Iltimos, yangi mavzularni sahifa pastidan qoʻshing. Qoʻshish…
   Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Hasan Xamidovich!
Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, thatʼs no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi?
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

MaxiMillian (talk) 05:49, 25-Noyabr 2022 (UTC)

Rahmat:) Hasan Alimov (munozara) 05:53, 25-Noyabr 2022 (UTC)

Tezda oʻchirish

tahrir

Assalomu alaykum, hurmatli Hasan Alimov. Sizdan iltimos qilib qolardimki, maqolalar chop etilganidan soʻng, oʻchirishga berishdan avval tahrirlash uchun vaqt bering. Diloromkhan (munozara) 06:46, 5-Aprel 2023 (UTC)

Vaalaykum assalom. Avvalo, avtomat tarjima orqali sifatsiz maqola yaratib qoʻyib, keyin taxrirlayman deb kutib oʻtirmasdan „chop etish“ tugmasini bosishdan oldin maqolani tayyor holatga keltiring. Tarjima qilinyotgan sahifa qoralama sifatida turadi tarjimalar qatorida va hech kimga koʻrinmaydi to chop etilguncha. Lekin chop etilgandan keyin maqola jamiyat mulkiga aylanadi. Oddiy inson oʻqiganda tushunadigan darajada tarjima qiling. Avtomat tarjimadan foydalanmasdan manba kodi bilan yaratsangiz bunday tushunmovchilik boʻlmaydi. Maqolangizga qoʻyilgan andozalarni olib tashlamang. Hasan Alimov (munozara) 07:17, 5-Aprel 2023 (UTC)

maqolalaringizni Fountainga yuklash masalasida

tahrir

salom! vodiy oyligi boʻyicha yaratayotganingiz maqolalarni Fauntainga yuklashni unutmang. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 12:41, 4-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Maqolalarim fauntain talablariga javob bermaydi deb oʻylayman. Hissamdan oxirgi yaratilgan maqolalarni tekshirib bering. Xulosangizga qarab ish qilaman. Manba topish muammo boʻlyapti… Hasan Alimov (munozara) 12:57, 4-Iyun 2023 (UTC)

Vladimir Klimovskix

tahrir

Salom. Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofdan (') emas, okinadan (ʻ) foydalaning. Yillardan keyin chiziqcha (-) qoʻyishni unutmang. Maqolangizning imlo (orfografik jihatdan) va mazmunini qayta koʻrib chiqing. Iltimos, iloji boricha avtomat tarjimadan foydalanmang. Maqolangiz toʻliq avtomat tarjimadan iborat boʻlib qolgan. Miss Kamola (munozara) 00:36, 08-Iyul 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Imlo bilan bogʻliq xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaman. Avtomat tarjimaga keladigan boʻlsak, maqolani manba kodi bilan yaratgandim. Tarjima sahifasidan foydalanmaganman. Hasan Alimov (munozara) 00:18, 8-Iyun 2023 (UTC)

Soʻrovnomada qatnashing!

tahrir

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 18:11, 9-Iyun 2023 (UTC)

Maqolalardagi xatoliklar

tahrir

Salom, avvalo maqolalarni yaratib, vodiy oyligida faol qatnashayotganligingiz uchun tashakkur. Faqat iltimos Vikipediya qoidalariga koʻra maqola yarating. Vikifikatorlash va yillarni chiziqcha bilan yozish kerakligiga alohida eʼtibor bering. Sizga oylik davomida omad tilayman PanPanChik #yozish 16:53, 10-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Tushunarli. Xatoliklarni qayta takrorlamaslikka harakat qilaman! Hasan Alimov (munozara) 19:15, 11-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum adash Hasan Alimov Yevgeniy Prigojin maqolasini Tanlangan maqola nomzodiga qoʻyibsiz kichik tahrirlar yana qayta takrorlangan (masalan 1935-1936-yillarda emas 19351936-yillarda) kamchiliklar boʻlsa tuzatib chiqsangiz maqola yanada gozalroq boʻladi. Xasanboy off (munozara) 17:57, 30-Iyun 2023 (UTC)

Foydalanuvchi nomfazosidagi ostsahifalar

tahrir

Mana bu sahifadagi tahriringiz qaytarildi. Foydalanuvchi nomfazosidagi ostsahifalar, yaʼni qumloqlar sinov sahifalardir. Uni jiddiy sabablar boʻlmasa, oʻchirishga berish kerak emas. Salazarov 11:38, 14-Iyun 2023 (UTC)

Tushunarli Hasan Alimov (munozara) 14:15, 14-Iyun 2023 (UTC)

Avvalo Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingziga tashakkur ammo maqolalarga eʼtibor bering, manbalar yoʻq. Yaxshiroq vikilashtirishingizni tavsiya beraman. Tarjima qilishda davom eting Axadjon1 (munozara) 19:54, 22-Iyun 2023 (UTC)

Aynan qaysi maqola? Hasan Alimov (munozara) 20:11, 22-Iyun 2023 (UTC)
Hazrati Zaynulobiddin Ziyoratgohi Axadjon1 (munozara) 07:13, 24-Iyun 2023 (UTC)
Kechirasiz, Hazrati Zaynulobiddin Ziyoratgohi maqolasi foydalanuvchi @AbduzohirovRavshan tomonidan yaratilgan. Bu maqolada hatto birorta tahrir qilmaganman. Siz nima sababdan meni aloqam boʻlmagan maqola boʻyicha munozaramga yozyapsiz? Munozaraga yozishdan oldin maqola tarixini koʻring va kimga yozyotganingizga eʼtiborli boʻling. Hasan Alimov (munozara) 20:23, 24-Iyun 2023 (UTC)
xoʻp albatta Axadjon1 (munozara) 04:48, 29-Iyun 2023 (UTC)
Hasan Alimov & Axadjon1; Hazrati Zaynulobiddin Ziyoratgohi sahifasi oʻchirildi. Bu sahifa umuman ensiklopedik boʻlmagan gaplar (ichkireklamalar) bilan toʻla. Muallif kamchiliklarni sozlamagan. Keyingi safar shunaqa axlat reklama sahifalarni tezda oʻchirishga berishingizni soʻrab qolaman. Salazarov 05:30, 16-Iyul 2023 (UTC)
Xoʻp Hasan Alimov (munozara) 05:33, 16-Iyul 2023 (UTC)

Maqolada ATlar va kamchiliklar

tahrir

Assalom aleykum Foydalanuvchi:Hasan Alimov. Founatinga Zarafshon oyligi uchun joylagan maqolalaringinzi qaytadan koʻrib chiqing boʻlmasa deyarli hammasi 0 oladi. Chunki hammasida bir xil xatolar. Jahongir Boboyev (munozara) 13:11, 4-Iyul 2023 (UTC)

Ertaga hammasini koʻrib chiqaman birma-bir Hasan Alimov (munozara) 19:03, 4-Iyul 2023 (UTC)

Turkumlar

tahrir

Salom! Turkumlarni iloji boricha boʻsh yaratmaslik kerak. Ularga kamida bitta turkum qoʻshish, agar iloji boʻlmasa, {{See}} Andozasidan foydalangan holda qaysidir mavjud va aloqador maqolaga havola berish kerak.
Qarang: Turkum:Buxoro muzeylari turkumiga Turkum:Buxoro turkumini qoʻshdim. Ikkinchi keltirgan misolim uchun qarang: Turkum:AQSh iqtisodiyoti Salazarov 05:26, 16-Iyul 2023 (UTC)

Tushunarli Hasan Alimov (munozara) 05:34, 16-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu maqoladagi manbalardagi kamchiliklarni tuzating, 1-manbani ishlatib qoʻydim qolganlarini ham toʻgʻrilang. Snf andozadan toʻliq foydalaning. Yoqimli tahrirlar. Ibrohimjon (munozara) 16:38, 22-Iyul 2023 (UTC)

  Bajarildi. Manbadagi kamchiliklar tuzatildi. Gʻalizliklar tuzatildi. Sfn andozasi ishladi. Adabiyotlar qoʻshildi. Fikringizni qayta bildirsangiz boʻladi. Hasan Alimov (munozara) 22:16, 22-Iyul 2023 (UTC)
Statusli maqola bilan tabriklayman bardavon bo'lsin. Statusli maqolalar yozishdan charchamang. Ibrohimjon (munozara) 13:12, 7-Avgust 2023 (UTC)
Rahmat kattakon! Hasan Alimov () 14:00, 7-Avgust 2023 (UTC)

Oʻxshash turkumlar

tahrir

Assalomu alaykum. Vikepediya qoʻshayotgan hissabgiz uchun rahmat. Turkum:Meksikalik futbolchilar va Turkum:Germaniyalik futbolchilar turkumlari mavjud va bu turkumlarni qayta yaratish shart emas. Misol uchun Turkum:Meksika futbolchilari. Yana bir nechta mavjud turkumlarni ham sal boshqa turda yaratgansiz. Chayon zarbasi maqolasi uchun koʻproq futbol terminlar asosidagi turkumlarni yaratsangiz yana ham chiroyli boʻlgan boʻlar edi. Championat.asia (munozara) 10:12, 28-Iyul 2023 (UTC)

Vaalaykum assalom. Mavjud turkumlarga yoʻnaltirish qoʻyildi. Hasan Alimov (munozara) 12:09, 28-Iyul 2023 (UTC)

TM nomzodi

tahrir

Assalomu alaykum. Mana bu yerda tanlangan maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) Mrjavokh1r (munozara) 08:11, 30-Iyul 2023 (UTC)

Manda qasdiz bormi?

tahrir

Men Avtomat tarjima qilmayman Iltimos oʻChirishga soʻzini olib tashlang DONABDU2003 (munozara) 10:46, 4-Avgust 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Sizda hech qanday qasdim yoʻq. Maqola oʻchirishga berildi degani qasdi bor degani emas. Munozarangizga xabar qoldirdim kamchiliklarni izohlab. Xabarni oʻqib koʻrib, fikrlarim notoʻgʻri boʻlsa yana shu yerga yozishingiz mumkin. Maroqli tahrirlar. Hasan Alimov (munozara) 12:10, 4-Avgust 2023 (UTC)

Statusli maqola

tahrir

Assalomu alaykum, Hasan Alimov. Siz yaratgan Chayon zarbasi maqolasi Xushsifat maqola statusiga loyiq koʻrilgani hamda Statusli maqolalar tanlovida sovrindor boʻlgani bilan tabriklayman.

Yoqimli tahrirlar kabi ezgu tilaklar bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:38, 5-Avgust 2023 (UTC)

Vaalaykum assalom. Rahmat, Laziz aka. Tilimiz uchun harakatdamiz. Statusli maqolalarimiz safi kengayayotganidan xursandman! Hasan Alimov () 08:55, 5-Avgust 2023 (UTC)

Birinchi Xushsifat maqolangiz uchun

tahrir
  «Birinchi Xushsifat maqolangiz uchun»
Oʻzbek Vikipediyasini xushsifat maqolalar bilan boyitishda oʻz hissangizni qoʻshganingiz uchun mana shu medalni berishga qaror qildim. —   Mirzoulugʻbek |@  09:09, 5-Avgust 2023 (UTC)

Salom. Avvalo bejirim imzoyingiz juda yoqimli lekin u sababli ham vikifikator qilingan matn butkul buzilib, sahifa ahmoqona ko'rinishga kelib qolyapti. Iltimos oddiyroq va vikifikatorlanganda o'zgalar yozuvini buzmaydigan imzodan foydalansangiz. PanPanChik #yozish 13:40, 9-Avgust 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Qumloqda matn yozib, vikifikator qilib koʻrdim. Yozilgan matnda oʻzgarish boʻlmadiku. Hasan Alimov () 02:50, 10-Avgust 2023 (UTC)

XM nomzodi

tahrir

Assalomu alaykum. Mana bu yerda XM uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) 12:24, 16-Avgust 2023 (UTC)

Assalomu alaykum! Status bilan tabriklayman. Bardavom boʻlsin! Hasan Alimov (Munozara) 18:34, 25-Avgust 2023 (UTC)

Xushsifat maqola nomzodi

tahrir

Assalomu alaykum. Mana bu yerda xushsifat maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, MrShaxas #Munozaracha 19:42, 23-Avgust 2023 (UTC).

Vaalaykum assalom. Nomzodlik sahifasida maqola boʻyicha fikrlarimni qoldirdim. Afsuski maqolada hali ham kamchiliklar bor...
Maqsadim maqoladan kamchilik topish emas. Maqolangiz status oladigan boʻlsa keyinchalik Asossiz status olgan maqola maqomiga tushib qolmasligini xohlaganim uchun shunchaki ovoz bermadim. Kutaman. Xatoliklarni tuzating. Ana undan keyin - maqola sifatli darajaga chiqqandan keyin status olishi uchun   rozi boʻlaman.
Meni togʻri tushunasiz degan umiddaman, doʻstim! Maroqli tahrirlar!!! - Hasan Alimov (Munozara) 18:41, 25-Avgust 2023 (UTC)

XM statusi

tahrir
  Prezident maktabi (Andijon) maqolasiga ovoz berishda ishtirok eting.
XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Ibrohimjon 16:09, 5-Sentabr 2023 (UTC)
  Minnatdorlik va chorlov
Siz bilan tanishganim va bir jamoaga tushganimdan xursandman. Keyingi safar jamoaviy yigʻilganimizda sizni bir chashkadan qahva ichishga taklif qilaman.
Hurmat bilan Elbek (Xoqoni Said)

Elbek (munozara) 08:25, 4-Oktyabr 2023 (UTC)

Bajonidil :) Hasan Xamidovich (munozara) 10:36, 9-Oktyabr 2023 (UTC)

Mukofotimni qabul eting!

tahrir
  „Charchamas ishtirokchi“ yulduzi
Markaziy Oʻzbekiston oyligida faol ishtirok etganingiz uchun ushbu yulduz bilan taqdirlayman. Ishtirokingiz uchun katta rahmat. Humoyun Qodirov (munozara) 09:37, 9-Oktyabr 2023 (UTC)
Tashakkur! Hasan Xamidovich (munozara) 10:35, 9-Oktyabr 2023 (UTC)

Intervikilar

tahrir

Hormang! Turkumlarni ham boshqa tillarga ulash esdan chiqmasin. Masalan, [[Turkum:Urugvaydagi sport musobaqalari]] turkumi Vikimaʼlumotlarda bor: Q6239407. Nataev munozara 14:52, 14-Dekabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Xoʻp boʻladi! Hasan Xamidovich (munozara) 02:04, 16-Dekabr 2023 (UTC)

Tabrik

tahrir
  „Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ yulduzi
Hurmatli Hasan Xamidovich, Vikipediyada amalga oshirayotgan salmoqli ishlaringiz uchun tashakkur aytgan holda, sizni oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yillik yubileyi bilan tabriklayman va sizga ushbu „Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ esdalik yulduzini taqdim etaman. Vikipediyani rivojlantirish yoʻlida charchamang! Yoqimli tahrirlar!

Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 14:31, 22-Yanvar 2024 (UTC)

Assalomu alaykum. Rahmat e’tibor uchun!
Sizga ham tashakkur, ogʻa! Hasan Xamidovich (munozara) 15:14, 25-Yanvar 2024 (UTC)

Topshiriq

tahrir

Assalomu alaykum, hurmatli Jahon tillari WikiKlubi aʼzosi! Siz yopiq guruhda oʻz foydalanuvchi nomingizni yozish orqali WikiStipendiya 3-mavsum guruhlarga boʻlinish yaʼni saralash bosqichiga avtomatik ravishda qoʻshildingiz, tabriklaymiz!
Saralashdan oʻtish uchun topshiriq quyidagicha:

Sizdan shunday bir maqola tarjima qilish soʻraladi-ki, ushbu maqolada ham navboks, ham noerkin fayl, ham bilgiquti boʻlishi kerak. Maqolaningizni baholash davomida uning sifatiga juda diqqat bilan eʼtibor berishingiz, yaxshilab tahrirlashingiz soʻraladi. Shuningdek, 1 dona mustaqil maqola yaratishga urinib koʻrishingiz mumkin. Mustaqil maqola yozish majburiy emas, biroq muvaffaqiyatli yozilgan mustaqil maqola sizga qoʻshimcha ball olib keladi.
Bu ishlar uchun sizga Telegram yopiq guruhimizdagi videodarslar yordam beradi.

Soʻnggi muddat: Salazarov 11:47, 31-Mart 2024 (UTC)

Forumda ishtirok eting

tahrir

Salom, hurmatli foydalanuvchi! Sizni o'zbek tilidagi kishi ismlari yozilishi bo'yicha bo'lib o'tayotgan forumda o'z fikr va ovozingiz bilan ishtirok etishingizni so'rab qolaman. Munozara sahifasi bu yerda. Salazarov(gaplashuvuza?) 07:22, 8-Aprel 2024 (UTC)

Tarjimai holi emas, Tarjimayi holi

tahrir

Kechirasiz-u, siz bir necha bor men yaratgan maqolalarda biografiyasi soʻzini tarjimai holi soʻziga oʻzgartirgansiz, oʻzingiz notoʻgʻri yozayapsiz, biografiyasi ham oʻzbekchada ishlatiladi, imlo lugʻatlarini bir koʻring, tarjimayi holi deb yoziladi Xabibulla Muxamedov (munozara) 03:27, 2-May 2024 (UTC)

Assalomu alaykum. Ikkala variant ham toʻgʻriligini bilaman. Lekin imloviy jihatdan xato yozganim yoʻq. Qarang: Tanlangan maqola - Cristiano Ronaldo, Yaxshi maqola - Dag Hammarskjöld va boshqalar. President.uz saytida ham "tarjimai hol" koʻrinishida kelgan. Hasan Xamidovich (munozara) 15:00, 2-May 2024 (UTC)

Ordenni qabul etgaysiz

tahrir
  „Gʻayratli ishtirokchi“ ordeni
Oʻzbekcha Vikipediyani tahrirlashda gʻayrat koʻrsatganingiz sharafiga ushbu orden bilan taqdirlashga izn bergaysiz. Charchamang! Alpasli (munozara) 14:45, 19-May 2024 (UTC)
Tashakkur, ogʻa :) Hasan Xamidovich (munozara) 17:21, 19-May 2024 (UTC)

Maqola yuzasidan

tahrir

Assalomu alaykum @Hasan Xamidovich: Muhammadali haqida siz qumloqda maqola yaratganingiz haqida bilmagandim. Uzr soʻrayman. Muhammadali men uchun ham qadrdon kishi boʻlgan, undan koʻp narsani oʻrgandim. Yana bir bor uzr soʻrayman. Humoyun Qodirov (munozara) 15:45, 22-Iyun 2024 (UTC)

Assalomu alaykum. Tushunarli. Muammo yoʻq, aka :) Hasan Xamidovich (munozara) 16:45, 22-Iyun 2024 (UTC)

Pěčnov

tahrir

Assalomu alaykum. Pěčnov shu nomli maqolaga manbasiz andozasini qo'yibsiz. Bu maqolani yaratib kamchiliklarini to'g'irlayotgan vaqtimda bunday qilishingiz qay darajada to'g'ri deb o'ylaysiz? Meni yagona xatoyim thr andozasini qo'ymaganimda deb o'ylayman. Bir oz sabr qilib kutib turish ko'plab dilxiraliklarni oldini olar edi menimcha... Mr.Abdukarimovich (munozara) 19:08, 24-Iyun 2024 (UTC)

Assalomu alaykum. Men aynan ko'rgan vaqtda maqola rostdan ham manbasiz edi. Shuning uchun andoza qo'ydim. Manba qo'shilib, andoza olib tashlangan bo'lsa muammo hal. Maroqli tahrirlar! - Hasan Xamidovich (munozara) 19:53, 24-Iyun 2024 (UTC)

Xorvatiya televideniyesi maqolasi uchun berilgan fikrlar yuzasidan

tahrir

Assalomu alaykum. Avvalambor aytishim joizki, siz bildirgan 9-iyuldagi fikrlar yuzasidan xatolar bartaraf etilgan edi. Ammo sizdan haligacha izoh bo'lmaganligi uchun munozara sahifangizga yozishga majbur bo'ldim. XayrinisoJorayeva (munozara) 13:44, 12-Iyul 2024 (UTC)

Assalomu alaykum. Vaqtim boʻlishi bilan qayta oʻqib chiqaman maqolani. Hasan Xamidovich (munozara) 14:03, 12-Iyul 2024 (UTC)

Muazzez Ilmiye Çiğ maqolasi yuzasidan

tahrir

Assalomu alaykum. Maqolamni translatorda tarjima qilingan deb belgilabsiz . Maqolani o'zim tarjima qilganman, wikiga hali yangi edim, u maqola ham wikidagi birinchi tarjima maqolam edi, kecha birinchi bor chop etgan edim. Kamchiliklarini kecha ustozim bilan yana bir marta ko'rib chiqdik, keyin qayta tahrir qildim. Maqolamni yana bir ko'rib , translatorda tarjima qilingan belgisini olsangiz... Raxmat! Thezoooma (munozara) 04:14, 20-iyul 2024 (UTC)

  „Sovuruvchi“ ordeni
Hurmatli Hasan Xamidovich, sifatsiz maqolalarga „oʻchirish“ andozasini qoʻyishda, ayrim maqolalar nomini koʻchirishda, baʼzi maqolalarni kichik tahrirlar bilan tuzatishda faol boʻlganingiz uchun „WikiStipendiya III“ marafoni doirasida davom etayotgan „Haqiqiy vikimediachi“ tanlovining „Saralovchi“ nominatsiyasi boʻyicha ushbu ordenga loyiq koʻrildingiz. Kelgusi ishlaringizda omad. Vikipediyani sifatli qilish yoʻlida charchamang, yoqimli tahrirlar! Jamshid Nurqul (munozara) 15:33, 29-iyul 2024 (UTC)
Tashakkur! - Hasan Xamidovich (munozara) 18:40, 29-iyul 2024 (UTC)

Hurmatli Hasan Xamidovich, ushbu sahifada maqola „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka qo‘yilgan. Sizdan ushbu maqolaga status berish masalasidagi muhokamada ishtirok etishingizni so‘rab qolaman. CohenBar (munozara) 08:45, 21-avgust 2024 (UTC)


Hurmatli Hasan Xamidovich, Gülablı maqolangizda „vikifikator“ ishlatmagansiz, yaʼni oʻ va gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofdan (') emas, okinadan (ʻ) foydalaning. Doniyor Yóldoshev (munozara) 09:54, 23-avgust 2024 (UTC)

Assalomu alaykum. Xabar berganingiz uchun tashakkur. Xatolik   tuzatildi. Hasan Xamidovich (munozara) 10:08, 23-avgust 2024 (UTC)

Bekorchilikdagi suhbat

tahrir

Wikipediada munozara orqali aloqaga chiqish uchun test Just Khumoyun (munozara) 04:50, 3-sentyabr 2024 (UTC)

)))))) Hasan Xamidovich (munozara) 05:46, 3-sentyabr 2024 (UTC)

Paralimpiada-2024 Vikibayroqdori!

tahrir

O‘zbek tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilarga Oʻzbekistonning 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi natijalarini aniqlik va tezlik bilan yoritib berayotgani uchun Hasan Xamidovich Paralimpiadaning Vikipediyadagi virtual bayroqdori sifatida "Paralimpiada-2024 Vikibayroqdori" unvoni bilan taqdirlanadi.

Hurmat bilan,

Elmurodjon qizi. Elmurodjon qizi (munozara) 18:34, 3-sentyabr 2024 (UTC)

Ovoz berish

tahrir

Assalomu alaykum. Vikiiqtibosda administratorlik uchun nomzodimni koʻrsatdim. Iltimos, fikringizni bildirib, ovoz bering. BEKIPEDIYA #yozishma 14:53, 2024-yil 7-sentyabr (UTC)Javob berish

Uy bozor tv Maqolasini tahrirlanganligi to'g'risida

tahrir

Maqoladagi noneytral so'zlar va jumlalar almashtirildi. „U10: qoidalariga ko'ra agar jumlalar o'rinlilariga almashtirilsa maqolani o'chirishdan ko'ra saqlab qolish avfzalroqdir.

Bundan tashqari endi maqola VP:EA ga ya'ni Neytral nuqtai nazar, Tekshirish mumkinligi, Original tadqiqotga yoʻl qoʻyilmasligi, Vikipediya nima emas qoidalariga yanada mos bo'ldi Jahongirme9 (munozara) 05:49, 2024-yil 20-sentyabr (UTC)Javob berish

Maqola reklama ekanligi sabab oʻchirishga berilgan Hasan Xamidovich (munozara) 05:53, 2024-yil 20-sentyabr (UTC)Javob berish
Maqoladagi qaysi jumlalar „U10: qoidalariga mos kelmaydi? O'ylaymanki maqolaning oxirgi taxriri bu kamchiliklarni tuzatdi Jahongirme9 (munozara) 06:03, 2024-yil 20-sentyabr (UTC)Javob berish
Maqola oʻchirildi. Yana qayta yaratish muallifga nisbatan chora koʻrilishiga sabab boʻlishi mumkin. Maroqli tahrirlar! Hasan Xamidovich (munozara) 09:10, 2024-yil 20-sentyabr (UTC)Javob berish

Yangi nomzod

tahrir

TM statusi

tahrir
  Yangi Oʻrgimchak-odam
TM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Just Khumoyun (munozara) 09:25, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)Javob berish

XM

tahrir

Assalomu alaykum, Hasan Xamidovich|! Xushsifat maqola statusi uchun „Mustaqillikning 25 yilligi koni“ maqolasi nomzod sifatida koʻrsatildi. Sizning fikr bildirish va ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishingiz muhim deb o'ylayman. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 15:15, 2024-yil 12-oktyabr (UTC)Javob berish

Oʻqib chiqib, ovoz berish jarayonida qatnashaman, albatta. Hasan Xamidovich (munozara) 16:58, 2024-yil 12-oktyabr (UTC)Javob berish

Turkumlarni tilga ulash

tahrir

Assalomu alaykum, hormang! Yaratgan koʻpchilik turkumlaringiz tilga ulanmagan, vaqtingiz boʻlganida bir qarab chiqing, men 3-4 tasini uladim. Boburjon (munozara) 21:47, 2024-yil 16-oktyabr (UTC)Javob berish

Vaalaykum assalom. Xoʻp. Rahmat Hasan Xamidovich (munozara) 04:47, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)Javob berish

"Hilda Hayn" maqolasini o‘chirmaslik so‘rovi

tahrir

Assalomu alaykum "Hilda Hayn" maqolasini o‘chimang, iltimos. Bu maqola asl andozaga ega, lekin mashina tarjimasi emas. Rahmat. Baxtli tahrirlar! Abduvaitov Sherzod + Viki (munozara) 10:29, 2024-yil 20-noyabr (UTC)Javob berish