Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Masnaviy maʼnaviy
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Assalomu alaykum bu maqolani qayta xatolarini tuzatib nomzodlikka qayta qoʻydim. Kamchiliklari boʻlsa xabar bersangiz mamnun boʻlaman. Ravshanbek Tohirov (munozara) 14:00, 7-Sentabr 2022 (UTC)
- @Ravshanbek Tohirov Mana bu gap tushunarsiz boʻlib qolgan: „Arab-fors epik dostonchiligi usuli boʻlgan masnaviy shaklida yozilgan doston boʻlgan bu asar oʻzida jumladan, Masnaviy maʼnaviy asarini olimlar didaktik doston (Yevgeniy Bertels), hamosiy (epik) sheʼrlar majmuosi (T. Purnomdoriyon), irfoniy kitob (P. Nikolson), tasavvuf qomusi (A. Shimmel) kabi sifatlar bilan atab, uning janriy oʻziga hosligini belgilamoqchi boʻldilar“ Jamshid Nurqul (munozara) 07:11, 14-Sentabr 2022 (UTC)
Assalomu alaykum avvalo oʻqib chiqaningiz uchun raxmat, hoʻp jumlaga ishlov beraman.--Ravshanbek Tohirov (munozara) 13:36, 14-Sentabr 2022 (UTC).
Barcha jumlalar to'g'irlandi.Ravshanbek Tohirov (munozara) 04:25, 18-Sentabr 2022 (UTC)
- „Bunga qadar oʻtgan oʻn yil mobaynida uzilishlar (hijriy 660—662 yillar)“ oʻquvchiga tushunarli boʻlishi uchun bu yerda milodiy yillarni ham koʻrsatib oʻtilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Jamshid Nurqul (munozara) 10:24, 24-Sentabr 2022 (UTC)
- Oʻzbek tiliga esa Haydar Xorazmiy „Javohir ul — asror“ Boborahim Mashrab „Mabdayi nur“ asarlari „Masnaviy maʼnaviy“ sharhlari tarzida bitilgan. Shuningdek Asqar Mahkam „Masnaviy maʼnaviy“ tarjima sharhi dunyo yuzini koʻrgan. Bu jumlalarning qayeridadir vergul, qayeridadir -ning qoʻshimchasi yetishmayapti. Jamshid Nurqul (munozara) 10:34, 24-Sentabr 2022 (UTC)
„Guft Layliro xalifa qon tuy, Qaz tu Majnun shud parishonu gʻaviy.
Az digar xubon tu afzun nestiy! Guft xomush: "Xomoʻsh chun tu Majnun nestiy".
Har ki bedor ast, oʻdar xobtar, Hast bedorim az xobash batar.
Chun ba haq bedor navbat joni mo, Hast bedoriy chu bar badnoni mo.
Laylini koʻrdi Xalifa, dedi hoy, Senmisan Majnunni yondirgan chiroy?
Lek chiroying oʻzgadin afzun emas? Qiz dedi: Bas chunki sen Majnun emas!.
Kimki boʻyla uyquda bedor emish, Uyqudin bedorligi battar emish.
Haqqa bedor boʻlmaguncha jonimiz, Boʻyla bedorlik - oʻtar dovonimiz.“
Bu yerda yozilgan yarmi forsiy, yarmi oʻzbekcha misralar asar tarjimasida ham aynan shunday kelganmi? Agar bir qismi asar asl tilidan translit qilingan, boshqasi uning tarjimasi bo'lsa, parchada ham shuni koʻrsatib oʻtilsa yaxshi boʻlardi. Maqola oddiy oʻzbekka tushunarli boʻlishi uchun oʻzimiz kiritgan har qanday nonsensni sharhlab ketishimiz kerak. Yarmi forscha, yarmi oʻzbekcha matnni qoʻshib andozaga tiqib qoʻyish bilan maqola XM statusiga loyiq boʻlib qolmaydi, har qanday maqolada ommaga tushunarlilik mezon boʻlishi muhim deb oʻylayman. Maqolada shunga oʻxshash — faqatgina maqola muallifiga tushunarli boʻlgan oʻrinlar koʻp. Jamshid Nurqul (munozara) 11:13, 24-Sentabr 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum barcha aytganlarizni inobatga olib yana bir bor tog'irlab chiqaman. Albatta bu maqola o'quvchiga barcha jumlalar tushunarli bo'lishi lozim, sizga esa rahmat. Ravshanbek Tohirov (munozara) 19:03, 24-Sentabr 2022 (UTC)
- Yuqorida bildirilgan kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf etsangiz agar xabar bering. Xulosa chiqarish vaqti choʻzilib ketyapti. — Kagansky (munozarasi) 18:47, 25-Sentabr 2022 (UTC)
Ravshanbek Tohirov hijriy va milodiy yillar yozilgan paytda orasida vergul qoʻyiladi, maqolangizni toʻliq qayta koʻrib chiqib, qoʻyilmagan vergullarni joy-joyiga qoʻyib chiqing. Sal saviyaliroq ishlang, Qirqim andozasidagi sheʼrni ham „Asl fors tilida yozilgan asardan parcha“ va „O'zbekcha tarjimasi;“ deb ikki xil kattalikdagi sarlavhada qoʻl uchida yozib qoʻygansiz, hatto ikkinuqta oʻrniga nuqta vergul qoʻygansiz. Keyingi safar shunday xatolar oldimdan chiqsa maslahat bermasdan qarshilik bildiraman. Jamshid Nurqul (munozara) 17:37, 27-Sentabr 2022 (UTC)
- ho'p bo'ladi, Jamshida aka barcha aytganlarizga rioya qilaman. Ravshanbek Tohirov (munozara) 15:01, 29-Sentabr 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman. Maqola mavzusi qisqa va loʻnda tarzda ochib berilgan. XM kriteriylariga javob beradi. — Kagansky (munozarasi) 19:35, 9-Sentabr 2022 (UTC)
- Roziman — Maqola XM statusiga loyiq. Nominatorga statusli maqola yozgani tashakkur! — ShohjahonSobirov (munozara) 17:52, 17-Sentabr 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman — Koʻplab imloviy va punktuatsion xatolarni tuzatib chiqdim, ammo hali ham shu kabi xatolar mavjud. Muallif imloviy va punktuatsion jihatdan qoʻl uchida ishlagan, „Nechmiddin“, „nesih“ kabi ayrim soʻzlar turk tilida qolib ketgan. Jamshid Nurqul (munozara) 18:46, 30-Sentabr 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrir- Betarafman -Kirish soʻzi kam. Maqolada bazi bir tomonlama jumlalar ketgan.tinish beligilari qolib ketgan joylari bor-Najot0809 (munozara) 13:16, 20-Sentabr 2022 (UTC)
- ko'rib chiqaniz uchun rahmat. Ravshanbek Tohirov (munozara) 15:03, 29-Sentabr 2022 (UTC)
Xulosa
tahrirBajarilmadi — Maqola shoshqaloqlik bilan yozilgandek, unda juda koʻplab punktuatsion va uslubiy xatolar mavjud. Maqolani yaxshi holatga keltirib, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 20:03, 2-Oktabr 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.