Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/Ostloyihalar
BOSH SAHIFA | TELEGRAM | YOUTUBE |
|
ASOSIY | QOIDALAR | BAHOLASH TARTIBI | YARATISH UCHUN MAQOLALAR | OSTLOYIHALAR | STATISTIKA | KSS | NATIJA |
WikiStipendiya marafoni doirasida oʻzbekcha Vikipediyada muayyan mavzularda sifatli kondent yaratish hamda oʻzbek tilidagi boshqa viki loyihalar, xususan, Vikiombor qamrovini kengaytirish maqsadida turli chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Quyida marafon davomida yoʻlga qoʻyilgan barcha tashabbuslar bilan tanishishingiz mumkin.
Erkin litsenziyalar
tahrirWikiStipendiya marafoni doirasida Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi koʻmagi bilan barcha maqolalari oʻzbekcha Vikipediyaga yuklangan „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ CC BY 4.0 erkin litsenziyasi bilan tarqatildi.
WikiAyollar
tahrirMarafon doirasida Vikipediyada ayollar bilan bogʻliq mavzularni, xususan, ayollarning huquqlari, jamiyatdagi oʻrni hamda faoliyatini yoritish maqsadida WikiAyollar loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
WikiInklyuziv
tahrirVikipediyadan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga yordam berish maqsadida ularni Vikipediya jamoasiga qoʻshish, ularga imkoniyatlar yaratish: audio maqolalar yaratish va kopirayterlikni oʻrgatish maqsadida WikiInklyuziv loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
WikiAudio
tahrirWikiStipendiya doirasida oʻzbekcha Vikipediya tarixida ilk marotaba maqolaning toʻliq audio versiyasini hozirlashga qaratilgan Audiomaqolalar loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Loyihadan maqsad — koʻrish qobiliyati cheklangan shaxslarda, shuningdek, oʻqishdan koʻra eshitishni afzal koʻrgan oʻzbekcha soʻzlashuvchilarni oʻzbek tilida maʼlumot olishlari uchun imkoniyat yaratish.
Bugunga qadar audio versiyasi hozirlangan maqolalar roʻyxatini mana bu sahifada topasiz. Mobil qurilmalarda hamda Wikipedia ilovasida maqolaning oʻqib, eshittirilgan versiyasiga linkni „Havolalar“ boʻlimida, desktop versiyada esa ham „Havolalar“ boʻlimida, ham derazaning yuqori oʻng burchagida topasiz.
WikiOromgoh
tahrirWikiStipendiya marafoni doirasida bir hafta davom etadigan WikiOromgoh tashkil etiladi. Oromgohda ishtirokchilar Vikipediya administratorlari tomonidan mahorat darslari, taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar va boshqa qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.
WikiSport
tahrirUshbu loyiha Oʻzbekcha Vikipediyada sport bilan bogʻliq mavzularni, xususan, Oʻzbekiston chempionatlari, Oʻzbekistondagi sport klublari, oʻzbekistonlik sportchilar haqidagi maʼlumotlarni koʻpaytirish boʻyicha WikiStipendiya marafoni doirasida yoʻlga qoʻyilgan. Loyihada barcha jins vakillari qayerda yashashlaridan qatʼi nazar ishtirok etishlari mumkin.
WikiTaʼlim
tahrirWikiStipendiya marafoni oʻz yakuniga yetganidan keyin ham oʻzbek tilidagi vikilar faol toʻldirib borilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda ilk marotaba taʼlim muassasalarida anʼanaviy topshiriqlar oʻrniga viki topshiriqlar berilishini taʼsis qilish maqsadida xorij davlatlari tajribasidan kelib chiqib, oʻzbekcha Vikipediyada WikiTaʼlim dasturi yoʻlga qoʻyildi. Barcha qiziqqan maktab, kollej va universitetlar loyihada ishtirok etishlari mumkin. Taʼlim muassasalari xodimlari uchun alohida mahorat darsi oʻtkazildi va videodars hozirlandi. Oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilari marafon davomida va marafon tugaganidan keyin ham Vikipediya Taʼlim dasturida ishtirok etishga qiziqish izhor qilgan barcha muassasalarni toʻliq qoʻllab boradilar.
WikiJurnalistika
tahrirWikiStipendiya marafoni doirasida yoʻlga qoʻyilgan WikiJurnalistika loyihasi Oʻzbekcha Vikipediyani jurnalistikaga oid terminlar, Oʻzbekiston va jahon jurnalistlari haqidagi maʼlumotlar bilan boyitishga qaratilgan loyihadir.
Oraliq tanlovlar
tahrirWikiStipendiya marafoni doirasida bir necha mavsum oraliq tanlov yoʻlga qoʻyiladi. Oraliq tanlovlar gʻoliblari munosib taqdirlanadi. Koʻproq maʼlumot olish uchun loyiha sahifasiga oʻting.