Viktoriya Sergeyevna Bulitko (ukraincha: Вікторія Сергіївна Булітко;1983-yil 25-yanvar, Zaporojye, Ukraina SSR, SSSR) – Ukraina televideniyesi, kino va teatr aktrisasi, qoʻshiqchi. „Kiyevska pektoral“ teatr mukofoti sovrindori (2011). „Tansi z zirkami“ Ukraina shousining bronza medali sovrindori (2019). „Dizel Studio“ komediya guruhi aʼzosi.

Viktoriya Bulitko
Tavalludi 25-yanvar 1983-yil (1983-01-25) (41 yosh)
Fuqaroligi Ukraina
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis, musiqachi
Faoliyat yillari 2000–h. v.
Mukofotlari „Kiyevska pektoral“, „Yil odami 2012“ (Ukraina mukofoti)
Dizel Studio

Biografiyasi

tahrir

1983-yil 25-yanvarda Zaporojye shahrida oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan[1].

Taʼlimi

tahrir

23-sonli maktabning fizika-matematika sinfini tamomlagan.

2000-yilda Zaporojye milliy universitetining teatr fakultetiga teatr va kino aktrisasi ixtisosligi boʻyicha oʻqishga kirgan[1][2].

Teatrda

tahrir
  • 20002008-yillar – teatr boʻlimida oʻqishning birinchi yilidanoq - Zaporojye akademik yoshlar teatrida ishlay boshlagan va 10 ta spektaklda rol oʻynagan.
  • 2008-yil – Kiyevga koʻchib oʻtgan va bir qator televizion hamda kino loyihalarida faol ishtirok eta boshlagan[1].
  • 20082016-yillar – Podolsk shahridagi Kiyev akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat olib borgan[3]. 2018-yildan beri mehmon aktrisa sifatida ishlab kelmoqda[4][5].

Yumoristik rollari

tahrir

Universitetni tugatgandan soʻng, Viktoriya va uning hamkasbi Olga Kiyashko „Xalva“ duetini tashkil qilganlar, shahardagi STEM festivallari, Mer bubogi, KVN va boshqa festivallarda qatnashganlar[2]. Duet Yaltadagi „Zolotoy krolik“ festivalida uch marta (2005, 2006, 2007) gʻolib boʻlgan[3][6].

2007-yilda Viktoriya „ICTV“ kanalidagi „Posledniy komik“ shousida ishtirok etgan[7]. 2010-yilda Viktoriya va Olga „Noviy kanal“ dagi „Krasotki“ eskiz shousida ishtirok etishgan[8].

2011-yilda Viktoriya „Devchonki iz Jitomira“ KVN jamoasiga qoʻshiqchi aktrisa sifatida taklif qilingan. Yurmaladagi „Golosyashiy KiViN-2011“ yubiley festivalida jamoa „Bolshim KiViNom v tyomnom“ bilan taqdirlangan[9]. Shu yerda Marina Poplavskaya bilan ilk musiqiy dueti „Zona, Shengen zonasi“ qoʻshigʻini kuylagan. Keyinchalik ular „Dizel Studio“ da birga ishlashda davom etganlar.

Dizel-studio

tahrir

2015-yildan buyon „Dizel Studio“ bilan ishlaydi[2]. Studiyaning: „Dizel-shou“, „Na trox“, „Vijivannya bud-yakoyu sіnoyu“, „Papanki“ va „Dizel-night“ loyihalarida ishtirok etadi.

2019-yilda „Tansi z zirkami“ shousining finalida uchinchi oʻrinni egallagan.

Teatrdagi rollari

tahrir
Podol teatrida (2008—2016-yillar, 2018, 2022-yil)
Spektakl Rol Rejissyor
Vechno jiviye Veronika Bogdanova (bosh rol) Vitaliy Malaxov
Proshlim letom v Chulimske Valentina (bosh rol) Vitaliy Malaxov
La Bonne Anna, ili Kak soxranit semyu[10] Anna (bosh rol) Igor Slavinskiy
Na dne Nastya Vitaliy Malaxov
Vernisaj na Andreevskom[11] Anna Vitaliy Malaxov
Otkuda berutsya deti[12] Janna Vitaliy Malaxov
Shest Chyornix svechey[13] Vendi Vitaliy Malaxov
Opera Mafiozo Oliviya Vitaliy Malaxov
Lyuksemburgskiy sad Shansonnier Igor Slavinskiy
Myortvie dushi Manilova Liza Igor Slavinskiy
Igri Oligarxov reklamachi ayol Vitaliy Malaxov
Predchuvstviye Mini Mazaylo Tanya Almazova Vitaliy Malaxov
Zapiski yunogo vracha qiz Vitaliy Malaxov
Zaporojye yoshlar teatri (2000—2008-yillar)
spektakl rol rejissyor
Loj na dlinnix nogax Olga Chigolella Gennadiy Fortus
Doxodnoye mesto Stesha Vitaliy Denisenko
Xrustalnoye serdse Nitonisyonka Inna Yanovskaya
Mese Amilkar Virdjiniya Gennadiy Fortus
Teremok Mishka Vladimir Golyak
Bezimyannaya zvezda oʻquvchi qiz Vitaliy Denisenko
Tri porosyonka Nif-nif Anatoliy Tixomirov
Priklyucheniya v strane MDD bangi ayol Gennadiy Fortus

Musiqiy faoliyati

tahrir
  • „BULITKA“ guruhining vokalisti, barcha qoʻshiqlar muallifi (matn va musiqa)
  • Turli teleloyihalar uchun koʻplab kompozitsiyalar muallifi (ICTV, STB, K1 va boshqalar)

Mukofot va yutuqlari

tahrir
 
„Kiyevska pektoral—2011“ taqdimotida
  • 2019 – Dmitriy Dikusar bilan „Tansi z zirkami“ finalchisi. 3-oʻrinni egallagan. Loyihada eng yaxshi partnyor sifatida „xalq sevgisi“ unvoniga sazovor boʻlishgan[14].
  • 2013 – „Yil yangi avlodi“ nominatsiyasida Ukrainaning „Yil odami“ mukofoti (2012) laureati.
  • 2012 – „Dobriy Teatr“ festivali. A. Vampilov spektakli asosida sahnalashtirilgan „Minulogo lіta v Chulimsku“ spektaklidagi Valentina roli uchun taqdirlangan[15].
  • 2012 – Teatrdagi ovoz berish yoʻli bilan „Veryu!“ gʻolibasi[16]
  • 2012 – „Kiyevska pektoral“ 20 yillik teatr mukofoti laureati.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Биография“. 2013-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 Гранишевская Е. „Актриса Виктория Булитко: «Если хочешь чего-то добиться, нужно пахать!»“ (ru) (2017-yil 18-avgust). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  3. 3,0 3,1 „Архивированная копия страницы актрисы на сайте Театра на Подоле“. 2015-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Булитко на сайте театра“. 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  5. Каратеева Анастасия. Известная запорожская юмористка предстала в неожиданном театральном образе // газета «Индустриальное Запорожье» : газета. — 2018. — 9 января. Архивировано 22 mart 2018 года.
  6. „В эти дни в Ялте завершается Международный фестиваль юмора “Золотой кролик”“ (ru) (2007-yil 13-avgust). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  7. „Закончились съемки реалити-шоу "Последний комик"“ (ru). Сегодня (2007-yil 13-noyabr). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  8. „На Новом канале покажут скетч-шоу о блондинках, продавщицах и женах олигархов“ (ru). КомментарииУА (2010-yil 21-dekabr). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  9. „Golosyaщiy KiViN 2011“. Mi znaem, kto poymal svoyu golosyaщuyu ptitsu udachi!
  10. Володарский Юрий. Соло для служанки // Еженедельник «2000» : газета. — 2011. — 25 февраля (№ 8(547)). Архивировано 5 mart 2018 года.
  11. „Что увидит зритель в новом театральном сезоне“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
  12. „Маша Ефросинина покажет, откуда берутся дети“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
  13. „Ведьмы на Подоле: шабаш средней руки“. 2010-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-avgust.
  14. „Четыре танца за жизнь: как прошел суперфинал "Танців з зірками"“ (ru). ТСН.ua (2019-yil 25-noyabr). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
  15. „Энергодарский фестиваль «Добрый театр-2012». Победители“. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-avgust.
  16. „Итоги театрального голосования «Верю»“. 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-noyabr.

Havolalar

tahrir