Volga manyagi (Radik Tagirov)— tataristonlik jinoyatchi. Tataristonda 30 nafardan ortiq keksa ayollarni oʻldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Radik Tagirov
Tavalludi may 1982
Fuqaroligi Tatariston
Kasbi Chilangar[1][2]

Qotilliklari

tahrir

Tataristonda 30 nafardan ortiq keksa ayollarni oʻldirganlikda ayblangan Radik Tagirov 10 yillik qidiruvdan soʻng umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan[3].

2011-yilning bahor, yoz fasllarida Qozon boʻylab 70-90 yosh oraligʻidagi yolgʻiz yashaydigan keksa ayollar orasida bir nechta qotilliklar sodir boʻlgan. Ayollar nomaʼlum shaxs tomonidan boʻgʻib oʻldirilgan. Shuningdek, pullari ham oʻgʻirlangan. Jinoyatlarning barchasi eski Xrushchyov binolarida sodir etilgan[3].

Moʻjiza tufayli tirik qolgan jabrlanuvchi bergan maʼlumotlarga tayangan holda jinoiy-qidiruv guruh tuzilgan. Avval ham mana shu turdagi jinoiy ishlarni sodir etganlikda ayblangan va qamoq jazosini oʻtayotgan barcha oʻrta boʻyli va oʻrta yoshli erkaklar nazoratchilar tomonidan tekshirilgan boʻlsa-da, hech qanday ijobiy natijaga erishilmagan. Jinoyatchi xonadonlarga turli xil qiyofalarda tashrif buyurgan: gaz xizmati xodimi yoki uy-joy kommunal xizmatchisi[3][1][2].

2012-yilning oktyabr oyida qotilliklar toʼxtasa-da, tergov hamon davom etib, mahbuslardan DNK olingan. Qotilni ijtimoiy ishchi yoki yolgʻiz nafaqaxoʻrlar roʻyxatiga kirgan shaxs deya taxmin qilishgan[3].

2017-yilning mart oyida Samarada jinoiy ish sodir etilgan. Uch nafar nafaqadagi kishilar birin-ketin oʻldirilgan. Qozogʻistonlik Pavel Shayaxmetov ismli shaxs qoʻlga olingan. U dastlab jinoyatlarni tan olgan, biroq sud jarayonida qandaydir moddalar taʼsirida koʻrsatma berganini aytgan va jinoyatni sodir etganligini inkor etgan. Tergov ishlari uning oʻz joniga qasd qilishi nihoyasiga yetgan[3].

Qamalishi

tahrir

Qozonlik bir ayol politsiyaga 35 yoshda boʻlgan oʻgʻli Radik Tagirov gʻoyib boʻlgani haqida maʼlum qilgan. Qidiruv ishlari boshlanib, dastlab ayol DNK testini topshiradi. Test natijalariga koʻra, genotip „Volga manyagi“ bilan qondosh boʻlib chiqadi. Jinoyatchi Tagirov 2020-yil dekabr oyida Tataristondagi bir qishloqdan topiladi. U qoʻlga olingunga qadar ham jinoyat sodir etgan. Jumladan, 2000-yil u ikki marta qurol saqlash va oʻgʻrilik qilganligi uchun sudlangan. Dastlabki tergov jarayonlarida aybiga iqror boʻlib, bunday ishlarni sodir etishga majbur qilgan narsa oʻzining ogʻir moliyaviy ahvoli bilan bogʻliq ekanligini aytgan[3].

Radik Tagirovga nisbatan ochilgan jinoiy ish 2022-yil oxirida Tatariston Oliy sudiga topshirilgan. Shu vaqtgacha Tagirov tomonidan 30 dan ortiq qotillik va boshqa bir qator jinoyatlarni sodir etilgani maʼlum boʻlgan. Ufa, Ivanovo va Permda yuz bergan jinoiy ishlarni u qilmaganini taʼkidlagan[3].

2011–2012-yillar oraligʻida „Volga manyagi“ laqabini olgan jinoyatchi Rossiyaning turli shaharlarida jami 31 nafar keksa ayolni oʻldirganligi sababli, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 2020-yilda hibsga olingan va barcha jinoyatlariga iqror boʻlgan[1][2].

Manbalar

tahrir