Vladimir Shtern
Vladimir Aronovich Shtern (1942-yil 21-oktyabr, Toshkent, OʻzSSR — 26-yanvar 2024-yil) – sovet futbolchisi, himoyachi, murabbiy. SSSR sport ustasi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 21-oktyabr 1942-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, OʻzSSR | ||
Vafot sanasi |
26-yanvar 2024-yil (81 yoshda) | ||
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.72 | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1962—1964 | Politodel | ||
1964—1973 | Paxtakor | 242 | (1) |
1973 | Andijanets | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirMillati Yahudiy, Toshkentda tugʻilgan, bir muddat Kirovogradda yashagan, Yakov Shklovskiydan dars olgan. "Paxtakor" maktabida Sergey Arutyunov qoʻl ostida shugʻullangan, 1960-yilda oʻrinbosarlar bahslarida oʻynagan. 1962-1964-yillarda Toshkent viloyatining „Paxtakor/Politodel“ jamoasida oʻynagan. 1964-1973-yillarda u „Paxtakor“ safida toʻp surgan, 242 ta oʻyin oʻtkazgan (201 tasi Oliy-ligada), bitta gol urgan – 1967-yil 21-sentyabrda „Zenit“ga qarshi mehmonda (2:2) jarima maydinchasi tashqarisadan zarba berib gol urgan. 1973-yilda u „Andijanets“ ikkinchi liga klubi tarkibida boʻlgan va shundan soʻng faoliyatini yakunlagan.
Yigirma yildan ortiq vaqt davomida „Paxtakor“ futbol maktabini boshqargan, keyin Oʻzbekiston chempionati oʻyinlari komissari boʻlgan.
1967/68-yilgi SSSR kubogi finalchisi.
Vladimir Shtern 2024-yilning 26-yanvar kuni vafot etdi[1][2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbek futboli afsonalaridan biri Vladimir Shtern 81 yoshida vafot etdi“ (oz). UzReport.news. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ Выдающийся футболист «Пахтакора» Владимир Штерн скончался на 82 году жизни
- ↑ „Ўзбек футболининг таниқли вакили вафот этди“ (2024-yil 26-yanvar).
Havolalar
tahrir- Vladimir Shtern FootballFacts.ru saytida (ruscha)