Vladimir Nikolayevich fon Dreyer (1876-yil 4-oktyabr, Toshkent, Rossiya imperiyasi – 1967-yil 22-fevral, Monte-Karlo, Monako) – Rossiya armiyasi general-mayori. Birinchi jahon urushi qatnashchisi. Oqlar harakatining aʼzosi.

Vladimir Drayer
Tavalludi 4-oktyabr 1986-yil
Toshkent, Rossiya imperiyasi
Vafoti 22-fevral 1967-yil
Monte-Karlo, Monako
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Xizmatdagi yillari 18941918
Unvoni general-mayor

Hayoti tahrir

Vladimir Nikolayevich 1876-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi artilleriya kapitani boʻlgan va Buxoro amiri huzuridagi diplomatik missiyada xizmat qilgan. Vladimir birinchi sinfni Toshkent erkaklar gimnaziyasida tugatgan, soʻngra 2-Orenburg kadet korpusiga oʻqishga kirgan va uni 1894-yilda tamomlagan. 1894-yil 1-sentyabrda harbiy xizmatni boshlagan.

1896-yil 12-avgustda Pavlovsk harbiy bilim yurtini tugatgandan soʻng, Nikolayevich ofitser lavozimiga koʻtarildi. 8- va 1-Turkiston artilleriya brigadalarida ikkinchi leytenant unvonida xizmat qilishni davom ettirdi. 1899-yil 12-avgustdan leytenant lavozimiga koʻtarildi.

1903-yilda Nikolayev nomidagi Bosh shtab akademiyasini tamomlagan va 1903-yil 23-mayda shtab kapitan unvonini qoʻlga kiritdi.

Nikolayevich harbiy xizmatni 16-oktyabr 1903-yildan 29-noyabr 1904-yilgacha 4-Turkiston jangovar batalyonida rota komandiri sifatida davom ettirdi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugi shtab-kvartirasining ad’yutant yordamchisi lavozimida faoliyat olib bordi[1].

Dreyer 1911-yilda Italiya-turkiya urushida, 1912–1913-yillarda Bolqon urushida muxbir boʻlib ishlagan.

Vladimir 1914-yilda 14-otliq diviziyasining shtab boshligʻi, keyin esa 1-otliqlar korpusi shtab boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 1914-yil noyabrdan 27-piyoda diviziyasining shtab boshligʻi lavozimiga oʻtdi. Vladimir Dreyer 1915-yil 23-noyabrdan 275-Lebedyanskiy piyoda polkiga qoʻmondonlik qildi[2].

Vladimir Nikolayevich Dreyer 1967-yil 22-fevralda Monte-Karloda vafot etdi va Parijdagi Saint-Geneviève des Bois rus qabristoniga dafn qilindi.

Oilasi tahrir

Rafiqasi Klaudiya Vladimirovna. Yevgeniya (1896–1988), Iren (1915-yil 15-dekabr, Moskva – 2019-yil 2-aprel, Parij) 100 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2015-yil 28-noyabrdagi 586-son Farmoniga muvofiq Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi[3]. Georgiy (1918–1943)

Manbalar tahrir

  1. „Контакты с германофильской организацией“. 2011-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.
  2. Каминский В. В. Почему белые проиграли гражданскую войну? // Военно-исторический архив. — 2011. — № 10. — С.120—121.
  3. „Умерла баронесса Ирина фон Дрейер, получившая в 100 лет гражданство России“. 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.