Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Najot0809!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarjon Rahimov (munozara) 13:25, 10-Iyul 2022 (UTC)

Salom, rasm bo‘yicha yozib munozara sahifamda xabar qoldirishga harakat qilgan ekansiz. Ammo, eplolmapsiz. Shuning uchun munozara sahifangizga yozyapman. Siz rasm joylamoqchi boʻlganingiz mening maqolamni tuzilish jihatidan buzib qo‘ydi. Avval, rasmni commonsga yuklang, keyin joylang. Maxsus:Upload'ga yuklab yotmang. Chunki, Jahongir Vahidov hali tirik. Iltimos, vandallik qilmang, avval rasm joylash tartibini o‘rganib chiqing. MaxiMillian  (menga yozish!) 07:01, 11-Avgust 2022 (UTC)

Rasm Yoshlar ishlari agenligi tomonidan joylangan! men uni qoʻydim maqolaga. vandalik qilmadim. aslida bu maqolani yangi yaratmoqchi edim. siz oldin kichik bir maqolani oʻzingiz yaratmay tarjima qilganingiz uchun uyalsangiz boʻlardi!Yotiq Najot0809 (munozara) 07:07, 11-Avgust 2022 (UTC)
Iye, afandim… Tarjima qilganimdan nega uyalishim kerak? Maqolani siz yaratmoqchi boʻlganingiz ammo ulgurmaganingizdan jaxlingiz chiqib, menga zarda qilmang! Keyin yana bir masala: O‘zbekiston iftixori medalini olganligi haqidagi qismingiz uchun Lex.uzdanmi yoki boshqa nufuzliroq saytdanmi manba keltirsangiz. MaxiMillian  (menga yozish!) 07:12, 11-Avgust 2022 (UTC)
Keltiraman ishlayapman. Familiyasini toʻgʻri tarjima qiling hech boʻlmasa! bemalol yangidan yaratsa boʻlardi demoqchiman. Meni sizga shaxsiy adovatim yoʻq, shunchaki juda chal ekaniga jaxlim chiqdi. Kim yaratishi ahamiyatsiz. Asosiysi maqola sifatli boʻlishi. Najot0809 (munozara) 07:16, 11-Avgust 2022 (UTC)
Chala boʻlishiga men aybdor emasman. Men maqoladagi kishi haqida maʼlumotlarni faqat bitta wikidan olmadim. Enwiki, Ruwiki, uninh ustiga oʻzim ham yangi manbalar kiritdim. Qoʻlimdan kelganini qildim. Agar maqolani toʻldirmoqchi boʻlsangiz, marhamat. Bu juda ajoyib boʻlardi. MaxiMillian  (menga yozish!) 07:19, 11-Avgust 2022 (UTC)
Rahamat! Tushunganingiz uchun. Toʻgʻri hali yangiman lekin iloji boricha sifat uchun kurashyapman. Najot0809 (munozara) 07:22, 11-Avgust 2022 (UTC)
Alisher Sadullayev nomli kanalda Vahidov deb keltirilgan. Men shu manbadan foydalandim. Oʻzim oʻylab topganim yo‘q. MaxiMillian  (menga yozish!) 07:21, 11-Avgust 2022 (UTC)
Hamma saytlarda va oʻzining instagram sahifasida ham Vohidov ketgan. telegram kanal manba boʻla olmasligini mendan yaxshi bilasizku) Najot0809 (munozara) 07:28, 11-Avgust 2022 (UTC)
Eslatgangiz uchun rahmat. Maqola nomini ko‘chirib qo‘ydim. Javohir Sindorov uchun ham rasmingiz bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi. MaxiMillian  (menga yozish!) 07:33, 11-Avgust 2022 (UTC)
Bor agentlikdan yuklab berishlarini soʻradim. tez orada qoʻyamiz. Najot0809 (munozara) 07:35, 11-Avgust 2022 (UTC)

Salom, hormang! Hamma „Equinox“chilarga rasm qo‘yibsiz-u, Javohir Sindorov esingizdan chiqibdi-da. Vikiomborga yuklandimi u ham? Yoki… MaxiMillian  munozara 18:47, 17-Avgust 2022 (UTC)

Salom yaxshimisiz? Rasmni yuklab berishmadida hali(yana soʻrayman bugun Najot0809 (munozara) 09:02, 23-Avgust 2022 (UTC)
  Charchamas ishtirokchi
Hurmatli Najot0809, O‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida mustaqil izlanishlar asosida maqolalar yaratib chiqayotganingiz uchun sizni „Charchamas ishtirokchi“ ordeni bilan taqdirlayman! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun tashakkur. Foydali tahrir qilishda davom etasiz, deb umid qilamiz. Umarjon Rahimov (munozara) 11:38, 23-Avgust 2022 (UTC).
Rahmat) izlanishda davom etamiz) Najot0809 (munozara) 11:40, 23-Avgust 2022 (UTC)

„Faxrli illustrator“ ordeni

tahrir
  "Faxrli illustrator" ordeni
Hurmatli Najot0809, mualliflik huquqiga ega tasvirlarni Vikiomborga yuklashda bergan yordamingiz uchun sizni, tantanali ravishda, "Faxrli illustrator" ordeni bilan taqdirlashga ruxsat etgaysiz. Vikipediyaga bundan keyin ham xuddi shunday hissa qoʻshishda davom etasiz degan umiddaman! Tabriklayman! MaxiMillian (munozara) 20:10, 24-Avgust 2022 (UTC)
rahmat!) Najot0809 (munozara) 20:11, 24-Avgust 2022 (UTC)

Regarding deletion requests

tahrir

Hello. I saw that you nominated a few pages for deletion earlier, which consisted of one line and with very few text. You may be interested to check Special:Deadendpages, where in just a few checked pages I found various problematic pages, some of which, e.g. Bolgariya Qirolligi have been made 3 months ago. NikosLikomitros (munozara) 13:37, 20-Sentabr 2022 (UTC)

Fountain baholash

tahrir

Assalomu alaykum. Aka fountainda 10-avgustgacha boʻlgan maqolalarim toʻgʻirlangan. Shularni tekshirsangiz men qolganlarini toʻgʻirlab qoʻyaman ungacha. ShohjahonSobirov (munozara) 08:53, 30-Sentabr 2022 (UTC)

Xoʻp Najot0809 (munozara) 09:12, 30-Sentabr 2022 (UTC)

Kishilar ismlari va disambig

tahrir

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozing. Masalan, Uilyam Uodsvort emas, William Wadsworth. Koʻproq maʼlumot uchun VP:MNKI sahifasi bilan tanishib chiqing. Iltimos, A Christmas Accident kabi maqolalaringizda shu kabi kamchiliklarni bartaraf eting. Bundan tashqari, maqola yaratayotganingizda, shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Misol sifatida David Copperfield (1911-yil) maqolasini olsak, oʻzbekcha Vikipediyada David Copperfield nomli maqola yoʻq. Shunday ekan, unga 1911-yil, deb disambig qoʻshishga hojat yoʻq. Maqolani David Copperfieldga koʻchirishingiz lozim.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 11:03, 4-Oktabr 2022 (UTC)

xoʻp katta rahmat. Najot0809 (munozara) 13:21, 4-Oktabr 2022 (UTC)
Iltimos, iloji boricha tezroq tuzatib chiqing.
Malikxan munozara 18:28, 6-Oktabr 2022 (UTC)

YM statusi

tahrir
Yaxshi maqola statusiga nomzod | Malay quyosh ayigʻi
 
 
  • Malay quyosh ayigʻi IUCN qizil roʻyxatiga kiritilgan yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan ayiq turi. Mazkur maqolada siz bu ayiqlar haqida yetarlicha maʼlumot olishingiz mumkin.
  • Maqolada convert andozasi tufayli ayrim oʻlchov birliklari ingliz tilida qolib ketgan va bu holatga vaqtincha koʻz yumishingizni soʻrar edim.
  • Iltimos, maqola bilan tanishib chiqing va oʻz fikrlaringizni qoldiring!
  • Lozim deb topsangiz   Roziman andozasini aks holda   Qarshiman yoinki   Betarafman belgisini qoʻllashingiz mumkin. Sizning har bir fikringiz men uchun ahamiyatli
  • Marhamat fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin: kirish

Iltimos maqolani tahrilashda Vikifikator tugmasini bosishga eʼtiborli boʻling. Ayrim rasmlar vikifikator qilingach ishlamay qolishi mumkin.

PanPanChik #yozish 05:00, 10-Oktabr 2022 (UTC)

Forumda ishtirok eting!

tahrir

Salom, Najot0809! Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 16:49, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Ovoz berishda ishtirok eting!

tahrir

Assalomu alaykum! Ushbu sahifada boʻlayotgan ovoz berish jarayonida qatnashishingizni iltimos qilib qolgan boʻlar edim. Soʻrovnomaga befarqlik koʻzi ostida boqmasligingiz, ovoz berishda ishtirok etishingiz, Vikimizda tahrirlar soninig oshishiga xizmat qilishi mumkin. Hurmat bilan MaxiMillian (talk) 12:46, 12-Noyabr 2022 (UTC)

Baholash

tahrir

Assalomu alaykum. Meni maqolalarimga qatorasiga 0 qoʻyib chiqyapsiz. Ayniqsa ʼʼUsmonli malikalari roʻyxatiʼʼ maqolasi 0 ga noloyiq edi Narzullayev Elbek (munozara) 03:34, 14-Dekabr 2022 (UTC)


Marafon e‘loni

tahrir

Assalomu alaykum. ShHamrayev meni taxallusim. Asli ismim Gulhayo Mahmudova. Maqolalarimni shu taxallus nomi ostida kiritganman. E‘lon qilishda ham Gulhayo Mahmudova deb e‘lon qiling--ShHamrayev (munozara) 14:43, 24-Dekabr 2022 (UTC)

Yangi 2023-yil muborak boʻlsin!

tahrir
  Yangi 2023-yil bilan!

Assalomu alaykum Shohruh aka! Sizni kirib kelgan yangi 2023-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Kelayotgan yil barchamizga baxt, omad va quvonch keltirsin. Yakunlangan 2022-yilda siz bilan oʻzbekcha vikipediyada tanishganligimdan juda xursandman! Yangi yilda Vikipediyani birgalikda rivojlantirishimizga tilakdoshman!!!
Samimiy tilaklar ila

PanPanChik #yozish 07:46, 1-Yanvar 2023 (UTC)