WikiOromgoh
Loyiha sahfasini koʻrish uchun Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh, Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 2-mavsum va Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 3-mavsum sahifalariga oʻting
WikiOromgoh | |
---|---|
![]() | |
Oʻtkazilgan joyi | Yoshlar oromgohi |
Boshlanish sanasi | 1-avgust 2022-yil |
Davomiyligi | 7 kun |
Tugash sanasi | 7-avgust 2022-yil |
Tashkilotchi | YIA |
Tijoriy tadbir | yoʻq |
Qatnashuvchilar | 150 kishi |
![]() |
WikiOromgoh — Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan «WikiStipendiya» marafoni[1] doirasida oʻtkazilgan tadbir boʻlib, u bir hafta davomida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar ishlari agentligiga qarashli oromgohda oʻtkazilgan.
Eʼlon qilinishiTahrirlash
2022-yil 19-iyul kuni Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev oʻzining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi kanalida «WikiStipendiya» marafoni[2] doirasida oʻtkaziladigan Wikioromgoh loyihasi haqida eʼlon qiladi va quyidagicha xabar qoldiradi:
“ | “WikiOromgoh”ga start beramiz!
Bir hafta davom etadigan mazkur oromgohda ishtirokchilar Vikipediya administratorlari tomonidan mahorat darslari, taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar va boshqa qiziqarli mashgʻulotlarda qatnashish imkoniga ega boʻladilar. “WikiOromgoh”da 19-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 00:00 ga qadar Vikipediyaga kamida 10 ta sifatli maqola joylagan ishtirokchilar qatnasha oladi. Eng muhimi esa yosh chegaralanmagan! Maqolalar ensiklopedik ahamiyatga ega va Vikipediya qonun-qoidalariga mos tarzda yaratilishi kerak. Anketada foydalanuvchi sahifasining havolasini kiritmagan va notebook yoʻq, deb belgilagan ishtirokchilar saralashda qatnasha olmaydi. Batafsil ma’lumot (https://t.me/wikistipendiya). Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: WikiOromgoh Telegram mesenjerida |
” |
— @alisher_sadullaev |
SaralashTahrirlash
Yuqorida keltirilgan shartlarni bajargan foydalanuvchilar saralab olindi va guruhlarga boʻlindi.
TashkilotchilarTahrirlash
Tashkilotchilar | |
---|---|
FIO | lavozim |
Mehrinoz Abbosova | YIA direktori
maslahatchisi |
Koordinatorlar | |
Shohruh Rahimboyev | Koordinator |
Gulbegim Xolmirzayeva | Koordinator |
Sadriddin Shamsiddinov | 1-guruh |
Murad Yuldashev | 2-guruh |
Shohista Qayumova | 3-guruh |
Shohrux Usmonov | 4-guruh |
Mohira Eshpoʻlatova | 5-guruh |
Asadbek Murtazaev | 6-guruh |
Otabek Rasulov | 7-guruh |
Hilola Joʻrakulova | 8-guruh |
Boshqa koordinatorlar | |
Sohibjamol Bozorova | |
Bekzod Toʻyqulov | |
Ilyos Shodiyev | |
Orifjon Olimjanov |
Ushbu loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi bosh tashkilotchi vazifasini bajardi. Shuningdek, unga hamkorlikda AOKA, RYIK va Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi koʻmaklashishdi.
Oromgoh haqidaTahrirlash
Yoshlar oromgohi Toshkent shahridan 110 km uzoqlikda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan[4][5]. Oromgoh togʻ yonbagʻrida joylashgan boʻlib, maydoni 10 gektardan oshiq[6]. Oromgohda 10 dan oshiq yotoqxona, oshxona, yozgi basseyn, amfiteatr, basketbol, futbol maydonlari, trenajyor zallari mavjud.
TadbirlarTahrirlash
YIAdagi uchrashuvTahrirlash
Ochilish marosimiTahrirlash
Mahorat darslariTahrirlash
Oʻzbek tilidagi vikipediya administratorlari Nodir Atayev, Mirzoulugʻbek Karimov, Aziz Sharipov, Jamshid Nurqulov, Umar Rahimov, Nikolay Artemovlar guruhlarga boʻlingan holda vikipediyaning yangi foydalanuvchilariga mahorat darslari oʻtib berishdi.
ZakovatTahrirlash
WikiMehmonlarTahrirlash
Ushbu loyiha doirasida oromgohga taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar tashrif buyurib, oromgoh ishtirokchilari bilan bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Ular quyidagilar:
- Ulugʻbek Ismatov — Loyihalar boshqaruvi markazi rahbari;
- Saida Rashidova — yozuvchi, Oʻzbek tili maktabi asoschisi;
- Shuhrat Daryo — xonanda, „Nihol“ mukofoti sovrindori;
- Iroda Karimova — «Puma» shirkati xodimi (Zoom orqali);
- Shahnoza Soatova — Bloger, Adliya vazirining davlat tili va ma’naviyat masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Erishilgan natijalarTahrirlash
Oromgohda yozilgan maqolalarni guruhlar boʻyicha taqsimoti (% da):
Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonning turli burchagidan oromgohga kelgan 150 nafar foydalanuvchi qatnashdi. Ular Oʻzbekcha Vikipediyaga 2-avgust soat 00:00 dan 6-avgust 18:00 ga qadar jami 8726 ta yangi maqola yozib kiritishdi[7]. Shulardan 7509 tasi, yaʼni 87,3 foizi oromgoh ishtirokchilari tomonidan yozildi va oʻzbekcha Vikipediya barcha tillardagi Vikipediyalar orasida gruzin va norveg tillaridan oʻtib, 57-pogʻonadan 55-pogʻonaga koʻtarildi.
Yopilish marosimiTahrirlash
Yopilish marosimi oromgoh hududidagi amfiteatrda boʻlib oʻtdi. Unda guruhlar oʻz chiqishlari bilan qatnashishdi.
Gʻoliblarni taqdirlashTahrirlash
Yopilish marosimining soʻnggi qismida taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda har bir guruhdan eng koʻp maqola yozgan ishtirokchilarga sovgʻa sifatida notbuklar topshirildi[8].
GalereyaTahrirlash
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Wikistipendiya marafoni eʼlon qilindi.“. sof.uz. Qaraldi: 16-may 2022-yil.
- ↑ „“WikiStipendiya” marafonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi!“. yoshlar.gov.uz. Qaraldi: 16-may 2022-yil.
- ↑ https://yandex.uz/maps/?l=sat&ll=70.022624%2C41.578579&mode=whatshere&whatshere%5Bpoint%5D=70.021900%2C41.578768&whatshere%5Bzoom%5D=17&z=17
- ↑ https://myday.uz/uz/sport/relax/kamolot-yoshlari-bolalar-soglomlashtirish-lage
- ↑ https://www.facebook.com/Chimyon.Yoshlar.Oromgohi/
- ↑ „Yoshlar oromgohi“. Qaraldi: 31 may.
- ↑ [16495 „„WikiOromgoh“da bir haftada sakkiz mingdan ortiq maqola yaratildi“] 5-bet (31 may). Qaraldi: 31 may.
- ↑ „„WikiOromgoh“ loyihasi oʻz yakuniga yetdi“. Hudud — MY5 TV (31 may). Qaraldi: 31 may.