Wang Lei (talaffuzi: Van Ley; 1988-yil 11-iyulda tugʻilgan) — Xitoy vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Sherigi Wang Xuehan bilan birga birga uch marta Gran-pri musobaqalarida bronza medali sovrindori (2014 Trophee Eric Bompard, 2014 Cup of China va 2016 NHK Trophy) va 2016-yil Xitoy milliy chempioni boʻlgan. Oldingi sherigi Zhan Yue bilan birga ikki karra Gran-pri musobaqasining sovrindori.

Wang Lei

Zhang/Wang juftligi
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Xitoy
Tavalludi 11-iyul 1988-yil (1988-07-11) (35 yosh)
Harbin, Heilongjiang, Xitoy
Yashash joyi Pekin
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Sherigi Yu Xiaoyu
Oldingi sheriklari Wang Xuehan
Zhang Yue
Murabbiyi Yao Bin, Yu Sun
Oldingi murabbiylari Xiao Peng, Yang Zhigang
Jamoasi Xin Xiu FSC Harbin
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 69.36
Erkin dastur 118.72

Shaxsiy hayoti tahrir

Wang Lei 1988-yil 11-iyulda Xitoyning Harbin shahrida tug‘ilgan.

Faoliyati tahrir

Wang bilan tahrir

Wang Lei Wang Xuehan bilan 2012-yilda boshlab juftlik hosil qilgan. Bu juftlik 2013-yilgi Xitoy chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].

Gran-prida debyut qilgan Wang juftligi 2013 Cup of China musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Xitoy chempionatida musobaqalashib, toʻrtinchi oʻrindan joy olgan[2]

Wang juftligi keyingi mavsumda Gran-prining ikkala musobaqasida (2014 Cup of China va 2014 Trophee Eric Bompard) bronza medaliga sazovor boʻlgan. JUftlik 2015-yilgi Xitoy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[3].

Juftlik 2015 2016-yilgi mavsumda 2015 Skate America musobaqasida beshinchi va 2015 Cup of China turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular birinchi Xalqaro konkida uchish ittifoqining Bostonda boʻlib oʻtadigan 2016-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. Chempionatda qatnashgan bu juftlik qisqa dasturda 15, erkin dastur boʻyicha 14-oʻrinni egallab, umumiy natija bilan jamoalar orasida 15-oʻrindan joy olgan.

2020-yil sentabr oyida Wang Xuehan va Wang Lei juftlik hamkorligi tugatilgani eʼlon qilindi[4].

Dasturlari tahrir

(Xuehan bilan)

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2016—17

  • Steppinʼ Out with My Baby

    Jumpin' Joz Band
2015—16

  • Romance
2014—15

  • Romance
2013—14

  • Singinʼ in the Rain
2012—13
  • Singinʼ in the Rain

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri

Xuehan bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 12—13 13—14 14—15 15—16 16—17 17—18 18-19
Jahon chempionati 15
Chinese Cup 4 3 4 4
GP NHK Trophy 3 WD
GP Skate America 5
GP Trophee Bompard 3
Milliy
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Xitoy chempionati

2
Xitoy chempionati 3 4 2 1 2
Jamoalar oʻrtasida
Team Challenge Cup 3-T
4-P
WD = WD = musobaqani tak etgan
T = Jamoa natijasi; P = Shaxsiy natija. Medallar faqat jamoaviy natija uchun beriladi.

Manbalar tahrir

  1. „Xuehan WANG / Lei WANG: 2014/2015“. International Skating Union. 2015-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Xuehan WANG / Lei WANG: 2015/2016“. International Skating Union. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Xuehan WANG / Lei WANG: 2016/2017“. International Skating Union. 2016-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Sun. „前几日去九华山庄采访,发现于小雨新搭档变成了王磊。“ (Chinese) (2020-yil 21-sentyabr).