Vinisius Silvestre da Kosta (portugalcha: Vinicius Silvestre da Costa) — braziliyalik futbolchi, Palmeiras klubi darvozaboni.

Vinicius Silvestre
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vinicius Silvestre da Costa
Tavallud sanasi 28-mart, 1994-yil (30 yil avval) (1994-03-28)
Tavallud joyi Guarulhos, San-Paulu Braziliya
Boʻyi 194 sm
Ampluasi darvozabon
Vazni 92 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Braziliya bayrogʻi Palmeiras
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007 — 2013 Braziliya bayrogʻi Palmeiras
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 — h.v. Braziliya bayrogʻi Palmeiras (11 (-13))
2018   Braziliya bayrogʻi Ponte-Preta (1 (0))
2019   Braziliya bayrogʻi KRB (12 (-13))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti tahrir

Vinisius Silvestre — Palmeiras maktabining tarbiyalanuvchisi. U 2016-yilning 29-oktabr kuni Braziliya chempionati doirasidagi „Santos“ga qarshi safar uchrashuvida „yashillar“ning asosiy tarkibida debyut qilgan. Darvozabon asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasi 0:1[1] hisobida magʻlub boʻldi. 2021-yil yanvar holatiga koʻra, bu darvozabonning „Palmeiras“ tarkibida oʻynagan yagona oʻyini edi.

2018-yil boshida yaqinda jarohat olgan Vinisius „Ponte-Preta“ga ijaraga berildi[2]. U „makakalar“ safida bor-yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazdi — 2018-yilning 18-mart kuni „Ferroviariya“ (Ararakuara) bilan mehmonda oʻtkazilgan oʻyinda jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[3].

2019-yilda Silvestre B seriyada KRB safida ijara asosida oʻynagan. U 7-avgust kuni „Atletiko Goyaniense“ ga qarshi oʻyinda Maseyo shahri jamoasi safida debyut qildi va KRB 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[4].

2020-yilda u „Palmeyras“ga qaytdi va muntazam ravishda oʻyinlar uchun qaydnomaga kiritilib turardi. Libertadores kubogi-2020 da Vinisius yettita oʻyinda zaxira darvozaboni boʻldi, ammo maydonga tushmadi — turnirdagi barcha oʻyinlarni Veverton oʻtkazdi. Ammo baribir „Palmeiras“ sovrinni qoʻlga kiritdi[5]. 2021-yil fevral oyi boshida Silvestre Palmeirasning 2020-yilgi klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati[6] tarkibiga kiritildi.

2021-yilda u „Palmeiras“ning asosiy jamoasida tez-tez oʻynay boshladi. Fevral oyida u 2020-yilgi Braziliya chempionati qur’asida ikkita oʻyin oʻtkazdi, uning soʻnggi turlari COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirishlar oqibatida 2021-yilda boʻlib oʻtdi. Vinisius 2021-yilgi Libertadores kubogida ham qatnashmagan, ammo ikkita oʻyin qaydnomasiga kiritilgan.

Yutuqlar tahrir

  •   Braziliya chempioni (1): 2016
  •   Braziliya vitse-chempioni (1): 2017 (oʻynamagan)
  •   Braziliya B seriyasi chempioni (1): 2013 (oʻynamagan)
  •   Braziliya Kubogi gʻolibi (1): 2020 (oʻynamagan)
  • Libertadores Kubogi sohibi (1): 2020 (oʻynamagan)

Manbalar tahrir

  1. „Santos vs. Palmeiras - 29 October 2016“ (inglizcha). soccerway.com (29-oktabr 2016-yil). 21-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  2. „Marciel e Vinicius Silvestre são apresentados na Ponte Preta“ (portugalcha). Lance! (18-yanvar 2018-yil). 8-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  3. „Ferroviária vs. Ponte Preta - 18 March 2018“ (inglizcha). soccerway.com (18-mart 2018-yil). Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  4. „Atlético GO vs. CRB - 7 August 2019“ (inglizcha). soccerway.com (7-avgust 2019-yil). 15-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  5. „A obsessão é verde! Palmeiras vence o Santos e conquista o bi da Libertadores“. Globo (30-yanvar 2021-yil). 16-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  6. „Squad list“ (inglizcha). ФИФА (1-fevral 2021-yil). 5-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.