Toshkent shahridagi Prezident maktabi – 2019-yil Toshkent shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga[izoh 1] oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Toshkent shahri,
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2019-yil
Mutaxassislar Mahalliy 43 ta, chet ellik 10 ta
Direktor Sevara Shakirova
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website

Ochilish tarixi

tahrir

2019-yil Toshkent shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. 2019-yilda maktabning 5–10-sinflari uchun hujjat topshirgan 7 mingga yaqin oʻquvchidan 144 nafari oʻqishga qabul qilindi. Kanadaning „Teachaway“ va Buyuk Britaniyaning „TIC Recruitment“ rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olindi. Shuningdek, 72 nafar O'zbekistonlik tajribali o'qituvchilar jalb qilingan[2][3]. 2021-yil maktabni 24 nafar o‘quvchi bitirgan. Bitiruvchilar IELTS imtihonidan o‘rtacha 7 ballni qo‘lga kiritgan , ular orasida 8,5 ball olganlari ham bor[4][5].

Yana qarang

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiya, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika soʻzlarining bosh harflari yigʻindisi.

Manbalar

tahrir