Andijon shahridagi Prezident maktabi2021-yil 28-oktyabr kuni Andijon shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Bitiruvchilarning xalqaro malaka imtihonlarini topshira olishini taʼminlash maqsadida oʻzlari qiziqqan tanlov fanlari boʻyicha chuqur oʻqitiladi. Muassasada 11-sinf oʻquvchilari Cambridge Assessment tomonidan tashkil etiladigan imtihonlarni topshiradi[⇨].

Andijon shahridagi Prezident maktabi
Andijon shahridagi prezident maktabi binosining old qismi
Andijon shahridagi prezident maktabi binosining old qismi
Joylashgan yeri
Andijon shahri, Andijon viloyati
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2021-yil 28-oktyabr
Mutaxassislar Mahalliy 23 ta, chet ellik 5 ta
Direktor Doniyorbek Axmadaliyev
Faculty Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari
Sinflar 5-sinfdan 11-sinfgacha
Gender aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi)
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Tuition bepul
Website
Website
Map
Andijon shahridagi Prezident maktabi manzili xaritada

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan oʻquvchilar qabul qilinadi. Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim[⇨].

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi[⇨].

Andijon shahardagi Prezident maktabiga 2021–2022-oʻquv yilida maktabga 10 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan[⇨].

Ochilish tarixi

tahrir

Andijon shahridagi prezident maktabi Alisher Navoiy Shox koʻchasida joylashgan Andijon shahar hokimligi va tahririyat binolarining oʻrnida bunyod etilgan[2][3][4][5]. Maktab 86 mlrd soʻmlik loyiha asosida 7,5 oy davomida qurilgan[6]. Andijon shahrida Prezident maktabi 2021-yil 28-oktyabr kuni ochilgan[7][8][9]. Oʻquv muassasasiga dastlab 10 ming nafar maktab bolalari imtihon topshirgan. Shundan 144 nafari saralab olingan[10]. Ularga taʼlim berish uchun 50 nafar tajribali pedagoglar jalb qilingan, shulardan 5 nafari xorijlik mutaxassislar hisoblanadi. Oʻquvchilari bilan birga 23 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Muassasasida 23 nafar tarbiyachilar bolalarning taʼlimdan tashqari paytdagi boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun masʼul.

Yaratilgan sharoitlari

tahrir

Maktab standart texnik jihozlar hamda nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan jihozlangan[11]. Taʼlim muassasasida tibbiyot xonasi mavjud boʻlib oʻquvchilar sogʻliqlari doimiy nazoratda, oʻquv muassasasida sportga katta eʼtibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan taʼminlangan, choʻmilish havzasi, basketbol hamda futbol maydonchalari oʻquvchilar ixtiyorida. Maktab kutubxonasida badiiy va oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib oʻquvchilar ulardan oʻzlarining boʻsh vaqtlarida foydalanidi[12].

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan[11].

Qabul qilish tartibi

tahrir

Prezident maktabiga 4-sinfni tamomlagan oʻquvchilar qabul qilinadi[13]. Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim[14].

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi[13].

Hujjatlarni qabul qilish bosqichi

tahrir

Qabul komissiyasiga oʻquvchining quyidagi hujjatlari elektron tarzda „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ sayti orqali onlayn topshiriladi: tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi, tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasi[izoh 1], 3x4 oʻlchamdagi rasm[izoh 2], baholar tabelining nusxasi[izoh 3], oʻquvchining ota-onasi yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik pasporti maʼlumotlari[15]. Agarda hujjatlarni topshirishda kamchiliklar kuzatilsa, ularni 48 soat ichida tuzatib, qayta joʻnatish talab etiladi[16].

Kirish imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish bosqichi

tahrir

Prezident maktabiga kirish imtihonlarini oʻtkazish muddati va joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalar qoʻllangan holda maxsus ajratilgan joylarda oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi guruhining masʼul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish, talabgorlarga kirish imtihonlariga maʼlumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taʼqiqlanadi. Ushbu talablar buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar[17].

Prezident maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich saralash imtihoni hisoblanib, matematika fanidan 30 ta test topshirigʻidan iborat. 2-bosqich tanqidiy fikrlash (16 ta masala), muammoni yechish boʻyicha (24 ta masala) va ingliz tilidan test savollaridan iborat[izoh 4]. Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (soʻrovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan taʼminlanadi. Oʻtgan yillarga tegishli boʻlgan baʼzi bir test naʼmunalari „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytiga yuklab borilishi mumkin[18].

Nomzodlarning umumiy ballari boʻyicha roʻyxatini eʼlon qilish bosqichi

tahrir

Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot „Cambridge Assessment“ tomonidan amalga oshiriladi[17]. Kirish imtihonlari (1–2 bosqich) natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi. Talabgor oʻquvchi Prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi yoki qonuniy vakillari oʻquvchining Prezident maktabida haftada 5 kun davomida internat shaklida taʼlim olishiga rozilik bildirishi talab etiladi[19].

Prezident maktabiga oʻqishga kira olmagan 5-sinf oʻquvchilari yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin[20].

Yana qarang

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan hujjatning nusxasi
  2. Oʻquvchi rasmga soʻnggi 2 oy davomida tushgan boʻlishi kerak
  3. soʻnggi oʻquv yili natijalariga koʻra, baholar tabeli maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak
  4. Ingliz tilidan test savollarining soni „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida ochiqlanmagan

Manbalar

tahrir
  1. „Andijonda Prezident maktabi ochildi“ (xalq soʻzi). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  2. „Andijonda prezident maktabi qurish uchun viloyatning bosh matbuot uyi joylashgan yer tanlandi“ (kun.uz). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  3. „Andijondagi prezident maktabi shahar hokimiyati va Andijonnoma tahririyati o‘rnida quriladi“ (gazeta.uz). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  4. „Андижондаги президент мактаби шаҳар ҳокимияти ва Андижоннома таҳририяти ўрнида қурилади“. 2023-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  5. „Андижондаги президент мактаби “Андижоннома” таҳририяти ўрнида қурилади“ (uznews.uz). 2023-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  6. „Andijonda Prezident maktabi o‘z faoliyatini boshladi“ (xs.uz). 2023-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  7.   O'zMTRK O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi / «Andijon viloyatidagi Prezident maktabi foydalanishga topshirildi» YouTubeda
  8.   auz news / «Andijon viloyatidagi Prezident maktabi foydalanishga topshirildi» YouTubeda
  9. „Andijon shahrida Prezident maktabi ochildi“ (yangiliklar 24). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  10. „Andijonda ham Prezident maktabiga saralash boshlandi“. yuz.uz. 2023-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  11. 11,0 11,1 „Andijon shahridagi Prezident maktabi“. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  12. „Andijonda Prezident maktabi ochildi“. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  13. 13,0 13,1 „Prezident maktablariga qabul qilish tartibi“. Piima.uz. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  14. „Prezident maktabida oʻqimoqchi boʻlgan oʻquvchilarning baholari qaysi fanlardan aʼlo boʻlishi kerak?“. Uza.uz (2021-yil 24-aprel). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  15. „Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish boʻyicha videoqoʻllanma“. Piima.uz. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  16. „Hujjatlar namunasi“. Piima.uz. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  17. 17,0 17,1 „Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday tartibda oʻtkaziladi?“. Uza.uz (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2023-08-024.
  18. „Test namunalari“. Piima.uz. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  19. „Prezident maktabida oʻqimoqchi boʻlgan oʻquvchilarning baholari qaysi fanlardan aʼlo boʻlishi kerak?“. Uza.uz (2021-yil 24-aprel). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  20. „Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi“ (kun.uz). 2023-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.

Havolalar

tahrir