Vladimir Semyonovich Saranchyov (Saranchov; 1841-yil- 1916-yil) – rus armiyasi general-leytenanti, Turkiston yurishlari (1869—1873) va rus-turk urushi (1877—1878) qatnashchisi.

Vladimir Saranchyov
Asl ismi ruscha: Влади́мир Семёнович Саранчёв
Tavalludi 1841-yil
Vafoti 1916-yildan oldin
Qoʻshin turlari piyoda qoʻshinlar
Xizmatdagi yillari 1859—1887
Qoʻmondonlik qilgan 15-piyoda diviziyasi
120-Serpuxov piyoda qoʻshinlar polki
2-Kavkaz armiyasi korpusi
4-armiya korpusi
Jang/urush Turkiston yurishlari,
Xiva yurishi (1873),
Rus-turk urushi (1877—1878)

Biografiyasi

tahrir

Poltava viloyatining pravoslav diniga eʼtiqod qiluvchi zodagonlar oilasidan kelib chiqqan. 1859-yilda Petrovskiy Poltava kadet korpusini tugatgan va u yerdan Konstantinovskiy kadet korpusiga unter-ofitser sifatida xizmatga yuborilgan[1]. Konstantinovskiy maktabidan 1860-yil 16-iyunda ofitser unvoni bilan Pavlovskiy qutqaruv polkiga joʻnatilgan. 1861-yilda Nikolayev Bosh shtab akademiyasiga oʻqishga kirgan va uni 1864-yilda tamomlagan. 4-piyoda diviziyasi shtab-kvartirasining katta adyutanti etib tayinlangan. Keyin Orenburg harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligida topshiriqlar (keyinchalik maxsus topshiriqlar uchun) boʻyicha shtab ofitseri boʻlib xizmat qilgan. 1868-yil 30-avgustda unga podpolkovnik unvoni berilgan[2] .

1869-yilda Toʻrgʻay va Ural viloyatlarida qozoqlar qoʻzgʻolonini bostirishda qatnashgan. 1870-yilda Mangʻishloq yarim orolida isyon koʻtargan Adayev qoʻzgʻolonchilariga qarshi qaratilgan Guryev otryadini boshqargan[3][4][5]. 1871-yil 1-yanvarda unga polkovnik unvoni berilgan[6]. Oʻsha yili Orol dengizi va Ustyurt yaqinidagi hududlarni oʻrganish uchun yuborilgan Orol otryadiga boshliq etib tayinlanadi.

1873-yilda Xiva yurishida Orenburg otryadiga shtab boshligʻi etib tayinlangan, shu bilan birga piyoda qoʻshin boshligʻi lavozimida ham xizmat qilgan[7]. Shu yilning 28-mayidagi Xivaga hujum paytida Orenburg otryadining boshligʻi general-leytenant N. A. Veryovkin yarador boʻlgach, otryad qoʻmondonligini Saranchyovga[8][7] topshirgan, u o'sha yilning oxirigacha Veryovkin harakatlarini davom ettirgan. Xuddi shu yili 15-piyoda diviziyasi[6] shtab boshligʻi etib tayinlangan. 1874-yil 6-yanvarda Xiva yurishidagi xizmatlari uchun unga „Jasorati uchun“ yozuvi tushirilgan tilla qilich berilgan.

1877—1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushida Bolqon operatsiyasida qatnashgan, operatsiya davomida 1877-yil 31-oktyabr buyrugʻi bilan 120-Serpuxov piyoda polkining komandiri etib tayinlangan. Harbiy xizmatlari uchun 1879-yil 27-iyunda general-mayor unvoni berilgan[9]. Xuddi shu yili armiyaning piyoda askarlari zahirasiga, shuningdek, 120-Serpuxov piyoda polkining roʻyxatiga kiritilgan[9]. Keyinchalik Odessa harbiy okrugi qoʻmondoni ixtiyorida boʻlgan. Soʻngra 2-Kavkaz armiyasi korpusi shtab boshligʻi, keyin esa 4-armiya korpusi shtab boshligʻi[10] etib tayinlangan.

1887-yil 24-yanvarda u Bosh shtab zahirasiga kiritilgan va general-leytenant unvoniga sazovor boʻlgan[11][12]. Kiyevning Tryoxsvyatitelskaya koʻchasidagi 3-uyda yashagan.

Mukofotlari

tahrir
Mahalliy:
  • 3-darajali Avliyo Anna ordeni (1867)
  • 2-darajali Avliyo Stanislav ordeni (1870)
  • 4-darajali Avliyo Vladimir ordeni (1872)
  • 3-darajali Avliyo Vladimir ordeni (1873)
  • „Jasorati uchun“ oltin shashkasi (1874)
  • 1-darajali Avliyo Stanislav ordeni (1880)
  • 1-darajali Avliyo Anna ordeni, (1884)
Xorijiy:
  • 2-darajali Arslon va Quyosh ordeni, (Fors, 1874)

Manbalar

tahrir
  1. Павловский 1890.
  2. Список подполковникам 1870.
  3. Середа 1892.
  4. Турсунова 1977.
  5. Дубовиков 2017.
  6. 6,0 6,1 Список полковникам 1877.
  7. 7,0 7,1 Терентьев 2010.
  8. Военный сборник 1873.
  9. 9,0 9,1 Глиноецкий 1882.
  10. Список генералам 1887.
  11. Список, состоящим в запасе 1899.
  12. Список Генштаба 1899.

Adabiyotlar

tahrir