Viktorija Loba
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Viktoriya Loba ( maked.: Викторија Лоба ; ruscha: Виктория Лоба ,1988-yilning 17-oktabrda dunyoga kelgan) — rossiyada tug'ilgan makedoniyalik qoʻshiqchi.
Viktorija Loba | |
---|---|
Loba 2016 - yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
17-oktyabr 1988-yil Taganrog, Russian SFSR, USSR |
Janrlar | Pop |
Kasbi | Qo'shiqchi |
Faoliyat yillari | 2003–hozirgacha |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya va Shimoliy Makedoniya |
Shaxsiy hayoti va musiqa faoliyati
tahrirLoba Taganrog shahrida tavvalud topgan. Loba 8 yoshida oilasi bilan Rossiyadan Shimoliy Makedoniyaga ko'chib ketadi[1]. U yoshligidan Makedoniyadagi musiqali sahna ko'rinishlarida va televideniyada rollar o'ynay boshlaydi. 15 yoshida Loba 2003-yilda Daniya, Kopengagenda bo'lib o'tgan Junior Eurovision 2003 qo'shiq tanlovida Makedoniya nomidan Mariya Arsovska bilan birga " Ti ne me poznavaš " (Siz meni tanimaysiz) qo'shig'i bilan 12-o'rinni egallagan[2].
Loba 2008-yildan 2010-yilgacha Braziliyada,Portugaliya va Kubadagi musiqalarni ijro etuvchi makedoniyalik "Tumbao Salsa Band" guruhining bosh vakili hamda bosh qo'shiqchisi bo'lgan.
2011-yilda Ohrid Fest Loba "Nine things" (Devet raboti) qo'shig'i bilan pop kechasi 2-milliy mukofotini va xalqaro kecha 3-milliy mukofotini qo'lga kiritdi.
2013-yilda "Yozgi sevgi" so'nggi hit musiqasi bilan Gollandiyaning yosh iste'dodlar ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Spinnin Records da uzoq vaqt davomida o'sha o'rinda qoldi. 2014-yilda Makedoniyada boʻlib oʻtgan “Makfest” xalqaro festivalida Loba “Samo moj” qoʻshigʻi bilan “Eng yaxshi ijro” mukofotini qoʻlga kiritadi.
U o'zining Edna edinstvena qo'shig'i bilan Evrovidenie 2015 qo'shiq tanlovi 2015-yilgi milliy finalida Makedoniyani vakillik qilishga urinib ko'rdi va umumiy hisobda 7-o'rinni egalladi. Daniel Kaymakoski 2015-yilgi musobaqada Makedoniya vakili bo'ldi[3].
Tashqi havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Viktorija Loba, šarmantna Makedonka ruskog porijekla“ (sh). Klix.ba (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
- ↑ Muldoon, Padraig. „Junior Eurovision 2003: Where are they now?“. Wiwibloggs (2015-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
- ↑ Weaver, Jessica. „FYR Macedonia: Skopje Fest participants revealed“. ESCToday (2014-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
Andoza:Junior Eurovision Song Contest 2003Andoza:North Macedonia in the Junior Eurovision Song Contest