Vladimir Nikolskiy
Vladimir Valentinovich Nikolskiy (1949-yil 22-fevral, Leningrad, SSSR) – sovet futbolchisi, hujumchi. SSSR sport ustasi.
Toʻliq ism | Vladimir Valentinovich Nikolskiy | |||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan vaqti | 22-fevral 1949-yil Sankt-Peterburg, SSSR | |||||||||||||||
Fuqaroligi | SSSR | |||||||||||||||
Pozitsiyasi | Hujumchi | |||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Futbolchilik faoliyati
tahrirLeningrad futboli makatabida tarbiyalanuvchisi. 1960-yildan „Dinamo“ jamoasida professional futbolda faoliyatini boshlagan. 1966—1968-yillarda „Dinamo“ jamoasining asosiy tarkibidan joy olgan. 1968—1972-yillarda Leningradning boshqa bir jamoasi "Zenit" klubi safiga oʻtdi va asosiy jamoa tarkibida 19 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1973—1976-yillarda yana faoliyatini boshlagan klubi „Dinamo“ga qaytdi va SSSR Ikkinchi ligasida 117 oʻyin oʻtkazib, 36 gol muallifiga aylandi. Faoliyatida soʻnggi professional jamoasi „Amudaryo“ Nukus klubiga 1977-yilda oʻtdi va SSSR ikkinchi ligasida uchta gol urgan. „Zenit“ tarkibida oʻynaganidan keyin Odessa jamoasiga ruxsatsiz koʻchib oʻtgani uchun u ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Keyinchalik u Leningradning „Svetlana“, „Skoroxod“, „Lenttransagentstvo“ havaskorlar klublarida oʻynagan.
Lesgaft nomidagi universitetini tamomlagan (1974—1982).
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Vladimir Nikolskiy FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- Lukosyak Yu. P. „Istoriya peterburgskogo futbola. Kto est kto v peterburgskom futbole“. – SPb.: Soyuz xudojnikov, 2011. – 280 s. il., ISBN 978-5-8128-0111-3, s. 155