Fargʻona shahridagi Prezident maktabi2021-yil 6-noyabr kuni Fargʻona shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi[3]. Maktabga Kanada, AQSH, Filippin, Yangi Zelandiya, Zimbabve va Yamayka kabi xorijiy davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan[1]. Ular bilan birga 22 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi[4].

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Qashqar koʻchasi
Fargʻona shahri, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2021-yil 6-noyabr
Mutaxassislar Mahalliy 22 ta, chet ellik 10 ta[1].
Direktor Mo'minov Obidxon Norxo'jayevich[2].
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website
Map
Fargʻona Prezident maktabi manzili xaritada

Ochilish tarixi

tahrir

Fargʻona shahridagi ushbu oʻquv muassasasi rasman 2021-yil 6-noyabrda ochilgan. Oʻquv kompleksi qurilishi uchun 80 milliard soʻm sarflangan[1]. Kompleks tarkibida 168 oʻrinli oʻquv binosi, shuncha oʻrinli yotoqxona, oshxona, sport zali, bosseyn va 15 oʻrinli oʻqituvchilar yotoqxonasi mavjud[3]. 2021-yilda 10 mingga yaqin talabgorlar ushbu maktabda oʻqish istagini bildirgan va ulardan 144tasi imtihon asosida oʻqishga qabul qilingan[3]. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin[4].

Qulayliklar

tahrir
  • Maktab oʻquvchilari bepul taʼlim, 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi[5].
  • Har bir oʻquvchi davlat tomonidan maktab davrida foydalanish uchun shaxsiy komputer bilan taʼminlanadi.
  • Darslardan soʻng kamondan otish va chavandozlik, suzish, futbol kabi sport turlaridan va drama hamda musiqiy asboblar oʻrganish uchun mashgʻulotlar tashkil qilinadi.

Hamkorlik

tahrir

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona viloyat boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan[1].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir