Malay ayigʻi

Ayiq turlaridan biri

Malay ayigʻi (Helarctos malayanus; ayrim manbalarda inglizchadan kirib kelgan „quyosh ayigʻi“ nomi ham ishlatiladi) — Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik oʻrmonlarida uchraydigan Ursidae oilasiga mansub tur hisoblanadi. Bu boʻyi taxminan 70 santimetr (28 in) va ogʻirligi 25–65 kilogram (55–143 lb) boʻlgan eng kichik ayiq turidir. U katta panjalari, oʻroqsimon shaklda qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va uzun boʻlmagan tumshugʻi bilan boshqa ayiqlardan ajralib turadi. Moʻynasi odatda qop-qora lekin kulrangdan qizil ranggacha farqlanishi mumkin. Koʻkrak qafasidagi toʻq sariq rangdan qaymoq ranggacha boʻlgan dogʻlari sababli malay ayiqlari ayrim tillarda „quyosh ayigʻi“ deb ham nomlanadi. Uning noyob morfologiyasi — koʻkrak qafasining oʻzgachaligi, ichkariga qayrilgan va katta tirnoqli kuchli old oyoqlari — toqqa chiqishga moslashganligidan dalolat beradi.

Malay ayigʻi
Qazilma davri: Pleystotsendan–hozirgacha, 1-0 Ma
calabrianhozirgacha 
200px
Kengkrachan milliy bogʻidagi malay ayigʻi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Oila: Ursidae
Kenja oila: Ursus
Urugʻ: Helarctos
Horsfield, 1825-yil
Tur: Helarctos malayanus
Osttur: 1. Malaya malay ayigʻi
(H. m. malayanus) Raffles, 1821
2. Borneo malay ayigʻi
(H. m. euryspilus) Horsfield, 1825

Binar nomi
Helarctos malayanus
(Stamford Raffles, 1821)

malay ayigʻining tarqalish hududi (2010)   Hozirda mavjud   Avval yashagan   Mavjudligi taxmin qilinadi
malay ayigʻining tarqalish hududi (2010)
  Hozirda mavjud
  Avval yashagan
  Mavjudligi taxmin qilinadi
Sinonimlari
Helarctos malayanus
(Stamford Raffles, 1821)
H. euryspilus
(Horsfild, 1825)
Ursus malayanus
(Heude, 1901)

Barcha ayiq turlari orasida eng koʻp vaqtini daraxtda oʻtkazuvchi (daraxtda yashovchi) malay ayigʻi ajoyib alpinist boʻlib, yerdan 2 dan 7 metrgacha (7 to 23 ft) balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. U asosan kun davomida faol boʻladi, lekin tungi hayot tarziga koʻra faolligi odamlar gavjum boʻladigan joylarda koʻproq uchraydi. Malay ayiqlari odatda yolgʻiz yashaydilar lekin baʼzida juft holatda ham uchraydilar (masalan, ona va bolasi birgalikda). Bu tur ayiqlar boshqa ayiq turlari singari qishki uyquga ketmaydilar, chunki ular uchun oziq-ovqat resurslari butun yil davomida mavjud boʻladi. Malay ayiqlari hamma narsani isteʼmol qila oluvchi hayvonlar boʻlgani sababli, chumolilar, asalarilar, qoʻngʻizlar, asal, termitlar va turli xil o'simlik mevalari va urugʻlari kabi mahsulotlarni oʻz ichiga olgan keng ovqatlanish ratsioniga ega; qushlar va kiyiklar singari umurtqali hayvonlar bilan ham oziqlanishi mumkin. Ular yil davomida koʻpayadi; ayiqlar ikki yoshdan toʻrt yoshgacha jinsiy yetuklikka erishadi. Urgʻochi ayiq bir yoki ikkita bola koʻrishi mumkin, ayiqchalar taxminan uch yil davomida onalari bilan qoladilar.

Malay ayigʻining yashash diapazoni shimolda Hindistonning shimoli-sharqiy qismi bilan chegaralangan hamda janubdan janubi-sharqqa tomon Bangladesh, Kambodja, Myanma, Laos, Tailand va Vyetnam orqali Bruney, Indoneziya va Malayziyaga qadar choʻzilgan. Bu ayiqlar oʻrmonlarning doimiy kesilishi, oziq-ovqat va yovvoyi hayvonlar savdosi uchun noqonuniy ov qilinishi sababli kamayib bormoqda, shuningdek, ular qishloq xoʻjaligi yerlariga, plantatsiyalarga va bogʻlarga ovqat qidirib kirganda odamlar tomonidan oʻldirilish holatlari kuzatilgan. Soʻnggi 30 yil ichida dunyodagi barcha shu tur ayiqlari soni 35 foizga kamaygan. IUCN ushbu turni himoyaga olingan jonzotlar roʻyxatiga kiritgan[1].

Sharipova Madina HSTP.22UL

Etimologiya

tahrir

Bu jonzot koʻkrak qafasidagi oʻziga xos toʻq sariqdan qaymoq ranggacha boʻlgan, yarim oyga oʻxshash dogʻi sababli ham „quyosh ayigʻi“ deb nomlangan[2]. Ilmiy umumiy nomi Helarktos ikkita yunoncha soʻz birikishidan kelib chiqqan: khēlios (hēlios, „quyosh bilan bogʻliq“) va arktos (arctos, „ayiq“)[3]. Yana bir nomi — „asal ayigʻi“, malay va indonez tillarida beruang madu boʻlib, bu asal qoliplaridagi asal bilan oziqlanish odatiga oid nom hisoblanadi[4][5]. „Asal ayigʻi“ kinkajou ham isteʼmol qilishi mumkin[6].

Taksonomiya va filogeniya

tahrir

Ayiqlarning ilmiy nomiUrsus malayanus 1821-yilda Sumatradan topilgan malay ayigʻini birinchi marta tasniflagan Stamford Raffles tomonidan taklif qilingan[7]. 1825-yilda Thomas Horsfield Borneodan topilgan malay ayigʻini tasniflashda turni oʻziga xos Helarctos jinsiga mansub deya baholagan[8].

Hajmdagi farqlar asosida ikkita kichik tur nomi taklif qilingan[9][10]:

1901-yilda annamlik Pierre Marie Heude tomonidan tasniflangan H. anmamiticus alohida tur hisoblanmaydi, lekin H. m. malayanus ga kichik sinonim sifatida keltiriladi[11]. 1906-yilda Richard Lydekker H. m.wardii nomi bilan ataluvchi boshqa bir kichik turni taklif qildi, chunki malay ayigʻining bosh suyagi, uning qalinroq moʻynaga ega Tibetdan kelgan turining bosh suyagiga oʻxshash edi, ammo Tibet namunasi keyinchalik Osiyo qora ayigʻi (Ursus thibetanus) ekanligi aniqlandi[13][14]. Ikki kichik tur oʻrtasidagi genetik farqlar juda noaniq[15]. Bu monotipik takson deya baholanadi.

Filogeniya

tahrir

Ursid turlari oʻrtasidagi filogenetik munosabatlar yillar davomida noaniq boʻlib kelgan[16]. Malay ayiqlari va yalqov ayiqlar (Melursus ursinus) oʻrtasida duragaylar yaqin munosabat qayd etilib, Helarctosni Melursusning sinonimi sifatida koʻrib chiqish taklif qilingan[17][18]. Biroq, keyingi tadqiqotlar ikki turning yaqin munosabatda boʻlishida farqlar kuzatilishini aniqladi[19][20]. 2007-yilda oʻtkazilgan filogenetik tadqiqot malay ayigʻining Ursidae boshqa turlari bilan munosabatlarini quyidagi kladogrammada koʻrsatilganidek, toʻliq mitoxondriyal DNK ketma-ketligiga asoslangan holda borishini kuzatdi. Qoʻngʻir ayiq/oq ayiqning genetik nasli aslida ikkita qora ayiq/Malay ayigʻi avlodidan genetik jihatdan ajralib chiqqanligi taxmin qilingan, bu taxminan 6.72 dan 5,54 million yil avval (mya); malay ayigʻi paydo boʻlishi esa 6,26-5,09 mya[21] va 5,89-3,51 mya[22] oraligʻida sodir boʻlgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi. Ayiq turlarining yadro genlari ketma-ketligi shuni koʻrsatdiki, yalqov ayiq va malay ayiqlari avvalo Ursinae ayiqlari boʻlib, ular monofiletik Ursus guruhiga kirmaydi; bundan tashqari, ayiqlar oʻrtasidagi barcha munosabatlar ijobiy natija beradi[23].

Ursidae
Ursinae

Oq ayiq (U. maritimus)  

Qoʻngʻir ayiq (Ursus arctos)  

Amerika qora ayigʻi (U. americanus)  

Osiyo qora ayigʻi (U. thibetanus)  

Malay ayigʻi  

Yalqov ayiq (Melursus ursinus)  

Koʻzoynakli ayiq (Tremarctos ornatus)  

Katta panda (Ailuropoda melanoleuca)  

Xususiyatlari

tahrir
 
Bosh suyagidagi kalta tumshugʻi

Malay ayigʻi barcha ayiq turlarining orasidagi eng kichigi hisoblanadi[5][24]. U katta panjalari, kuchli qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va kalta tumshugʻi bilan ajralib turadi. Bosh va tana uzunligi 100 and 140 centimetr (39 and 55 in), yelkasining balandligi deyarli 70 centimetr (28 in) ga yetadi. Voyaga yetgan ayiqning vazni 25–65 kilogram (55–143 lb) boʻladi. Burni kulrang, kumush yoki toʻq sariq rangga ega. Moʻynasi odatda qop-qora, lekin kulrangdan qizil ranggacha farqlanishi mumkin. Yunglari ipakdek nozik boʻlib, barcha ayiq turlari orasida yungi eng kalta ayiq turi hisoblanadi, bu ularning issiq tropik yashash joylariga xos ravishda shu holatga kelgan[25]. Koʻkrak qafasida sabzirang yoki sargʻimtirdan qaymoqranggacha boʻlgan odatda U shaklida baʼzan esa yarim aylana yo doira shaklidagi dogʻi boʻladi. Baʼzi turlarda bunday dogʻlar boʻlmasligi ham mumkin[24]. Malay ayiqlari orqa oyoqlarida turib, dushmanlarga qarshi tahdid sifatida koʻkrak qafasidagi dogʻini namoyish etishi mumkin[5]. Ayiqchalar kulrang-qora tusda, och jigarrang yoki oq rangli tumshugʻi va koʻkrak qafasidagi xira oq rangli dogʻiga ega; katta yoshdagi oʻsmir ayiqlarning moʻynasi quyuq jigarrang boʻlishi mumkin. Ayniqsa, kattalardagi teri qalin va qora rangda, qorovul tuklari esa yengilroq boʻladi. Yelkada ikkita aylanma dogʻ paydo boʻladi, bu yerdan yunglar har tomonga tarqaladi. Boʻyinning yon tomonlaridan uning baland yelkasi turtib chiqadi va koʻkrak qismining markazida aylana dogʻ paydo boʻladi[26]. Panjalarining qirralari sargʻish yoki jigarrang, patki qismi esa moʻynasiz boʻlib, bu daraxtlarga oson chiqish uchun moslashgan boʻlishi mumkin deya baholanadi[24][27]. Tirnoqlari oʻroqsimon; oldingi tirnoqlari uzun va ogʻir. Dumi 3–7 centimetr (1.2–2.8 in) ga yetadi[28]. Osiyo qora ayigʻi malay ayiqlarinikiga oʻxshash qaymoqrangli koʻkrak dogʻiga ega; 2008-yilda oʻtkazilgan tadqiqotda ikkala ayiqning tirnoqlaridagi farqlar ularni bir-biridan ajratish vositasi sifatida muhokama qilindi[2][29]. Ayiq tilining uzunligi 10 dyuymdan oshishi mumkin[30].

Oziqlanish paytida malay ayigʻi hasharotlar va asal olish uchun tilini uzaytirishi mumkin[25][31]. Tishlari juda katta, ayniqsa soʻyloqtishlari va oldingi uzib oluvchi tishlari ayrim sabablarga koʻra tanasining kattaligiga nisbatan yirikroq boʻladi; buning sababi, hasharotlar, lichinkalar yoki asalni yeyish uchun kuchli jagʻlari boʻlishi kerakligi va tirnoqlari va soʻyloqtishlari bilan tropik qattiq daraxtlar poʻstloqlarining tez ochilishiga xizmat qilish boʻlishi mumkin[32]. Boshi tanaga mutanosib ravishda katta, keng va ogʻir, ammo quloqlari nomutanosib tarzda kichikroq; tanglay bosh suyagiga mutanosib ravishda keng boʻladi[2][24]. Ushbu ayiqning umumiy oʻziga xos morfologiyasi — ichkariga qayrilgan old oyoqlari, koʻkrak qafasining bunday oʻzgachaligi, katta tirnoqli kuchli old oyoqlari — toqqa chiqishga moslashganligidan dalolat beradi[24].

Ekologiya va xulq-atvor

tahrir
 
Malay ayiqlari eng daraxtsevar ayiqlar qatoriga kiradi.

Barcha ayiqlar ichida eng koʻp vaqtini daraxtda oʻtkazuvchi (daraxtda yashovchi) malay ayigʻi ajoyib alpinist boʻlib, yerdan 2 to 7 metr (7 to 23 ft) balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. U asosan kun davomida faol boʻladi, lekin tungi hayot tarziga koʻra faolligi odamlar gavjum boʻladigan joylarda koʻproq uchraydi[5][33][34]. Uxlaydigan joylari asosan qulagan ichi boʻsh xodalar hisoblanadi, lekin ular shuningdek, boʻshliqlari boʻlgan tik turgan daraxtlarda, yiqilgan baquvvat shoxlar yoki daraxt ildizlari ostidagi boʻshliqlarda va yerdan baland daraxt shoxlarida ham uxlaydilar[5][35][36]. Bundan tashqari, u mihur suzuvchi hisoblanadi[2]. Malay ayiqlari aql- zakovatliligi bilan ajralib turadi; tutqun ayiq shkafda shakar saqlanayotganini kuzatgan, keyin kalit bilan qulflangan shkaf qulfni ochish uchun oʻz panjasidan foydalangan[35]. 2019-yilda chop etilgan tadqiqotda malay ayiqlarining yuz ifodalarini mohirona taqlid qilishi tasvirlangan, bu aniqlik baʼzi primatlarda (gorillalar va odamlarda) kuzatilgan tadqiqotlarga oʻxshab ketadi[37].

Malay ayiqlari uyatchan va yolgʻiz yashovchi hayvonlardir va odatda odamlarga ularning oʻzlari hujum qilmasa va yaralamasa yoki bolalari bilan birga boʻlgan vaqtida hujum qilmaydi; ularning qoʻrqoq tabiati bu ayiqlarni oson qoʻlga tushishiga va oʻtmishda uy hayvonlari sifatida boqilganligini isbotlaydi[25]. Biroq, boshqa manbalarda aytilishicha, malay ayiqlari oʻrmondagi xavfli hayvonlar sifatida tanilgan[38]. Ularni odatda yolgʻiz, lekin baʼzida juft holatda uchratish mumkin (masalan, onasi bolalari bilan)[5][35]. Malay ayiqlari atrofni kengroq koʻrish yoki uzoqdagi narsalarni hidlash uchun orqa oyoqlarida turadi; agar ularga tahdid qilinsa, koʻkrak qafasini koʻrsatib, dushmanlarini qoʻrqitishga harakat qiladilar[5]. Ovozli tovushlari xilma-xil boʻlib, hasharotlar izlashda xirillash va irillash singari, koʻpayish davridagi erkak orangutannikiga oʻxshash boʻkirish singari tovushlarni chiqarishi mumkin[5]. Malay ayiqlari qish uyqusiga ketmaydilar, chunki oziq-ovqat resurslari butun yil davomida yetarli boʻladi. Ular turli hududlarda, turli oʻlchamdagi yashash diapazoniga ega boʻlib, Borneo va Malayziya yarim orolida 7 to 27 square kilometre (2.7 to 10.4 kv mi)ga yetadi; Sabah (Malayziya) shahridagi Ulu Segama oʻrmon qoʻriqxonasida oʻtkazilgan tadqiqot diapazonlarning oʻlchamlar .8.7–20.9 square kilometre (3.4–8.1 kv mi) ekanligini koʻrsatdi[39]. Yoʻlbarslar ularga tahdid soluvchi asosiy yirtqichlardir; Osiyo yovvoyi itlari va qoplonlarning ham malay ayiqlarini ovlashi qayd etilgan, ammo ular nisbatan kamroq holatda ayiqlarga hujum qiladi[40]. Shunday voqealardan birida yoʻlbars va ayiqning oʻzaro uzoq davom etgan janjali va ikkala hayvonning oʻlimi bilan yakunlangan[41]. Boshqa bir hodisada Sharqiy Kalimantanda yovvoyi urgʻochi malay ayigʻini katta toʻrsimon piton yutib yubordi[42].

Ovqatlanishi

tahrir
 
Malay ayiqlari ovqatlanish ratsioni asosan oʻsimliklardan iborat boʻlgan yagona yiq turidir

Malay ayiqlari hamma narsani isteʼmol qila oluvchi hayvonlar boʻlgani sababli, chumolilar, asalarilar, qoʻngʻizlar, asal, termitlar va urugʻlar va turli xil mevalar kabi oʻsimliklarini oʻz ichiga olgan keng ovqatlanish ratsioniga ega[5][43]. Qushlar, kiyiklar va sudraluvchilar kabi umurtqali hayvonlarni vaqti-vaqti bilan isteʼmol qilish mumkin[44]. Ular asosan tunda ovqatlanadilar. Malay ayiqlari yovvoyi asalarilar tayyorlaydigan asalni izlab, uzun, oʻtkir tirnoqlari va tishlari bilan ichi boʻsh daraxt poʻstloqlarni yirtib tashlaydi. Ular, shuningdek, termit tepaliklarini buzib, oldingi panjalari bilan buzilgan tepalikning boʻlaklarini yalab, undagi termitlarni isteʼmol qiladilar[5][35]. Ayiqlar anjirni koʻp miqdorda isteʼmol qiladilar va ularni butunligicha yeyishni yoqtirishadi[45]. Kalimantan oʻrmonlarida oʻtkazilgan tadqiqotda, Moraceae, Burseraceae va Myrtaceae turlarining mevalari malay ayigʻi isteʼmol qiladigan umumiy meva miqdorining 50 % dan koʻprogʻini tashkil etishi aniqlandi; meva tanqisligi davrida malay ayiqlari koʻproq hasharot isteʼmoliga oʻtadilar[46]. Markaziy Borneoda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, malay ayiqlari Canarium pilosum (Burseraceae oilasiga mansub daraxt) urugʻining tarqalishida muhim rol oʻynaydi[47]. Malay ayiqlari Hindiston yongʻogʻi palmalarining oʻrtasini yeyishadi va moyga boy urugʻlarni, masalan, boshoqlarni maydalab isteʼmol qiladilar[35]. Yogʻli palmalar ham toʻyimli ozuqa hisoblanadi, ammo ularning miqdori ayiqlarning isteʼmolini toʻliq qoplay olmaydi[48].

Koʻpayishi

tahrir

Malay ayiqlari polioestrdir; ularda tugʻilish yil davomida sodir boʻladi[49][50]. Urugʻlanish besh dan yetti kungacha davom etadi. Malay ayiqlari ikki yoshdan toʻrt yoshgacha boʻlgan davrda jinsiy yetuklikka erishadilar[51]. Homiladorlik muddati 95 dan 240 kungacha boʻlishi mumkin; Moʻtadil iqlimdagi hayvonot bogʻlarida homiladorlik davri uzoqroq davom etadi, ehtimol buimplantatsiya yoki urugʻlantirishning kechikishi tufayli sodir boʻlishi mumkin[51]. Tugʻilish ichi boʻsh daraxt boʻshliqlarida amalga oshiriladi. Tugʻilgan ayiqchalarning har biri 325 gram (11.5 oz) atrofida boʻladi[35]. Bolalar koʻzlari yopiq holda va kar boʻlib tugʻiladi. Koʻzlar deyarli 25 kun ichida ochiladi, lekin tugʻilgandan keyin 50 kungacha koʻr boʻlib hayot kechiradi; birinchi 50 kun ichida eshitish hissi yaxshilanadi. Ikki oydan kichik ayiq bolalarining yashab ketishi tashqi muhitdan himoya qilinishiga bogʻliq. Ayiqchalar toʻgʻri yurish va toqqa chiqishni oʻrganmaguncha, daraxtlar tagidagi tayanch ildizlarda boqiladi. Onalar oʻz bolalarini tajovuzkorlik bilan himoya qiladilar. Farzandlar hayotining dastlabki uch yilida onalari bilan qoladilar. Asirlikda umr koʻrish muddati odatda 20 yildan ortiq; tabiiy sharoitda esa qariyb 31 yil yashadi[35][52].

Tarqalishi va yashash joylari

tahrir
 
Malay ayigʻi Bornea malay ayigʻini saqlash markazida (Malayziya)

Malay ayigʻining vatani Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik oʻrmonlari hisoblanadi malay ayigʻining yashash diapazoni shimolda Hindistonning shimoli-sharqiy qismi bilan chegaralangan hamda janubdan janubi-sharqga tomon Bangladesh, Kambodja, Myanma, Laos, Tailand va Vyetnam orqali Osiyoda materigidagi Bruney, Indoneziya va Malayziyaga qadar choʻzilgan. 2017-yilda Xitoyning Yunnan provinsiyasi Yingjiang okrugida bu turning uchrashi tasdiqlangan[53]. Singapurda yoʻq boʻlib ketgan.

Bu ayiqlar asosan ikkita asosiy turdagi oʻrmonlarda yashaydi: Kra Isthmus shimolidagi bargli va mavsumiy doimiy yashil oʻrmonlarda hamda Indoneziya va Malayziyadagi mavsumiy boʻlmagan doim yashil oʻrmonlarda. Ular odatda pasttekisliklarda, masalan, 1,200 m (3,900 ft) pastda joylashgan gʻarbiy Tailand va Malayziya yarim orolida uchraydi[54]. Ular Hindistonning shimoli-sharqidagi togʻli hududlarda ham uchraydi, ammo shimoldagi noqulay va sovuqroq Himoloy mintaqasida kuzatilmasligi mumkin; Yalqov ayiqlar bilan raqobat tufayli ularning tarqalishi shimoli-gʻarbda cheklangan. Malay ayigʻi materikning qolgan hududlarida uchrovchi mavsumiy oʻrmon turlaridan biri boʻlib, oylik yogʻingarchilik miqdori 100 mm (3.9 in) kam boʻlgan hududlarda uch oydan yetti oygacha boʻlgan uzoq vaqt davomida Osiyo qora ayigʻi bilan yashashi mumkin.Togʻli hududlarda Osiyo qora ayiqlari malay ayiqlariga qaraganda koʻproq uchraydi, bu ehtimol umurtqasiz hayvonlarning yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[55]. Tailand janubidagi va Malayziya yarimorolidagi asosiy yashash joylari namlikdagi doimiy yashil oʻrmonlar boʻlib, koʻp ham oʻzgarmaydigan iqlim va yil davomida kuchli yogʻingarchilik kuzatiladigan, past yoki togʻli dipterokarp oʻrmonlari ayiqlarning doimiy manzilgohi hisoblanadi[56].

Malay ayigʻi odamlar yashash joylariga yaqin hududlardan qochishga harakat qiladi[57][58][59]. Biroq, malay ayiqlari qishloq xoʻjaligi yerlari, plantatsiyalar va bogʻlarga ozuqa izlab kirishi kuzatilgan, shu sababli ular zararkunanda deb hisoblanishi mumkin[60][61]. Quyi Kinabatangan Segama botqoqlarida oʻtkazilgan soʻrov shuni koʻrsatdiki, malay ayiqlaridan himoya choralari qoʻllangan, ammo yogʻli palma plantatsiyalariga koʻplab hujumlar amalga oshirilmagan; Borneo soqolli choʻchqalar, fillar va makakalar ekinlarga koʻproq zarar yetkazgan[48]. Malay ayiqlari parranda va chorva mollarini ovlagani haqida ham xabar qilingan[62].

Toshga aylangan qoldiqlari Pleystotsen davrida shimoldan uzoqroqda ham yashaganini koʻrsatadi; Oxirgi Pleystotsenning oʻrtalarida Yava kabi janubiy orolda ham uchraganini taxmin qilish mumkin. Bugungi kunda, u oʻzining doimiy yashash hududlarining aksariyat qismida, ayniqsa Tailandda butkul yoʻq qilingan; koʻpgina mamlakatlarda malay ayigʻi soni kamayib bormoqda. U 1800 va 1900-yillarda Singapurda umuman uchramay qoʻygan, ehtimol oʻrmonlarning keng miqyosda kesilishi bunga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Malay ayiqlarining populyatsiyalari Sundalenddan shimolga qarab kamayib ketgan va ularning soni ayniqsa diapazonning shimoliy va gʻarbiy chekkalarida juda kam. Bu, ehtimol, miloddan avvalgi davrlardan beri sodir boʻlib kelgan va inson aralashuvi natijasi hisoblanmaydi. Mazkur tur janubiy Sumatradagi Xarapan yomgʻirli oʻrmonida joylashgan Xao Yai milliy bogʻida koʻpaytiriladi[63].

Tahdidlar

tahrir

IUCN Bear Specialist Group maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi oʻttiz yillikda malay ayiqlari populyatsiyasi taxminan 35 % ga kamaydi. Bangladesh va Xitoyda raqamlar ayniqsa past natija namoyish etadi, Vyetnamdagi ayiqlar soni keyingi 30 yil ichida 50-80 foizga keskin kamayib ketishi mumkin. Oʻrmonlarning kesilishi (qishloq xoʻjaligi, daraxt kesish va oʻrmon yongʻinlari tufayli) va yovvoyi hayvonlar savdosi uchun ov qilish malay ayigʻi uchraydigan barcha hududdagi jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi; odam-ayiq mojarolari nisbatan kichik xavf tugʻdiruvchi omildir[24]. Boshqa qitʼalar bilan solishtirganda, janubi-sharqiy Osiyoda soʻnggi bir necha oʻn yilliklarda oʻrmon hududi keskin kamayib ketdi (1990 va 2010-yillarda deyarli 12 % ga); bu malay ayiqlari kabi oʻrmonga bogʻliq turlarni yashash joylarining sezilarli darajada yoʻqolishiga olib keldi.[64][65]. 2007-yilda Sharqiy Borneoda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, El Nino tomonidan olib kelingan qurgʻoqchilik va oʻrmon yongʻinlari tufayli yashash joylari va oziq-ovqat resurslarining jiddiy kamayishiga sabab boʻldi[66]. Yirtqichlar hujumlari boʻyicha tadqiqotlar yoʻqligi sababli, juda kam sonli holatlar hujjatlashtirgan. Borneo orolida malay ayiqlari eng zaif holatda piton tomonidan ovlangani aniqlandi[67]. Pitonlar malay ayiqlari uxlayotgan yoki bolasini emizayotgan tungi vaqtdan foydalanib, muvaffaqiyatli hujum qilishlari mumkin. Janubi-Sharqiy Osiyoda Panthera pardus (erkak leopard) ogʻzidagi tomogʻidan ushlab olingan malay ayigʻi bolasi bilan suratga olingan. Xabar qilinishicha, bu holat 2019-yilda tasdiqlangan ikkinchi yirtqich hujumi hisoblanadi[68]. 1994-1997-yillar oraligʻida Kalimantanda oʻtkazilgan soʻrovlar davomida ovchilar malay ayiqlarini ovlaganliklarini tan olishdi va malay ayigʻi goʻshtini Kalimantanning bir qancha hududlarida mahalliy aholi isteʼmol qilishi tasdiqlandi. Tadqiqotlarga koʻra Sabah va Saravakdagi anʼanaviy xitoy tibbiyoti (TCM) doʻkonlarida uy hayvonlari savdosi va oʻt pufagi kabi malay ayigʻi qismlarini sotilishi aniqlandi[69]. 2018 va 2019-yillarda Sabah va Saravakdagi 24 ta joyda jami 128 ta TCM savdo nuqtalari oʻrganildi va soʻrovda qatnashgan savdo nuqtalarining 25 foizida ayiq aʼzolari sotilishi qayd etildi, ularning aksariyati mahalliy malay ayiqlaridan olingan edi[70]. Malay ayiqlari Sharqiy Kalimantandagi kokos va ilon mevasi plantatsiyalarini himoya qilish maqsadida otish yoki zahar berish usullari bilan oʻldirilgan[71]. 2011-yilda TRAFFIC tomonidan chop etilgan hisobot shuni koʻrsatdiki, malay ayiqlari Osiyo qora ayiqlari va qoʻngʻir ayiqlari bilan birga janubi-sharqiy Osiyoda ayiq safro savdosi uchun moʻljallangan, Laos, Vetnam va Myanmadagi ayiq fermalarida saqlanadi. Mintaqadagi bir qancha mamlakatlarda brakonyerlik keng yoʻlga qoʻyilgan[72]. Baʼzi qoʻriqlanadigan hududlarda ham ov qilish holatlari kuzatilmoqda; Laosdagi Nam Ha milliy qoʻriqlanadigan hududida ayiqlarni nishonga oladigan ovchi tuzoqlari topilgan[73]. Nagalandda (Hindistonning shimoli-sharqida) oʻtkazilgan tadqiqot, Fakim va Ntangki milliy bogʻlarida malay ayiqlarining siyrak tarqalganini koʻrsatdi va ayiq aʼzolarini oziq-ovqat savdosi uchun noqonuniy ovlarning amalga oshirilganligi haqida xabarlar aniqlandi[74][72][75].

Saqlash choralari

tahrir

Malay ayigʻi IUCN Qizil roʻyxatida xavf ostidagi turlar qatoriga kiritilgan va CITES ilovasidan ham oʻrin egallagan. Malay ayigʻini ovlash qonun tomonidan man etilgan, Saravak (Malayziya) va Kambodja davlatlari bu qoidadan mustasno. 2014-yil hisobotida Malayziyaning boshqa joylaridan koʻra Saravakda brakonerlik va malay ayiqlari aʼzolari savdosi bilan bogʻliq holatlar koʻproq qayd etilgan; tadqiqotchilar mahalliy malay ayiqlarini himoya qilish uchun shtatda qatʼiyroq qonunlar ijrosi amalga oshirishni tavsiya etishgan[76].

2008-yilda Wong Siew Te tomonidan asos solingan Borneo malay ayiqlarini saqlash markazi yomon sharoitda yashayotgan ayiqlarni himoya qilish va ularni koʻpaytirish maqsadida Sabah (Malayziya) shahrida tashkil etilgan[77]. Malaya ayiqlari 1994-yil oxiridan buyon xalqaro hayvonot bogʻlari va akvariumlar assotsiatsiyasi qoshidagi asirlikda koʻpaytirish dasturi va Turlarning omon qolish rejasining bir qismiga aylantirilgan[78]. Oʻsha yildan beri malay ayiqlarining Yevropa zotlari Germaniyaning Cologne hayvonot bogʻida saqlab kelinadi[79].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „IUCN qizil ro'yxati“. Qaraldi: 10-102022.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Kemmerer, L. „[[[:Andoza:Google Books]] Bear basics]“, . Bear Necessities: Rescue, Rehabilitation, Sanctuary, and Advocacy Kemmerer: . Boston: Brill, 2015 — 17–34-bet. ISBN 978-90-04-29309-0. 
  3. Liddell, H. G.. An Intermediate Greek–English Lexicon. Oxford: Clarendon Press, 1889 — 117, 350-bet. 
  4. Lai, F.. [[[:Andoza:Google Books]] A Visual Celebration of Borneo's Wildlife]. Singapore: Bjorn Olesen Wildlife Photography, 2016 — 323-bet. ISBN 978-0-7946-0787-6. 
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 Phillipps, Q. „[[[:Andoza:Google Books]] Sun bear]“, . Phillipps' Field guide to the Mammals of Borneo: Sabah, Sarawak, Brunei, and Kalimantan. Princeton: Princeton University Press, 2016 — 246–249-bet. ISBN 978-0-691-16941-5. 
  6. de la Rosa, C. L. „[[[:Andoza:Google Books]] Kinkajou Potos flavus]“, . A Guide to the Carnivores of Central America: Natural History, Ecology, and Conservation. Texas: University of Texas Press, 2000 — 100-109-bet. ISBN 0-292-71605-2. 
  7. Raffles, T. S. (1821). "XVII. Descriptive catalogue of a zoological collection, made on account of the honourable East India Company, in the island of Sumatra and its vicinity, under the direction of Sir Thomas Stamford Raffles, Lieutenant-Governor of Fort Marlborough; with additional notices illustrative of the natural history of those countries". Transactions of the Linnean Society of London 13 (1): 239–274. doi:10.1111/j.1095-8339.1821.tb00064.x. ISSN 1945-9432. https://archive.org/details/mobot31753002433594/page/254/mode/1up. 
  8. Horsfield, T. (1825). "Description of the Helarctos euryspilus exhibiting in the bear from the island of Borneo, the type of a subgenus of Ursus". The Zoological Journal 2 (6): 221–234. https://archive.org/details/zoologicaljourna02lond/page/n269/mode/2up. 
  9. Santiapillai, A.; Santiapillai, C. (1996). "The status, distribution and conservation of the Malayan sun bear (Helarctos malayanus) in Indonesia". Tigerpaper 23 (1): 11–16. 
  10. Chasen, F. N. (1940). "A handlist of Malaysian mammals: A systematic list of the mammals of the Malay Peninsula, Sumatra, Borneo and Java, including the adjacent small islands". Bulletin of the Raffles Museum 15: 89–90. 
  11. 11,0 11,1 Ellerman, J. R. „Genus Helarctos Horsfield, 1825“, . Checklist of Palaearctic and Indian mammals 1758 to 1946, 2nd, London: British Museum of Natural History, 1966 — 241-bet. 
  12. Meijaard, E. (2004). "Craniometric differences among Malayan sun bears (Ursus malayanus); evolutionary and taxonomic implications". Raffles Bulletin of Zoology 52 (2): 665–672. http://rmbr.nus.edu.sg/rbz/biblio/52/52rbz665-672.pdf. 
  13. Lydekker, R. (1906). "On the occurrence of the bruang in the Tibetan Province". Proceedings of the Zoological Society of London 66: 997–999. 
  14. Pocock, R. I. (1932). "The black and brown bears of Europe and Asia". Journal of the Bombay Natural History Society 36: 101–138. 
  15. Zhang, Y.-P. (1996). "Genetic variability and conservation relevance of the sun bear as revealed by DNA sequences". Zoological Research 17 (4): 459–468. 
  16. Waits, L. „[[[:Andoza:Google Books]] Genetics of the bears of the world]“, . Bears: Status Survey and Conservation Action Plan Servheen: . Gland: IUCN/SSC Bear and Polar Bear Specialist Groups, 1999 — 25–32-bet. ISBN 2-8317-0462-6. 
  17. Asakura, S. (1969). "A note on a bear hybrid Melursus ursinus × Helarctos malayanus at Tama Zoo, Tokyo". International Zoo Yearbook 9 (1): 88. doi:10.1111/j.1748-1090.1969.tb02631.x. 
  18. Van Gelder, R. G. (1977). "Mammalian hybrids and generic limits". American Museum Novitates (2635): 1–25. Archived from the original on 2020-08-08. https://web.archive.org/web/20200808050309/http://www.digitallibrary.amnh.org/bitstream/handle/2246/5474/N2635.pdf?sequence=1#page=3. Qaraldi: 2022-10-02. Malay ayigʻi]]
  19. Goldman, D.; Giri, P. R.; O'Brien, S. J. (1989). "Molecular genetic-distance estimates among the Ursidae as indicated by one- and two-dimensional protein electrophoresis". Evolution 43 (2): 282–295. doi:10.1111/j.1558-5646.1989.tb04228.x. PMID 28568545. https://archive.org/details/sim_evolution_1989-03_43_2/page/282. 
  20. Bininda-Emonds, O. R. P.; Gittleman, J. L.; Purvis, A. (1999). "Building large trees by combining phylogenetic information: a complete phylogeny of the extant Carnivora (Mammalia)". Biological Reviews of the Cambridge Philosophical Society 74 (2): 143–175. doi:10.1017/s0006323199005307. PMID 10396181. 
  21. Yu, L.; Li, Y.-W.; Ryder, O. A.; Zhang, Y.-P. (2007). "Analysis of complete mitochondrial genome sequences increases phylogenetic resolution of bears (Ursidae), a mammalian family that experienced rapid speciation". BMC Evolutionary Biology 7 (198): 198. doi:10.1186/1471-2148-7-198. PMID 17956639. PMC 2151078. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2151078. 
  22. Krause, J.; Unger, T.; Noçon, A.; Malaspinas, A. S.; Kolokotronis, S. O.; Stiller, M.; Soibelzon, L.; Spriggs, H. et al. (2008). "Mitochondrial genomes reveal an explosive radiation of extinct and extant bears near the Miocene-Pliocene boundary". BMC Evolutionary Biology 8 (220): 220. doi:10.1186/1471-2148-8-220. PMID 18662376. PMC 2518930. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2518930. 
  23. Pagès, M.; Calvignac, S.; Klein, C.; Paris, M.; Hughes, S.; Hänni, C. (2008). "Combined analysis of fourteen nuclear genes refines the Ursidae phylogeny". Molecular Phylogenetics and Evolution 47 (1): 73–83. doi:10.1016/j.ympev.2007.10.019. PMID 18328735. https://www.academia.edu/19518245. 
  24. 24,0 24,1 24,2 24,3 24,4 24,5 Servheen, C. „[[[:Andoza:Google Books]] Sun bear conservation action plan]“, . Bears: Status Survey and Conservation Action Plan Servheen: . Gland: IUCN/SSC Bear and Polar Bear Specialist Groups, 1999 — 219–224-bet. ISBN 2-8317-0462-6. 
  25. 25,0 25,1 25,2 Woods, J. G. „[[[:Andoza:Google Books]] Sun bears]“, . Animate Creation: Popular Edition of "Our Living World", a Natural History. New York: Selmar Press, 1885 — 324–325-bet. 
  26. Pocock, R. I. „Helarctos malayanus“, . The Fauna of British India, including Ceylon and Burma. Mammalia. London: Taylor and Francis, 1941 — 224–232-bet. 
  27. Servheen, C „The Sun Bear“, . Bears, Majestic Creatures of the Wild Stirling, I.: . Pennsylvania: Rodale Press, 1993 — 124-bet.  (Wayback Machine saytida 2013-07-23 sanasida arxivlangan)
  28. Brown, G.. Great Bear Almanac. The Lyons Press, 1996 — 340-bet. ISBN 978-1-55821-474-3. 
  29. Steinmetz, R.; Garshelis, D. L. (2008). "Distinguishing Asiatic black bears and sun bears by claw marks on climbed trees". Journal of Wildlife Management 72 (3): 814–821. doi:10.2193/2007-098. https://archive.org/details/sim_journal-of-wildlife-management_2008-04_72_3/page/814. 
  30. „Sun-bear“. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
  31. Meijaard, E. (1997). The Malayan sun bear on Borneo, with special emphasis on its conservation status in Kalimantan, Indonesia (Report). International Ministry of Forestry – Tropendos Kalimantan Project and World Society for the Protection of Animals, London. pp. 1–51. 
  32. Christiansen, P (2007). "Evolutionary implications of bite mechanics and feeding ecology in bears". Journal of Zoology 272 (4): 423–443. doi:10.1111/j.1469-7998.2006.00286.x. 
  33. Griffiths, M.; Schaik, C. P. (1993). "The impact of human traffic on the abundance and activity periods of Sumatran rain forest wildlife". Conservation Biology 7 (3): 623–626. doi:10.1046/j.1523-1739.1993.07030623.x. https://archive.org/details/sim_conservation-biology_1993-09_7_3/page/623. 
  34. Guharajan, R.; Arnold, T. W.; Bolongon, G.; Dibden, G. H.; Abram, N. K.; Teoh, S. W.; Magguna, M. A.; Goossens, B. et al. (2018). "Survival strategies of a frugivore, the sun bear, in a forest-oil palm landscape". Biodiversity and Conservation 27 (14): 3657–3677. doi:10.1007/s10531-018-1619-6. http://orca.cf.ac.uk/114621/1/Guharajan_Sun%20bear%20habitat%20use_06-18.pdf. 
  35. 35,0 35,1 35,2 35,3 35,4 35,5 35,6 Nowak, R. M. „Ursus malayanus Malayan sun bear“, . Walker's Carnivores of the World. Baltimore: Johns Hopkins University Press, 2005 — 127-128-bet. ISBN 0-8018-8032-7. 
  36. Wong, S. T.; Servheen, C. W.; Ambu, L. (2004). "Home range, movement and activity patterns, and bedding sites of Malayan sun bears Helarctos malayanus in the Rainforest of Borneo". Biological Conservation 119 (2): 169–181. doi:10.1016/j.biocon.2003.10.029. Archived from the original on 11 May 2013. https://web.archive.org/web/20130511153207/http://www.cfc.umt.edu/grizzlybearrecovery/pdfs/Wong%20et%20al.%20%202004.pdf. Qaraldi: 2013-02-07. Malay ayigʻi]]
  37. Taylor, D.; Hartmann, D.; Dezecache, G.; Te Wong, S.; Davila-Ross, M. (2019). "Facial complexity in sun bears: Exact facial mimicry and social sensitivity". Scientific Reports 9 (1): 4961. doi:10.1038/s41598-019-39932-6. PMID 30899046. PMC 6428817. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6428817. 
  38. Servheen, C. „Chapter 11: Sun Bear Conservation Action Plan“, . Bears: Status Survey and Conservation Action Plan Servheen, C.: . Gland: International Union for Conservation of Nature, 1999 — 219–224-bet. 
  39. Wong, S. T.; Servheen, C. W.; Ambu, L. (2004). "Home range, movement and activity patterns, and bedding sites of Malayan sun bears Helarctos malayanus in the Rainforest of Borneo". Biological Conservation 119 (2): 169–181. doi:10.1016/j.biocon.2003.10.029. Archived from the original on 2013-05-11. https://web.archive.org/web/20130511153207/http://www.cfc.umt.edu/grizzlybearrecovery/pdfs/Wong%20et%20al.%20%202004.pdf. Qaraldi: 2013-02-07. Malay ayigʻi]]
  40. Naing, H.; Htun, S.; Kamler, J. F.; Burnham, D.; Macdonald, D. W. (2020). "Large carnivores as potential predators of sun bears". Ursus 2019 (30e4): 51. doi:10.2192/URSU-D-18-0022.2. 
  41. Bickmore, A.S. „April 27th“, . Travels in the East Asian Archipelago. London: John Murray, 1868 — 510-bet. 
  42. Fredriksson, G. M. (2005). "Predation on sun bears by reticulated python in East Kalimantan, Indonesian Borneo". Raffles Bulletin of Zoology 53 (1): 165–168. Archived from the original on 2007-08-11. https://web.archive.org/web/20070811101110/http://rmbr.nus.edu.sg/rbz/biblio/53/53rbz165-168.pdf. 
  43. Sethy, J.; Chauhan, N. P. S. (2018). "Dietary preference of Malayan sun bear Helarctos malayanus in Namdapha Tiger Reserve, Arunachal Pradesh, India". Wildlife Biology 2018 (1): 1–10. doi:10.2981/wlb.00351. 
  44. Wong, S. T.; Servheen C.; Ambu, L. (2002). "Food habits of Malayan Sun Bears in lowland tropical forests of Borneo". Ursus 13: 127–136. Archived from the original on 2013-07-23. https://web.archive.org/web/20130723101604/http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_13/Wong_13.pdf. Qaraldi: 2022-10-02. Malay ayigʻi]]
  45. Wong, S. T.; Servheen C.; Ambu, L. (2002). "Food habits of Malayan sun bears in lowland tropical forests of Borneo". Ursus 13: 127–136. Archived from the original on 2013-07-23. https://web.archive.org/web/20130723101604/http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_13/Wong_13.pdf. Qaraldi: 2022-10-02. Malay ayigʻi]]
  46. Fredriksson, G. M.; Trisno, S. A. W. (2006). "Frugivory in sun bears (Helarctos malayanus) is linked to El Niño-related fluctuations in fruiting phenology, East Kalimantan, Indonesia". Biological Journal of the Linnean Society 89 (3): 489–508. doi:10.1111/j.1095-8312.2006.00688.x. 
  47. McConkey, K.; Galetti, M. (1999). "Seed dispersal by the sun bear Helarctos malayanus in Central Borneo". Journal of Tropical Ecology 15 (2): 237–241. doi:10.1017/S0266467499000784. 
  48. 48,0 48,1 Guharajan, R.; Abram, N. K.; Magguna, M. A.; Goossens, B.; Wong, S. T.; Nathan, S. K. S. S.; Garshelis, D. L. (2017). "Does the vulnerable sun bear Helarctos malayanus damage crops and threaten people in oil palm plantations?". Oryx 53 (4): 611–619. doi:10.1017/S0030605317001089. http://orca.cf.ac.uk/107822/1/Oryx-16-A-0295_Guharajan_final.pdf. 
  49. Frederick, C.; Hunt, K. E.; Kyes, R.; Collins, D.; Wasser, S. K. (2012). "Reproductive timing and aseasonality in the sun bear (Helarctos malayanus)". Journal of Mammalogy 93 (2): 522–531. doi:10.1644/11-MAMM-A-108.1. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_2012-04_93_2/page/522. 
  50. Schwarzenberger, F.; Fredriksson, G.; Schaller, K.; Kolter, L. (2004). "Fecal steroid analysis for monitoring reproduction in the sun bear (Helarctos malayanus)". Theriogenology 62 (9): 1677–1692. doi:10.1016/j.theriogenology.2004.03.007. PMID 15511554. https://archive.org/details/sim_theriogenology_2004-12_62_9/page/1677. 
  51. 51,0 51,1 Humphrey, S. R. „[[[:Andoza:Google Books]] Malayan sun bear]“, . Endangered Animals of Thailand. Florida: Sandhill Crane Press, 1990 — 313–315-bet. ISBN 1-877743-07-0. 
  52. „Sun bear“. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
  53. Li, F.; Zheng, X.; Jiang, X. L.; Chan, B. P. L. (2017). "Rediscovery of the sun bear (Helarctos malayanus) in Yingjiang County, Yunnan Province, China.". Zoological Research 38 (4): 206–207. doi:10.24272/j.issn.2095-8137.2017.044. PMID 28825452. PMC 5571478. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5571478. 
  54. „Малайский медведь“. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
  55. „Sun-bear“. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
  56. „Sun-bear“. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
  57. Nazeri, M.; Kumar, L.; Jusoff, K.; Bahaman, A. R. (2014). "Modeling the potential distribution of sun bear in Krau Wildlife Reserve, Malaysia". Ecological Informatics 20: 27–32. doi:10.1016/j.ecoinf.2014.01.006. 
  58. Wong, W.-M.; Linkie, M. (2013). "Managing sun bears in a changing tropical landscape". Diversity and Distributions 19 (7): 700–709. doi:10.1111/ddi.12020. 
  59. Nazeri, M.; Jusoff, K.; Madani, N.; Mahmud, A. R.; Bahman, A. R. (2012). "Predictive modeling and mapping of Malayan sun bear (Helarctos malayanus) distribution using maximum entropy". PLOS ONE 7 (10): e48104. doi:10.1371/journal.pone.0048104. PMID 23110182. PMC 3480464. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3480464. 
  60. Nomura, F.; Higashi, S.; Ambu, L.; Mohamed, M. (2004). "Notes on oil palm plantation use and seasonal spatial relationships of sun bears in Sabah, Malaysia". Ursus 15 (2): 227–231. doi:10.2192/1537-6176(2004)015<0227:NOOPPU>2.0.CO;2. 
  61. Te Wong, S.; Servheen, C.; Ambu, L.; Norhayati, A. (2005). "Impacts of fruit production cycles on Malayan sun bears and bearded pigs in lowland tropical forest of Sabah, Malaysian Borneo". Journal of Tropical Ecology 21 (6): 627–639. doi:10.1017/S0266467405002622. 
  62. Fredriksson, G. (2005). "Human-sun bear conflicts in East Kalimantan, Indonesian Borneo". Ursus 16 (1): 130–137. doi:10.2192/1537-6176(2005)016[0130:HBCIEK]2.0.CO;2. 
  63. Ngoprasert, D.; Reed, D. H.; Steinmetz, R.; Gale, G. A. (2012). "Density estimation of Asian bears using photographic capture–recapture sampling based on chest marks". Ursus 23 (2): 117–133. doi:10.2192/URSUS-D-11-00009.1. 
  64. Sodhi, N. S.; Koh, L. P.; Brook, B. W.; Ng, P. K.L. (2004). "Southeast Asian biodiversity: an impending disaster". Trends in Ecology & Evolution 19 (12): 654–660. doi:10.1016/j.tree.2004.09.006. PMID 16701328. 
  65. Stibig, H.-J.; Achard, F.; Carboni, S.; Raši, R.; Miettinen, J. (2014). "Change in tropical forest cover of Southeast Asia from 1990 to 2010". Biogeosciences 11 (2): 247–258. doi:10.5194/bg-11-247-2014. 
  66. Fredriksson, G. M.; Danielsen, L. S.; Swenson, J. E. (2006). "Impacts of El Niño related drought and forest fires on sun bear fruit resources in lowland dipterocarp forest of East Borneo". Biodiversity and Conservation 16 (6): 1823–1838. doi:10.1007/s10531-006-9075-0. 
  67. Fredriksson, GM (2005). "Predation on Sun Bears by Reticulated Python in East Kalimantan, Indonesian Borneo.". Raffles Bulletin of Zoology 53 (1): 165,168. 
  68. Naing, Hla; Htun, Saw; Kamler, Jan F.; Burnham, Dawn; Macdonald, David W.. Large carnivores as potential predators of sun bears. Ursus. 30. pp. 51,57. doi:10.2192/URSU-D-18-0022.2. 
  69. Gomez, L; Shepherd, C. R.; Khoo, M (2020-03-12). "Illegal trade of sun bear parts in the Malaysian states of Sabah and Sarawak" (en). Endangered Species Research 41: 279–287. doi:10.3354/esr01028. ISSN 1863-5407. https://www.int-res.com/abstracts/esr/v41/p279-287/. 
  70. Gomez, Lalita; Shepherd, Chris R.; Khoo, Min Sheng (2020-03-12). "Illegal trade of sun bear parts in the Malaysian states of Sabah and Sarawak" (en). Endangered Species Research 41: 279–287. doi:10.3354/esr01028. ISSN 1863-5407. https://www.int-res.com/abstracts/esr/v41/p279-287/. 
  71. Meijaard, E. (1999). "Human imposed threats to sun bears in Borneo". Ursus 11 (A Selection of Papers from the Eleventh International Conference on Bear Research and Management, Graz, Austria, September 1997, and Gatlinburg, Tennessee, April 1998): 185–192. Archived from the original on 2013-07-23. https://web.archive.org/web/20130723051917/http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_11/Meijaard_Vol_11.pdf. Qaraldi: 2022-10-02. Malay ayigʻi]]
  72. 72,0 72,1 Foley, K. E.; Stengel, C. J.; Shepherd, C. R. (2011). Pills, powders, vials and flakes: the bear bile trade in Asia (Report). TRAFFIC Southeast Asia, Petaling Jaya, Selangor, Malaysia. pp. 1–79. https://www.traffic.org/site/assets/files/2704/pills_powders_vials_and_flakes_report.pdf. 
  73. Scotson, L.; Hunt, M. (2012). "Dismantling the "wall of death": emergency bear snare-line patrol in the Nam Kan National Protected Area, Lao PDR". International Bear News 21 (4): 17–19. https://www.researchgate.net/publication/318988031. 
  74. Sethy, J.; Chauhan, N. P. S. (2012). "Conservation status of sun bear (Helarctos malayanus) in Nagaland state, north-east India". Asian Journal of Conservation Biology 1 (2): 103–109. http://ajcb.in/journals/full_papers_dec_12/8_Sethy_Chauhan%20_AJCB_1_2_103-109.pdf. 
  75. Asher, C.. „Malayan sun bear: bile trade threatens the world's smallest bear“. Mongabay (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  76. Krishnasamy, K.; Shepherd, C. R. (2014). "A review of the sun bear trade in Sarawak, Malaysia". TRAFFIC Bulletin 26 (1): 37–40. https://www.traffic.org/site/assets/files/3004/traffic_pub_bulletin_26_1_sun_bear_trade_sarawak_malaysia.pdf. 
  77. Li, T. C.. „Sun bears: At home in the forest“. The Star (2014-yil 5-may). Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  78. Ball, J. (2000). Sun bear fact sheet (Report). Association of Zoos and Aquariums. pp. 1–2. Archived from the original on 27 August 2008. https://web.archive.org/web/20080827194607/https://nagonline.net/Fact%20Sheet%20pdf/AZA%20-%20Sun%20Bear%20Fact%20Sheet.pdf. 
  79. Kok, J., ed (2008). EAZA Bear TAG Annual Report 2007–2008 (Report). European Association of Zoos and Aquaria. 

Havolalar

tahrir