Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash (jugʻrofiy nomlar)

Eng oxirgi fikr: 1 yil oldin (Nataev tomonidan „Maqolalarni nomlash“ mavzusida)

Maqolalarni nomlash tahrir

Fikrlar tahrir

Katta ehtimol bilan nomlash, maqolada foydalanish uchun joy va boshqa nomlarning manbasi bo‘lmasa shundayligicha qoldirish ideal bo‘ladi! --MiroJP (munozara) 07:15, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Bittasida manba boʻlsa-yu, ikkinchisida boʻlmasa, bittasi oʻzbekcha ikkinchisi chet tilida boʻlib ikki xillik yuzaga kelmasmikan. MaxiMillian (munozara) 07:16, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
koʻp holatda avtomat tarjima qayerdandur olib oʻzi tarjima ham qilib yuborishi mumkin.
Manba topilsa ilojisi boricha koʻpaytirib keyin uni boshqa sahifalarga ham taʼsir qila oladigan holatga keltirish kerakda. --MiroJP (munozara) 09:03, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Oʻzbekcha manbalarda uchramaydigan jugʻrofiy nomlarni oʻzimizcha translit qilgandan, uni aslidek nomlab, talaffuzini keltirib oʻtsak maqsadga muvofiq boʻladi, fikri ojizimcha. Trwikida ham shunday. Malikxan munozara 20:11, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum. Geografik nomlarni yozishda quyidagi kitoblarni nufuzli manba deb hisoblashni taklif etaman: Joy nomlari qisqacha izohli lug‘ati, Geografik nomlar imlosi, Geografik nomlar lugʻati, Geografik nomlar siri. Shuningdek, Orif Tolibning Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi — oriftolib.uz maqolasidagi fikrlarini ham koʻrib chiqish lozim. Bundan tashqari, Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha nomlanuvchi kitob bilan ham tanishib chiqish kerak, deb hisoblayman (Ammo shaxsan oʻzim bu kitobning matni bilan hali tanishib chiqmaganman). Humoyun Qodirov (munozara) 08:34, 25-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Bu yogʻi qiziq boʻldi-ku. Hamma muammo oʻzbek lotin yozuvida qanday yozish qoidalari ishlab chiqilmaganida. Oʻzbekcha Vikipediyada kirill yozuvi ishlatilganida, bu muammoni muhokama qilib oʻtirmagan boʻlar edik. Linklar uchun rahmat lekin. Nataev munozara 06:20, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum Nodir aka. Afsuski siz aytganingizdek oʻzbek tilining lotin yozuvida ushbu qoidalar ishlab chiqilmagan. Men mana shu kitoblardagi nomlarni koʻrib chiqib, oʻzbekcha vikipediyada lotin yozuvidagi roʻyxatini shakllantirish kerak, deb hisoblayman. Humoyun Qodirov (munozara) 07:18, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Malikxanning fikrlariga qoʻshilaman. MaxiMillian (munozara) 07:12, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Malikxan keltirgan argumentlarini qoʻllayman. TrWikidagiga oʻxshab yoʻl tutgan maʼqul menimcha. — Kagansky (munozara) 19:42, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Xulosa tahrir

Taklif qilingan qoidani barcha qoʻlladi. Demak, bundan nari ushbu qoidaga amal qilishda davom etamiz. Nataev munozara 10:43, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

„Maqolalarni nomlash (jugʻrofiy nomlar)“ loyiha sahifasiga qaytish.