Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Toʻdakoʻl suv ombori
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Toʻdakoʻl suv ombori tahrir
- Nominator(lar): Muzaffar Murodovichmunozara 10:13, 13-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Maqola Navoiy viloyatida joylashgan suv ombori haqida boʻlib, 2013-yilda CoderSIBot tomonidan yaratilgan. Ruscha Vikipediyadan va boshqa OAV maʼlumotlariga tayangan holda maqolani boyitdim.
Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas va boshqalar, ovoz berishda ishtirok eting. Muzaffar Murodovichmunozara 10:13, 13-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Fikrlar tahrir
- Koʻllarning hajmi har davrda oʻzgarib turishi bu tabiiy hol. Hozirda maqolada koʻlning hajmi boʻyicha 2 ta har xil son koʻrsatilgan. 1-si asosiy matnda, 2-si izohlarda. Ikkala sonni maqolaning asosiy qismida koʻrsatib, ketidan qavs ichida manbalar koʻrsatilgan yillar yozilsa yaxshi ish boʻladi nazarimda. Boshqa tomondan birgina izoh maqolaning pastida yakkalanib qolayotganday. — Kagansky munozara 20:25, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Kagansky, Hajmi 3 ta joyda kelgan. Uchalasini ham qavs oʻzgartira qoldim. Muzaffar Murodovichmunozara 05:45, 15-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- 10-manbaga 4—16-betlar deb koʻrsatish kerak boʻladi. VP:TIM. — Kagansky munozara 20:44, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Baʼzi bir manbalarga website, sana, qaralgan sana … parametrlarini imkon qadar koʻrsatish kerak boʻladi. — Kagansky munozara 20:48, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Boricha qoʻshib chiqdim. Muzaffar Murodovichmunozara 06:17, 15-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Muqaddima qisqa va loʻnda boʻlgani maqul. Undagi maʼlumotlar tegishli boʻlimlarda berilgani yaxshiroq. Maqolani yana qayta taxrir qilib chiqish kerak.
Suvi qisman minerallashgan[1] va achchiq-shoʻrtob boʻlib, dengizga oʻxshaydi[2].
Bu joyda dengiz suviga oʻxshaydi deb yozgan maʼqul.
Khasan azim1 (munozara) 05:42, 15-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- gap suv haqida ketayotgani uchun, menimcha, shart emas. Muzaffar Murodovichmunozara 06:20, 15-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Menimcha, qoʻshish kerak. ...dengiz suviga oʻxshaydi deyish maʼqulroqdek tuyulyabdi menga.ANJANIY!!#suhbat 07:19, 15-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Bilgiqutidagi „Janubi-gʻarbiy chekkasi yaqinidan Toʻdakoʻlning koʻrinishi“ degan gap ancha tushunarsiz chiqqan. Bu oʻrinda savol tugʻiladi: nimaning janubi-gʻarbiy chekkasi yaqinidan? Maqola matnini toʻliq qayta koʻrib chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Jamshid Nurqul (munozara) 07:32, 18-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- „Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan tabiiy suv ombori. 1952-yilda Zarafshon sel suvlarining Toʻdakoʻl pasttekisligiga oqib tushishi natijasida tabiiy ravishda hosil boʻlgan. Buxoro shahridan sharqiy yoʻnalishda 26 km uzoqlikdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining sharqiy qismida barpo etilgan. Suv ombori 1968-yilda ishga tushirilgan“ — ikkita gapda tabiiy, qolganlarida barpo etilgan va ishga tushirilgan deyilibdi. Tabiiy vujudga kelgan narsani uchinchi gapda birdan barpo etilayotgani biroz gʻalati. Tabiiy suv havzasi asosida suv ombori tashkil (yoki barpo, yoki bunyod) etilganmi shunda? Agar shunday boʻlsa, gaplarni toʻliq yozish kerak boʻladi. Tabiiy havza boʻlaturib yana birdan texnogen barpo etilish ancha gʻalati. Maqola soʻzlari yozgan paytingizda oʻzingizga tushunarli tuyulishi mumkin lekin chetdan turib oʻqiydigan odamga gʻalati tuyuladi, shu sababli maqolani bir necha marta, bir-ikki kunlik oraliqlar bilan qayta-qayta oʻqib koʻrish tavsiya etiladi. Jamshid Nurqul (munozara) 07:48, 18-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- „Toʻdakoʻlning janubi-gʻarbiy yoqasi“ — „yoqa“ emas, „qirgʻoq“ yoki „sohil“ deng. Yoqa desangiz kiyim tushuniladi. Jamshid Nurqul (munozara) 08:15, 18-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Rozilar tahrir
- Roziman — Umarjon Rahimov (munozara) 10:54, 13-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]
- Roziman — Deyarli nuqsonlar koʻrmadim. MrShaxas #Munozaracha 02:33, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Roziman. Har bir xatboshi manba bilan tasdiqlangan. Ruwikida ham shu statusni olgan. Va ruschadan yaxshi tarjima qilingan. Manbalar soni nisbatan koʻproq ham. Foydalanuvchilar tomonidan keltirilgan xato va kamchiliklar tuzatildi. Nominatirga rahmat.ANJANIY!!#suhbat 11:12, 17-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Roziman — Mahmud Hamrayev (munozara) 12:52, 17-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Roziman — Maqola yaxshi kamchiliklar yoʻq. Ibrohimjon (munozara) 09:14, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Roziman — Sifatli maqola uchun. Nominatorga omad! Hasan Alimov (munozara) 11:57, 21-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Roziman — Maqola yaxshi yozilgan, muallifga omad! Sitora Rashidova (munozara) 11:26, 22-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]
- Roziman — DMahmudova (munozara) 08:04, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Roziman — maqola yaxshi yozilgan va statusni olishga loyiq Mirzoulugʻbek |@ 12:55, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Qarshilar tahrir
Betaraflar tahrir
Xulosa tahrir
Bajarildi — muallifga tashakkurlar, davomli boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 13:57, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
- Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.