Volkan Şen (1987-yil 7-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, qanot himoyachisi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi. U asosan uzoqdan zarbalari, driblingi va tezligi bilan tanilgan.

Volkan Şen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Volkan Şen
Tavallud sanasi 7-iyul 1987-yil (1987-07-07) (36 yosh)
Tavallud joyi Bursa, Turkiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2002 Bursa Merinosspor
2002—2004 TSE Arabayatağıspor
2004—2005 Bursaspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2011 Bursaspor 99 (11)
2005—2007 → Bursa Merinosspor (Ijara) 16 (2)
2011—2014 Trabzonspor 47 (6)
2014—2015 Bursaspor 30 (12)
2015—2017 Fenerbahçe 49 (9)
2017—2018 Trabzonspor 3 (0)
2018—2019 Konyaspor 10 (1)
2019—2021 Adana Demirspor 42 (10)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Turkiya U21 4 (0)
2010- Turkiya 26 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-may 2018-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

U Bursada tugʻilgan va 2000-02-yillarda Bursa Merinossporda futbol oʻynagan. U professional faoliyatini „Bursaspor“da 2005-yilda 18 yoshida boshlagan va 2005-07-yillarda „Bursa Merinosspor“ga yana ijaraga berilgan. Birinchi mavsumida u ligada (25 oʻyinda 3 ta gol urgan) va kubok musobaqalarida (4 oʻyin oʻtkazgan) oʻzini koʻrsatgan.

2011-yilning avgust oyida Volkan „Trabzonspor“ bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Ammo 2013-yilning avgustida Volkan „Trabzonspor“ tarafdorlarining haqoratlaridan yigʻlab yuborgan va oxir-oqibat maydonni tark etgan. Muxlislar uning yaqinda vafot etgan onasini haqorat qilishgan[1].

2014-yilda u Bursasporga qaytgan[2] va 2015-yilda Fenerbahche bilan shartnoma imzolagan. 2016-yil 17-mart kuni UEFA Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi „Braga“ga qarshi oʻyinda hakam Ivan Bebekni itarib yuborgani uchun UEFA musobaqalaridan besh oyga chetlatilgan[3].

2017-18-yilgi mavsum oldidan Şen va Fenerbahche oʻrtasidagi shartnoma bekor qilingan[4]. 2017-yil yozgi transfer davri oxiriga kelib, u sobiq jamoasi Trabzonspor bilan shartnoma imzolagan[5]. Yarim mavsumdan keyin Şen Trabzonni tark etgan va Konyasporga koʻchib oʻtgan[6].

Şen 2018-19-yilgi mavsumda erkin agent boʻlganidan soʻng, 2019-yilning yozida TFF Birinchi liga klubi Adana Demirspor bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[7]. U 2021-yilning iyunida klubni tark etgan[8].

Xalqaro faoliyati tahrir

U 2010-yilning 3-martida Gondurasga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, Turkiya terma jamoasi safida 22 yoshida debyut qilgan[9]. Yevro-2016 uchun Turkiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan[10]. 2016-yilning 11-noyabrida Şen Turkiya terma jamoasi safidagi ilk golini 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Kosovoga qarshi oʻyinda kiritgan. Oʻsha oʻyinda Turkiya 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[11].

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 11.11.2016 Yangi Antaliya stadioni, Antaliya, Turkiya 24   Kosovo 2 — 0 2-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 11.06.2017 Loro Borichi stadioni, Shkoder, Albaniya 26   Kosovo 1 — 0 4-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar tahrir

Bursaspor

Manbalar tahrir

  1. „Volkan Şen ağlayarak gitmişti, omuzlarda döndü“ (turkcha). Hürriyet (9-sentabr 2017-yil).
  2. „Volkan Şen resmen Bursaspor'da!“ (turkcha). Bursada Bugün (20-yanvar 2014-yil).
  3. „UEFA bans Fenerbahce player for pushing referee“. USA TODAY (25-may 2016-yil).
  4. „Fenerbahçe ile Volkan Şen'in yolları ayrıldı“ (turkcha). NTVSpor.net (7-iyul 2017-yil).
  5. „Volkan Şen ağlayarak gitmişti, omuzlarda döndü“ (turkcha). Hürriyet (9-sentabr 2017-yil).
  6. „Volkan Şen 1. Lig'e düştü“ (turkcha). Hürriyet (11-avgust 2018-yil).
  7. „Volkan Şen resmen Adana Demirspor'da“ (turkcha). Sabah (1-avgust 2019-yil).
  8. „Volkan Şenden Adana Demirspora veda!“ (turkcha). Fanatik (21-iyun 2021-yil).
  9. „Türkiye 2–0 Honduras“. tff.org (3-mart 2010-yil). Qaraldi: 25-aprel 2011-yil.
  10. „UEFA EURO 2016“. UEFA. Qaraldi: 12-iyun 2016-yil.
  11. „Turkey 2–0 Kosovo“. BBC Sports (11-noyabr 2016-yil). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2016-yil.