Vil Emmanuilovich Chudnovskiy (1924 — 2016) — sovet psixologi va o‘qituvchisi, psixologiya fanlari doktori, professor, Xalqaro pedagogika akademiyasining haqiqiy aʼzosi sanaladi. 

Vil Emmanuilovich Chudnovskiy
Tavalludi 1924-yil 24-sentyabr
Odessa, Ukraina SSR, SSSR
Vafoti 2016-yil 9-yanvar (91 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR Rossiya Rossiya
Sohasi psixologiya
Taʼlimi V.G.Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika instituti
Ilmiy darajasi Psixologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

U 150 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi hamdir[1].

Biografiyasi tahrir

U 1924-yil 24-sentyabrda Odessa shahrida yahudiylar oilasida tug‘iladi.

Chudnovskiy mehnat faoliyatini Ulug‘ Vatan urushi yillarida, Li-2 harbiy transport samolyotlarini yig‘uvchi sifatida boshlagan. Urushdan so‘ng, 1949-yilda u V. G. Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika institutini (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Vil Chudnovskiy 1949—1963-yillarda pedagoglik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1961—1962-yillarda u RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasi[2] Umumiy va pedagogik psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil oladi va 1963-yilda rahbari N. S. Leytes qo‘lida „Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari va asab tizimi tipining xususiyatlarining oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisida“ mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qiladi.  

U 1949—1963-yillarda Toshkent pedagogika instituti va Psixologiya institutida psixologiya fanidan dars beradi. 1964-yildan Moskva Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutida (keyinchalik — Rossiya taʼlim akademiyasining Umumiy va pedagogik psixologiya instituti) B. M. Teplovning „Individual farqlar muammolari bo‘yicha tadqiqotlar“ laboratoriyasida, so‘ngra L. I. Bojovichning „Shaxsning yosh shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish“ laboratoriyada ishlagan. Vil Chudnovskiy 1980-yilda „Talaba shaxsi axloqiy barqarorligining psixologik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi[3]. Oradan yillar o‘tib, 1996-yildan Moskva Davlat mintaqaviy universitetining psixologiya fakultetida dars beradi[1].  

Taniqli pixolog-pedagog 2016-yil 9-yanvarda Moskvada vafot etadi.  

Xizmatlari tahrir

  • „1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi fidokorona mehnati uchun“,  „Mehnat faxriysi“, shuningdek, ilmiy mukofotlar — K. D. Ushinskiy (psixologiya sohasidagi muhim yutuqlari uchun, 1999-yil) va G. I. Chelpanov (psixologiya fanini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun, 2007-yil) medallari bilan taqdirlangan[1]
  • 2014-yilda „Rossiya Taʼlim Akademiyasi Psixologiya instituti“ Federal Davlat byudjeti ilmiy muassasasi Ilmiy kengashining qarori bilan V. E. Chdnovskiyga Psixologiya institutining Faxriy professori unvoni beriladi[4].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir