Wálter Veizaga
Wálter Veizaga Argote (talaffuzi: Valter Veisaga Algorte; 1988-yil 24-iyulda tugʻilgan Boliviyaning Kochabamba shahrida tugʻilgan) — boliviyalik futbolchi, „The Strongest“ futbol klubi va Boliviya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wálter Veizaga Argote | ||
Tavallud sanasi | 24-iyul 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Cochabamba, Boliviya | ||
Boʻyi | 1.79 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010 | Wilstermann | 42 | (2) |
2011—2012 | Oriente Petrolero | 22 | (0) |
2012—2020 | The Strongest | 268 | (13) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010—2018 | Boliviya | 21 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (3-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (3-yanvar uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirWálter Veizaganing birinchi professional futbol klubi „Jorge Wilstermann“ boʻlib, u jamoa safida 2008-yilgi mavsumda Boliviya chempionatida debyut qilgan. 2010-yil 3-iyunda „San José Oruro“ futbol klubiga qarshi bahsda Wálter Veizaga milliy chempionatda jamoa safidagi birinchi golini urdi[1]. 2010-yilgi mavsumda Wálter Veizaga Boliviya chempioni boʻlgan.
2012-yilda Wálter Veizaga „The Strongest“ futbol klubiga oʻtdi. 29-iyul kuni „Universitario“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „The Strongest“ jamoasi safida debyut qildi[2]. 26-avgust kuni „Aurora“ futbol jamoasiga qarshi kechgan bahsda Wálter Veizaga „Jorge Wilstermann“ jamoasi safidagi ilk golini urdi[3]. U „The Strongest“ futbol jamoasi safida ketma-ket ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2017-yilda Libertadores kubogi doirasida Peruning „Sporting Cristal“ va Chilining „Unión Española“ klublariga qarshi oʻyinlarda Wálter Veizaga bittadan gol urdi[4][5].
Xalqaro faoliyati
tahrir2010-yil 25-fevralda Wálter Veizaga Boliviya terma jamoasi safida Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[6].
2015-yilda Wálter Veizaga Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan edi. Turnirda u Chiliga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[7].
2016-yilda milliy terma jamoa tarkibida Wálter Veizaga AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Chili terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[8].
Statistika
tahrirJamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
Jorge Wilstermann | Boliviya | 2010 |
Oriente Petrolero | Boliviya | 2011—2012 |
The Strongest | Boliviya | 2012—2020 |
Real Tomayapo | Boliviya | 2021—hozirgacha |
Manbalar
tahrir- ↑ „Хорхе Вильстерманн VS. Сан-Хосе Оруро 3:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 3-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
- ↑ „Университарио VS. Стронгест 1:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 29-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
- ↑ „Аурора VS. Стронгест 0:2“ (ru). soccerway.com (2012-yil 26-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
- ↑ „Стронгест VS. Унион Эспаньола 5:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-fevral). 2017-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-may.
- ↑ „Стронгест VS. Спортинг Кристал 5:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-may). 2017-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-may.
- ↑ „Мексика VS. Боливия 5:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 25-fevral). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
- ↑ „Чили VS. Боливия 5:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 20-iyun). 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.
- ↑ „Чили VS. Боливия 2:1“ (ru). soccerway.com (2016-yil 11-iyun). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.