Wang Xuehan (xitoycha: 王雪涵; talaffuzi: Van Xuehan; 1998-yil 1-iyunda tugʻilgan) — Xitoy vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Sherigi Wang Lei bilan birga uch marta Gran-pri musobaqalarida bronza medali sovrindori (2014 Trophee Eric Bompard, 2014 Cup of China va 2016 NHK Trophy) va 2016-yil Xitoy milliy chempioni boʻlgan.

Wang Xuehan
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Xitoy
Tavalludi 1-iyun 1998-yil (1998-06-01) (25 yosh)
Pekin, Xitoy
Boʻyi 1.60 m (5 ft 3 in)
Oldingi sheriklari Wang Lei
Murabbiyi Zhao Hongbo, Han Bing, Qi Jia
Oldingi murabbiylari Yao Bin
Oldingi xoreograflari Helen Jiang
Jamoasi Beijing Century Star SC
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Beijing
Uchishni boshlagan 2005
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 69.36
Erkin dastur 118.72

Shaxsiy hayoti tahrir

Wang 1998-yil 1-iyunda Pekinda tugʻilgan. Onasi ingliz tilidan dars beradi.

Faoliyati tahrir

Wang bilan tahrir

Wang konkida uchishni 2005-yilda savdo markazidagi maydonchada boshlagan. U Wang Lei bilan 2012-yilda boshlab juftlik hosil qilgan. Bu juftlik 2013-yilgi Xitoy chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].

Gran-prida debyut qilgan Wang juftligi 2013 Cup of China musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Xitoy chempionatida musobaqalashib, toʻrtinchi oʻrindan joy olgan[2]

Wang juftligi keyingi mavsumda Gran-prining ikkala musobaqasida (2014 Cup of China va 2014 Trophee Eric Bompard) bronza medaliga sazovor boʻlgan. JUftlik 2015-yilgi Xitoy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[3].

Juftlik 2015 2016-yilgi mavsumda 2015 Skate America musobaqasida beshinchi va 2015 Cup of China turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular birinchi Xalqaro konkida uchish ittifoqining Bostonda boʻlib oʻtadigan 2016-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. Chempionatda qatnashgan bu juftlik qisqa dasturda 15, erkin dastur boʻyicha 14-oʻrinni egallab, umumiy natija bilan jamoalar orasida 15-oʻrindan joy olgan.

2020-yil sentabr oyida Wang Xuehan va Wang Lei juftlik hamkorligi tugatilgani eʼlon qilindi[4].

Dasturlari tahrir

(Wang Lei bilan)

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2016—17

  • Steppinʼ Out with My Baby

    Jumpin' Joz Band
2015—16

  • Romance
2014—15

  • Romance
2013—14

  • Singinʼ in the Rain
2012—13
  • Singinʼ in the Rain

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri

Wang bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 12—13 13—14 14—15 15—16 16—17 17—18 18-19
Jahon chempionati 15
Chinese Cup 4 3 4 4
GP NHK Trophy 3 WD
GP Skate America 5
GP Trophee Bompard 3
Milliy
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Xitoy chempionati

2
Xitoy chempionati 3 4 2 1 2
Jamoalar oʻrtasida
Team Challenge Cup 3-T
4-P
WD = WD = musobaqani tak etgan
T = Jamoa natijasi; P = Shaxsiy natija. Medallar faqat jamoaviy natija uchun beriladi.

Manbalar tahrir

  1. „Xuehan WANG / Lei WANG: 2014/2015“. International Skating Union. 2015-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Xuehan WANG / Lei WANG: 2015/2016“. International Skating Union. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Xuehan WANG / Lei WANG: 2016/2017“. International Skating Union. 2016-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Sun. „前几日去九华山庄采访,发现于小雨新搭档变成了王磊。“ (Chinese) (2020-yil 21-sentyabr).