Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Ochlik tahrir

Nominator(lar): Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 06:16, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Maqola dunyo miqyosida aktual ahamiyat kasb etadi. Til qoidalariga asoslangan holda xatolarsiz yozilgan. Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan. Yaxshi maqola nomzodligi uchun barcha talablarga javob beradi deb hisoblayman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 06:16, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]


Rozilar tahrir

  1. Maqolani, shaxsan, erinmay oʻqib chiqdim. Juda ajoyib chiqqan! Jumlalarda g'alizlik koʻrmadim. Ichki havolalardagi barcha nosozliklar tuzatildi. Maqola sifati yuqori va mavzusi dolzarbdir. Men  Roziman MaxiMillian(munozara!) 06:28, 20-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Shu gapni yozganingizdan keyin ham xatolar bor edi, tuzatildi. Jamshid Nurqul (munozara) 13:04, 20-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Ancha mehnat qilingan, muallifga tashakkurlar! — Jamshid Nurqul (munozara) 13:07, 20-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman.Maqola yaxshi yozilgan. Yaxshi maqolalar safidan joy olsa arziydi. --Mirzoulug'bek (munozara) 14:32, 20-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Maqola yaxshi yozilgan. Ajoyib va tushunarli jumlalar tanlangan. Yaxshi maqola sifatida tanlashga munosib. Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:05, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman.ShohjahonSobirov (munozara) 11:10, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman.) Muzaffar murodovich (munozara) 11:15, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman Husniddin Rasulov (munozara) 11:19, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman Maqola o'zbek o'qisa tushunadigan qilib yozilgan, ajoyib!--Finikchik (munozara) 14:16, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman Maqola go'zal yaratilgan. Kamchiliklar ko'zga tashlanmaydi. Maqola muallifiga keyingi ishlarida omad tilab qolaman. Panpanchik (munozara) 14:55, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Izohlar tahrir

  • Savol: en:Starvation ocharchilik bo'lsa, en:Famine nima? 213.230.72.93 19:14, 19-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Ommaviy ocharchilik Humoyun Qodirov (munozara) 02:43, 20-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Butun umr ocharchilikni ommaviy ochlik deb tushunganman. Lugʻatda ham shunday: uz:wikt:ocharchilik — "Iqtisodiy tanazzul va tanglik yoki tabiiy ofat, turli sabablar tufayli jamiyat miqyosida yuzaga keladigan keskin oziq-ovqat tanqisligi; qahatchilik." Maqolani Ochlik deb nomlash zarur. 84.54.122.156 09:54, 22-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
  • Soʻnggi 40 yil ichida rivojlanayotgan mamlakatlarda toʻyib ovqatlanmaydigan odamlarning ulushi ikki barobardan koʻproqqa kamaydi. deyilgan gapni tasdiqlovchi manba bormi? Soʻnggi 40 yilga qaysi yillar kiradi? Bu gapni 10 yildan keyin oʻqigan kishi 1992—2032-yillar deb tushunishi kerak boʻladimi shunda? Fikrimcha barcha shunga oʻxshash iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanishi va aniqlik kiritib yozilishi shart. — Kagansky (munozara) 20:22, 20-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Assalomalekum, izohingiz uchun rahmat. Siz aytgan rivojlanayotgan davlatlar statistikasi va pastdagi jadvaldagi statistika uchun bir qilib jadval ichida manba keltirib o'tilgan edi. Xususan, jadvaldagi [28] sonli manbada maqolaning siz keltirib o'tgan qismi o'z aksini topgan. Xatoni hoziroq tuzataman va yuqoridagi jumla oxirida ham havola keltirib o'taman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 09:26, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Maylida, soʻnggi 40 yilga nechanchi yillar kiradi? Shuni maqolada aniq qilib koʻrsatish zarur. Qolgan iddaolarga ham manba keltirish zarur (qoidaga qarang: Tasdiqlash imkoniyating mavjudligi). Ochlik belgilari, sabablari, ochlikni„NG“ oldini olish uchun siyosiy yoʻnalishlar, oʻlim jazosi boʻlimidagi har bir alohida holatlar, konsentratsion lagerlar va gettolar haqida yozilgan gaplar qaysi nufuzli manbalarda keltirilgan? Manba bilan tasdiqlanmagan iddaolar mustaqil tadqiqot emasligini qaysidir nufuzli manba tasdiqlaydimi? Davolash boʻlimidagi Tashkilotlar ostboʻlimida qaysi turdagi tashkilotlar haqida soʻz boryapti? Bitta gap uchun alohida ostboʻlim yaratish ham unchalik toʻgʻri ish boʻlmaydi aslida. Bundan tashqari Qoʻshimcha oʻqish uchun boʻlimidagilar Adabiyotlar, Havolalar deb nomlangan boʻlimlar yaratilib shularda koʻrsatilishi kerak. Maqola YM statusini olishi uchun, hechboʻlmaganda shularni tuzatish zarur. Hozircha u YMning 2 ta kriteriysiga javob bermayotgani yaqqol koʻrinib turibdi. — Kagansky (munozara) 13:54, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Siznu tushundim. Harakat qilaman manbalar topib to'ldirishga. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:08, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Bulardan tashqari, maqola nomi Ocharchilik, oʻzi esa Ochlik deb boshlanyapti. Yoki hozirgi nomi qolsin, yoki Ochlikka koʻchiring. Maqola boshida esa ikkala nom ham koʻrsatilgani maʼqul. — Kagansky (munozara) 10:36, 22-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Ocharchilik haqida alohida maqola yozish kerak. 84.54.122.156 11:28, 22-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Nomni ko'chirdim. Manbalarni to'ldirdim. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 10:18, 23-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Barcha iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan. — Kagansky (munozara) 13:06, 26-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Aynan qaysilar ekanligini ayta olasizmi? Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 15:04, 26-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    „Boshqa belgilari“, „Ochlik bosqichlari“, „Sabablari“, „Ochlikning oldini olish“ haqida biror bir manbada yozilganmi? Ochlik bosqichlarini yozib koʻrsatgansiz, dastlabki, keyingi, soʻnggi bosqich degan turlari, shu nomli terminlar fanda qoʻllaniladimi oʻzi? Koʻrsatilgan bosqichlar necha kundan necha kungacha kuzatiladi? Roʻyxatsifat boʻlimlarda koʻrsatilgan gaplar mustaqil tadqiqot emasligini qaysidir nufuzli manba tasdiqlaydimi? Vestal bokiralari (lotincha: Virgo Vestalis) ham turmush qurmaslik haqidagi vaʼdalarini buzganlikda aybdor deb topilganida ochlikka mahkum qilinib oʻldirilgan, degan taxminlar bor. deyilyapti, shu taxmin qaysi manbada keltirilgan? Quyida ochlikning baʼzi belgilari sanab oʻtilgan: deyilyapti. Nega toʻliq belgilari emas. „Biokimyo“ boʻlimidagi 2 ta abzats ham manbalar bilan tasdiqlanmagan. Topa olsangiz agar Ochlikning Qadimgi Yunon madaniyatidagi oʻrni haqida ham alohida boʻlim yaratsangiz ham boʻlar ekan. — Kagansky (munozara) 09:29, 27-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    😅😅 aha, to'ldirishga harakat qilaman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 12:34, 27-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Maqolani enwikidan to'g'ridan to'g'ri tarjima qilganligim uchun ko'p nuqtalarda manbalar keltirish jihatidan oqsashlar bor edi. Ularni imkon qadar to'ldirishga harakat qildim. Xususan, Ochlik bosqichlari, sabablari va oldini olish bo'limlariga ayrim manbalar keltirdim. "Koʻrsatilgan bosqichlar necha kundan necha kungacha kuzatiladi?" Bu savolga maqolada javob bermadim, lekin men biriktirgan havolada bu haqida ma'lumot bor. Nega kiritilmadi degan savolga esa quyidagicha javob berishim mumkin: masalan, birinchi bosqich qancha vaqt davom etadi degan savolning javobi bir hafta bo'lsa, masalan, maqolada har bir kun qanday o'tishi ham izohlanishi mumkin. Har bir iddaoni izohlayman desam bu maqola emas monografiya bo'lib ketmaydimi? Vestal bokiralari haqidagi iddaoga manba topa olmaganligim sababli maqoladan shu qismni olib tashladim. Boshqa belgilari, biokimyo bo'limidagi iddaolar, nazarimda, enwikga biror ilmiy asardan olinib kiritilgan va manba berilmay ketilgan. Men, ochig'i, bu manbalarni topishga ojizman. Menda bir yo'l qoladi: yo maqoladan shu qismlarni olib tashlash, yoki kimdir qachondir maqolani to'ldirishiga umid qilish. Boshqa belgilarida keltirilgan iddaolarni o'chirolmayman, sababi ularning hammasi bir o'rinda aks etgan manba topa olmagan bo'lsam-da, alohida-alohida manbalarda uchratdim. Demak, menimcha, iddaolar xato emas. Agar kiritilgan o'zgartirishlardan keyin ham maqolani "YM" statusiga noloyiq deb hisoblasangiz, unda boshqa e'tirozim yo'q. Men qo'limdan kelgancha harakat qildim. Rahmat. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 13:41, 27-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
    Xullaskalom, yuqorida bildirilgan barcha kamchiliklar tuzatilmadi! Nominator ularni tuzata olmasligini tan oldi. Maqoladagi jadvalsifat boʻlimlar original tadqiq emasligi oʻz tasdigʻini topmadi. Nominatsiya hozirgi holatida YM statusi kriteriylariga umuman mos kelmaydi. — Kagansky (munozara) 12:16, 1-Sentabr 2022 (UTC)

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Nufuzli manbalar yetarli emas. Umarjon Rahimov (munozara) 15:58, 1-Sentabr 2022 (UTC).

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.