʻnalishlari boʻyicha ballar toʻplab borishadi.

Mazkur 4 ta yoʻnalish har bir jamoa uchun taalluqli boʻlib, ularning har 4 yoʻnalishni imkon qadar birdek toʻldirib borishlari zarur boʻladi. Masalan, faqat tarjima maqolalar yaratib, boshqa yoʻnalishlarda faollik koʻratmaslik marafon qoidalariga zid hisoblanadi.

Har oy soʻnggida jamoalarning har 4 yoʻnalish boʻyicha yetarlicha ball toʻplashgani ularga marafonni davom etish imkonini beradi.

Oy soʻnggida u yoki bu kriteriya boʻyicha belgilangan minimumni bajarmagan jamoa mazkur kamchilikni keyingi oyda toʻldirish majburiyatini oladi. Ularga yangi oyda jamoa tarkibida oʻzgarishlar qilish orqali muhitni yaxshilashga imkon beriladi. Keyingi oyda ham „kamomat“ qayd qilingan taqdirda jamoa marafondan chetlashtiriladi.

Qoʻshimcha ballar tahrir

Jamoada 4 ta yoʻnalish boʻyicha har oylik minimum ballarni toʻplashdan tashqari qoʻshimcha ballarni qoʻlga kiritishlari ham mumkin.

4 yoʻnalish boʻyicha maʼlumot joylash marafonda ishtirokni davom ettirish huquqini saqlab qolish uchun majburiy boʻlsa, qoʻshimcha ballar uchun harakat qilish ixtiyoriydir.

Qoʻshimcha ballarni quyidagi yoʻllar bilan qoʻlga kiritish mumkin:

  • „Statusli maqola“ — jamoa tashabbusi bilan maqolaning statusga ega boʻlishi jamoaga qoʻshimcha ballar keltiradi. Yaʼni, maqola yaratilgani, tarjima qilingani yoki uning ustida tahrir qilingani uchun berilgan balldan tashqari uning statusli maqolaga aylangani uchun qoʻshimcha ballar beriladi;
  • „Dolzarb maqola“ — har oy boshida mazkur oyda marafon boshlanganidan uning yakuniga qadar dolzarb deb topilgan mavzular eʼlon qilinib, maxsus sahifadagi jadvalga muntazam ravishda kiritib boriladi. Mazkur mavzularda yaratilgan maqolalar maqola uchun olingan balldan tashqari dolzarbligi uchun ham qoʻshimcha ball ham olib keladi;
  • „Ayollar“„WikiAyollar“ loyihasi doirasida ayollar mavzusiga oid yaratilgan maqolalarga qoʻshimcha ball beriladi.

Parallel loyihalar tahrir

„Asosiy marafonlar“ bilan parallel ravishda Paramarafon va WikiNations loyihalari amalga oshiriladi.