Vorm konkordati (lotincha: Pax Wormatiensis cum Calixto II, shuningdek, Pactum Calixtinum nomi bilan ham mashhur) Papa Kalixtus II va Muqaddas Rim imperatori Genrix V o'rtasidagi murosa kelishivu. U investitura uchun kurashga barham bergan. 1122-yil 23-sentabrda Vormsda tuzilgan. Birinchi Lateran soborida ratifikatsiya qilingan (1123).[1]

Worms konkordatiga ko'ra, har ikki tomon bir-biriga haqiqiy tinchlik taqdim etgan. Xususan, qirol mojaro paytida tortib olingan mulklarni papa va mahalliy cherkovlarga qaytarish majburiyatini olgan. Shartnoma, shuningdek, cherkov ierarxlari - rahbariyatini tayinlashda munozarali bo'lib turgan masalalarni ham hal qilgan. U bir vaqtning o'zida ham cherkov ham feodal ierarxiyasi tarkibiga kiruvchi yepiskoplar pozitsiyasining ikki tomonlamaligini tan olgan. Imperator prelatlarga ma'naviy unvon ramzlarii sanalmish uzuk va tayoq berish huquqidan voz kechdi. U papa yoki uning legatlari tomonidan beriladigan bo'ldi. Imperator yepiskoplarga yer maydonlari va dunyoviy hokimiyat berish huquqini saqlab qoldi va skipetr, ya]ni saltanat hassasini bera olardi. Rim papasi ham o'z navbatida uchta katta yonberishga majbur bo'ldi. U nemislar hududidagi yepiskoplar imperator qarshisida tobelik - vassallik vazifalarni bajarishi kerakligini tan oldi. Bu yerda yepiskoplarni saylash paytida imperatorning ishtirok etishiga rozilik berdi. Qolaversa, imperator bahsli holatlarda o'z fikrini bildirish huquqiga ega bo'ldi. Imperator, o'z navbatida, saylovlar simoniya va majburlashsiz o'tkazilishiga va'da berdi. Imperator Italiya va Burgundiyada saylovda qatnashish huquqidan mahrum bo'ldi va olti oydan keyin investituraniyam topshirdi. Umuman olganda, konkordat imperatordan ko'ra papaga ko'proq foydaliroq edi.

Manbalar

tahrir
  1. Вормский конкордат // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.

Adabiyotlar

tahrir
  • Andoza:ВТ-ЭСБЕ
  • Александр Хлевов.. Краткая история Средних веков. СПб.: Амфора, 2008 — 190—191-bet. ISBN 978-5-367-00783-1. 
  • Ульф Дирльмайер и др.. Краткая история Германии. СПб.: Евразия, 2008. ISBN 978-5-8071-0316-1. 

Havolalar

tahrir
  • The Pactum Callixtinum: an innovation in Papal diplomacy(ingl.) : journal.
    Этот шаблон использует устаревший параметр «название». Пожалуйста, отредактируйте эту статью, заменив «название» на «заглавие».
  • «The Concordat of Worms», In Our Time, BBC Radio 4(Inglizcha)