Wang Wanpeng (talaffuzi: Van Vanpen) (1982-yil 9-iyun, Dalyan shahrida tugʻilgan, Liaoning) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning 2-ligasida „Yinchuan Helanshan“ jamoasida oʻynaydi.

Wang Wanpeng
王万鹏
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-iyun 1982-yil (1982-06-09) (41 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Yinchuan Helanshan
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—1995 Dalian Yihai
1995—1996 Dalian Hengfeng
1996—1997 Shanghai Hengsheng
1997—2000 Changchun Yatai
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2014 Changchun Yatai 213 (6)
2015—2018 Dalian Yifang 89 (6)
2018Dalian Transcendence (Ijara) 17 (0)
2019- Yinchuan Helanshan 24 (3)
Milliy terma jamoa
2008 Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-oktabr 2019-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-noyabr 2013-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Dalian va Shanxaydagi turli yoshlar jamoalarida oʻynaganidan soʻng, Wang Changchunga koʻchib oʻtgan va u yerda faoliyatini boshlash uchun Changchun Yataiga qoʻshilgan. 2001-yilda oʻzining professional futbolchilik faoliyatini boshlagan va 2003-yilgi liga mavsumida ikkinchi darajali liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. Afsuski, oʻsha yili jamoa yuqori divizionga koʻtarilmagan. Changchun Yatai 2005-yilgi mavsumda Xitoy Superligasiga chiqgan. Unga 2004-yilning boshida yurak xastaligi tashxisi qoʻyilgan va 26-may kuni jarrohlik amaliyoti qoʻllanilgan[1]. U 2007-yilda Xitoy Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan jamoaning tarkibiga kiritilgan[2]. 2008-yil 19-martda Wang 2008-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinida tizzasining oldingi xoch bogʻlamini uzib olgan, bu oʻyinda Changchun „Adelaida United“ bilan durang oʻynagan. U 2010-yilgi mavsumda maydonga qaytgan va 28 oʻyinda maydonga tushgan. Changchun Yatai ligada ikkinchi oʻrinni egallagan va 2010-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasiga yoʻllanma olgan. 2010-yilda jamoa murabbiyi Shen Xiangfu yosh futbolchilarga imkoniyat berishga qaror qilganida, Wang zaxira futbolchisiga aylangan[3]. U 2011-yilgi mavsumda 27 oʻyinda 3 ta gol urib, oʻz oʻrnini qayta tiklagan. 2011-yil 15-oktabrda u Beijing Guoanga qarshi liga oʻyinida muxlislarga qilgan nojoʻya harakati uchun 6 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan va unga 30 000 yeng miqdorida jarima solingan[4]. 2015-yilning 31-yanvarida Wang Xitoyning birinchi ligasi vakili Dalian Aerbinga oʻtgan[5]. 2018-yil 14-iyun kuni Dalian Wangni mavsumning qolgan qismi uchun Dalian Transcendencega ijaraga berilganini eʼlon qilgan[6].

2019-yilning 31-yanvarida Wang ikkinchi liga vakili „Yinchuan Helanshan“ga oʻtgan[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

2008-yil 10-yanvarda Wang Wanpeng Xitoy terma jamoasi safida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va oʻzining debyutini oʻtkazgan[8].

Faoliyat statistikasi tahrir

Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Xitoy Liga FA Kubogi CSL Kubogi Osiyo Jami
2001 Changchun Yatai Jia B Ligasi 7 0 3 0 - - 10 0
2002 19 1 1 0 - - 20 1
2003 23 0 - - 23 0
2004 Xitoy Birinchi Ligasi 5 0 1 1 - - 6 1
2005 2 0 0 0 - - 2 0
2006 Xitoy Super Ligasi 4 1 0 0 - - 4 1
2007 26 1 - - - 26 1
2008 0 0 - - 2 0 2 0
2009 28 0 - - - 28 0
2010 12 0 - - 4 0 16 0
2011 27 3 2 0 - - 29 3
2012 15 0 2 0 - - 17 0
2013 17 0 2 0 - - 19 0
2014 28 1 0 0 - - 28 1
2015 Dalian Yifang Xitoy Birinchi Ligasi 30 1 0 0 - - 30 1
2016 26 1 0 0 - - 26 1
2017 30 3 0 0 - - 30 3
2018 Xitoy Super Ligasi 3 0 2 0 - - 5 0
2018 Dalian Transcendence Xitoy Birinchi Ligasi 17 0 0 0 - - 17 0
2019 Yinchuan Helanshan Xitoy Ikkinchi Ligasi 24 3 1 0 - - 25 3
Jami Xitoy 343 15 14 1 0 0 6 0 363 16

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

  • Xitoy Superligasi : 2007-yil
  • Xitoy Jia B ligasi: 2003-yil

Dalian Yifang

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2017[9]

Manbalar tahrir

  1. 聚焦亚泰球员王万鹏:患先天心脏病 女友大学生
  2. „Wáng, Wànpéng“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 5-sentabr 2012-yil.
  3. 亚泰实施"换血"计划 四名老将被挂牌
  4. 长春王万鹏王栋禁赛六场
  5. 阿尔滨官方宣布王万鹏加盟 at sports.sina.com 2015-01-31 Retrieved 2015-02-02
  6. „一方队长王万鹏租借大连超越 继续书写不老传奇“. Sina (14-iyun 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2018-yil.
  7. 官方:前一方队长王万鹏与前实德青训曲珈晨加盟宁夏 (Wayback Machine saytida 31-yanvar 2019-yil sanasida arxivlangan) at hupu.com 2019-01-31 Retrieved 2019-01-31
  8. „迪拜赛-对手进球无效 国足0-0战平阿联酋 视频“. teamchina.sports.sohu.com (11-yanvar 2008-yil). 20-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2012-yil.
  9. „2017中甲联赛积分榜“. Sina (2017-yil 11-mart). Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.