Vladimir Smirnov (qilichboz)
Vladimir Viktorovich Smirnov (ruscha: Влади́мир Ви́кторович Смирно́в, ukraincha: Володимир Вікторович Смирнов; 20-may 1954-yil — 29-iyul 1982-yil) — SSSR sharafini himoya qilgan qilichboz. Qilichbozlikning shpaga va rapira yoʻnalishlarida musobaqalarda qatnashgan. 1980-yilda erkaklar oʻrtasida olimpiya chempioni va 1981-yilda jahon chempioni boʻlgan. U 1982-yil Rimda boʻlib oʻtgan qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatida oʻldirilgan.
Vladimir Smirnov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
20-may 1954-yil Rubijne, USSR, SSSR |
Vafot sanasi |
29-iyul 1982-yil (28 yoshda)[1] Rim, Italiya |
Boʻyi | 185 sm |
Vazni | 78 kg |
Sport | |
Mamlakat | SSSR |
Qaysi sport | Qilichbozlik |
Bolaligi
tahrirSmirnov Ukrainaning Rubijne shahrida tugʻilgan.[2]
Faoliyati
tahrirSmirnov 1979-yilda Ciudad de México shahrida oʻtkazilgan yozgi universiadada jamoaviy bahslarda oltin medal va yakkalik bahslarda kumush medal qoʻlga kiritgan[3]. 1981-yilgi Buxarestda boʻlib oʻtgan yozgi universiadada individual bahslarda oltin medal va jamoaviy bahslarda kumush medal qoʻlga kiritgan[3].
1977-yil Buenos Ayresda oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatida terma jamoa safida bronza medalni, 1978-yilda Gamburgda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan[3]. 1979-yilda Melburnda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Vladimir Smirnov jamoaviy bahslarda oltin medalni, 1981-yilda Clermont-Ferrandda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yakkalik va jamoaviy bahslarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1982-yilda Rimda oʻtkazilgan Jahon chempionatida jamoviy bahslarida oltin medalga sazovor boʻlgan[3].
Smirnov 1980-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan rapira yoʻnalishidagi individual bahslarda oltin, rapira yoʻnalishi jamoaviy bahslarda kumush medal va shpaga boʻyicha jamoaviy bahslarda bronza medalni qoʻlga kiritgan[4][2].
Oʻlimi
tahrir1982-yil Italiyaning Rim shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 28 yoshli Smirnov dunyoning birinchi raqamli saralangan qilichbozi sifatida ishtrok etgan. 19-iyul kuni turnirning chorak finalida dunyoning ikkinchi raqamli saralangan sportchisi Gʻarbiy Germaniyalik 27 yoshli Mattias Behrga qarshi jang olib borgan[5][6]. Ikkala sportchi bir vaqtning oʻzida bir-biriga qarshi hujum boshlashgan. Behrning qilichi harakat paytida buzilgan va buzilgan boʻlak Smirnovning himoya shlemi meshidan chap koʻzi orbitasi va miyaning oldingi lobiga kirib ketadi[7][8][9].
Agostino Gemelli universiteti poliklinik vakili „Smirnovning yuragi hali ham ishlamoqda, ammo boshqa tana funksiyalari sunʼiy vositalar bilan saqlanib qolinmoqda“ – degan[8]. Davlat televideniyasining aytishicha, Smirnovda klinik oʻlim holati qayd etilgan[8]. Kasalxonadan keyinchalik yuborilgan xabarga koʻra, Vladimir chuqur koma holatida edi. Muolajalarga Smirnov tomonidan hech qanday reaksiya boʻlmagan, miyasida hech qanday refleks kuzatilmagan[8].
Smirnov toʻqqiz kun oʻtib vafot etgan. Ukrainaning Kiyev shahrida dafn etilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Soviet Fencer Dies of Injuries“. The New York Times (1982-yil 29-iyul).
- ↑ 2,0 2,1 „Vladimir Viktorovich Smirnov Olympic Results“. sports-reference.com. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Vladimir Smirnov“. Olympedia.
- ↑ „Olympics Statistics: Vladimir Viktorovich Smirnov“. databaseolympics.com. 2011-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 Dittrich, Michael (2017). "A tragic story and a wonderful reconciliation". Journal of Olympic History (International Society of Olympic Historians) 25 (3): 41. ISSN 1085-5165. https://isoh.org/wp-content/uploads/2019/02/342.pdf. Qaraldi: 13 November 2023.Vladimir Smirnov (qilichboz)]]
- ↑ Cohen, Richard. By the Sword; A History of Gladiators, Musketeers, Samurai, Swashbucklers, and Olympic Champions. Random House Publishing, 2007 — 296-97-bet. ISBN 9780307430748.
- ↑ „Sports People; Fencer Hurt in Match“. The New York Times (1982-yil 20-iyul).
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 „Smirnov, champion fencer, on life support“. UPI (1982-yil 21-iyul). Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
- ↑ Evangelista, Nick. The Encyclopedia of the Sword. Bloomsbury Academic, 1995 — 163-64-bet. ISBN 9780313278969.