Vladimir Danchev (1948-yil, Toshkent) – 1980-yillarda sovet xorijiy radioeshittirishlarining diktori. U 1983-yilda ingliz tilidagi koʻrsatuvlarida Afgʻonistondagi sovet qoʻshinlarining harakatlarini qoralovchi soʻzlar bilan tanilgan[1]. Danchevning xatti-harakatlari sovet hokimiyati tomonidan bir muddat eʼtiborga olinmadi. SSSR DXO BBC xabar berganidan keyingina Danchevga eʼtibor qaratdi. Shundan soʻng Danchev ishdan boʻshatilgan va Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan[1][2].

Vladimir Danchev
Tavalludi 1948-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi

tahrir

Vladimir 1948-yilda Toshkent shahridagi rus-bolgar oilasida tavallud topgan[1] .

Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Britaniya radiomonitoring xizmati Moskvadan eshittirishlarni Sovet rahbariyatiga qaraganda ancha yaqinroq kuzatgan[3].

Keyingi faoliyati

tahrir

Danchevning gʻayrioddiy eshittirishlari bir necha hafta davom etdi[1] (boshqa manbalarga koʻra, besh kun yoki ikki kun davomida 5 ta eshittirish[4][5]). Inglizlarning tanlovi bor edi: kashfiyotlari haqida xabar berish yoki jim turish. Muhokamalardan soʻng yangilikni efirga uzatishga qaror qilindi. 1983-yil 23-mayda BBC radiostansiyasi noodatiy Moskva diktori haqida xabar berdi. Shundan keyingina SSSR DXQ Danchevga eʼtibor qaratdi: diktor oʻz qilmishidan voz kechishdan bosh tortdi[6], ishdan chetlashtirildi va oʻz ona shahri Toshkentga majburiy psixiatrik davolanishga yuborildi. KPSS safidan ham chiqarildi[7].

Vladimir Danchev 1983-yil dekabr oyida psixiatriya shifoxonasidan chiqdi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, keyinchalik xorijiy radioeshittirishlar tahririyatiga qaytib keldi va u yerda texnik ishlar bilan shugʻullangan[1] (ehtimol musiqa kutubxonasida).

Danchev sharafiga jurnalistlar uchun Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi mukofot taʼsis eiltdi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Ennis, Stephen. „Vladimir Danchev: The broadcaster who defied Moscow“. BBC News Magazine (2014-yil 8-mart). 2017-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-mart.
  2. „Заметка 18, «Вести из СССР», NN 23-24, 31 декабря 1983“. 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  3. Василий Стрельников. „THE BIG PODCAST - THE BIG PODCAST! The Danchev Story.“. bigpodcast.ru (2006-yil 25-may). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.[sayt ishlamaydi]
  4. Upi. „AROUND THE WORLD; Russian Who Slipped Up Is Off the Air“. The New York Times (1983-yil 26-may). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  5. Times, Special to the New York. „Afghan Blunder Is Attributed To Radio Moscow Announcer“. The New York Times (1983-yil 25-may). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  6. „Opinion | A BLOW AGAINST NEWSPEAK (Published 1983)“. The New York Times (1983-yil 6-avgust). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  7. „"Должен же кто-то прервать поток дезинформации"“. rusevik.ru. 2016-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.