Waldschlösschen koʻprigi (nemischa: Waldschlößchenbrücke or Waldschlösschenbrücke ) Drezdendagi Elba daryosi orqali oʻtadigan avtomobil koʻprigi. Koʻprik shahar ichidagi tirbandlikni bartaraf etish uchun moʻljallangan edi. Uning qurilishi juda koʻp munozaralarga sabab boʻldi, chunki Drezden Elba vodiysi UNESKOning Butunjahon merosi obyekti deb eʼlon qilingan. UNESKO koʻprik qurilishiga qarshi boʻlgan, agar koʻprik quriladigan boʻlsa, vodiyning Jahon merosi unvoni olib tashlanishi mumkinligini aytib oʻtgan[1]. Ushbu loyiha natijasida Drezden Elba vodiysi 2006-yilda „Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi Jahon merosi obyekti“ roʻyxatiga kiritilgan (Yevropadagi ikkita shunday obyektdan biri, ularning ikkinchisi: Kosovodagi Oʻrta asr yodgorliklari) va 2009-yilda Butunjahon merosi roʻyxatidan chiqarilgan ikkinchi obyekt hisoblanadi[2].

Waldschlösschen koʻprigi
Waldschlößchenbrücke
Waldschlösschen koʻprigi is located in Germany
Waldschlösschen koʻprigi
Script error: The function "label" does not exist. joylashuvi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tugallangan
Turi koʻprik
Joylashuvi Drezden
Koordinatalar 51°03′50″N 13°46′36″E / 51.0639°N 13.7768°E / 51.0639; 13.7768
Qurilishi boshlangan 2007
Qurilishi tugagan 2012
Narxi €180m
Balandligi
Balandligi 635 metr (2,083 ft)
Texnik holati
Material poʻlat va beton
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Kolb Ripke
Arxitektor firma EiSat, PERI
Waldschlösschen koʻprigi

Tarixi

tahrir
 
Koʻprikning tungi koʻrinishi
 
Koʻprik loyihasi boshqa Drezden koʻpriklariga nisbatan solishtirilganda

Ushbu joyda koʻprik qurish rejalari bir asrdan beri shakllantirilayotganligi sababli, 1996-yilda qayta koʻrib chiqilgan yoʻl harakati modeliga muvofiq, Drezden shahar kengashi loyihaga rozi boʻladi. Rejalashtirish uchun ruxsat olish jarayoniga deyarli sakkiz yillik tayyorgarlikdan soʻng, 2005-yilda koʻprikni qurish boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkaziladi. Natijada koʻpchilik koʻprik qurilishiga ovoz beradi. 2006-yil aprel oyida shahar kengashi UNESCO shikoyatidan keyin qurilish ishlarini toʻxtatishga majbur boʻladi[3]. Saksoniya Erkin Davlati bu xususda sudga shikoyat arizasini yoʻllaydi va 2007-yil mart oyida sud majlisida Sächsisches Oberverwaltungsgericht (davlat maʼmuriy oliy sudi) rejalashtirilgan koʻprik qurish qarorini tasdiqlaydi[4]. Bu qarorni Germaniya Bundestagining vitse-prezidenti Wolfgang Thierse „Germaniya uchun qaygʻuli qaror“ deb taʼriflagan[5].

2007-yil avgust oyida maʼmuriy sud yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan taqaburun koʻrshapalaklarini himoya qilish uchun choralar koʻrish zarurligi toʻgʻrisida qaror chiqargani sababli qurilish ishlari toʻxtab qoladi, chunki bu turning Germaniyada atigi 650 ga yaqin vakillari qolgan, baʼzilari esa koʻprik qurilishi kutilayotgan joy yaqinida yashar edi. Germaniya sudlari 2007-yilning noyabrida qurilishni qayta tiklash mumkinligi haqida qaror qabul qilgan[6].

2009-yil 25-iyunda UNESCOning Butunjahon merosi qoʻmitasi Waldschlösschenbryucke qurilishi tufayli Drezden Elba vodiysidan Butunjahon merosi obyekti maqomini olib tashlashga qaror qiladi. Bu Yevropadagi Butunjahon merosi roʻyxatidan chiqarilgan obyektlarning birinchisi, dunyo miqyosida esa ikkinchisi edi[2][7].

Koʻprik qurish loyihasi ESKR tomonidan ishlab chiqilgan. 1997-yilda tanlovda gʻolib boʻlgan Eisenloffel va Sattler (muhandislar), Kolb va Ripke (arxitektorlar) aynan ESKR soʻzining kelib chiqishi sabachilaridir[8]. Obyekt PERI Gmbh tashkiloti tomonidan qurilgan[9].

Koʻprik 2013-yil 24-avgustda rasman ochilgan va 2013-yil 26-avgust kuni ertalabdan boshlab transport harakati yoʻlga qoʻyilgan.

 
Qurilish joyi 2003-yil

Manbalar

tahrir
  1. „World Heritage Committee threatens to remove Dresden Elbe Valley (Germany) from World Heritage List“. UNESCO (2006-yil 11-iyul).
  2. 2,0 2,1 „Dresden is deleted from UNESCO’s World Heritage List“. UNESCO (2009-yil 25-iyun). Qaraldi: 2010-yil 28-yanvar.
  3. Beyer. „A Bridge Too Far for UNESCO: World Heritage Dresden Gets Yellow Card“. Der Spiegel International (2007-yil 7-fevral).
  4. „Waldschlößchenbrücke muss gebaut werden“ (de). Mitteldeutscher Rundfunk (2007-yil 13-mart). 2007-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-mart.
  5. „Schlimmer Tag für Deutschland“ (de). Der Spiegel (2007-yil 13-mart).
  6. „Proposed bridge in Dresden fuels protests over modernization“. International Herald Tribune (2008-yil 4-yanvar).
  7. „Unesco-Entscheidung: Dresdner Elbtal verliert Weltkulturerbe-Status“ (de). Der Spiegel (2009-yil 25-iyun).
  8. „design team ESKR“ (de). Henry Ripke Architekten (2006-yil 4-mart). 2009-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  9. peri.com projects, waldschloesschenbruecke (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan), accessed 29 October 2015

Havolalar

tahrir