Wanjira Mathai
Wanjira Mathai (1971-yil dekabrda tugʻilgan) — keniyalik ekolog va jamiyat faoli. U Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan Jahon Resurslar Institutining Afrika va global hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi direktoridir[2]. Wanjira bu lavozimda oʻrmonlarni kesishga qarshi kurash va energiyadan oqilona foydalanish kabi global muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. Wanjira Mathai 2018-yilda New African jurnali tomonidan Jahon Resurslar Institutidagi faoliyati hamda Green Belt Movementdagi faoliyati doirasida 30 milliondan ortiq daraxt ekishdagi ishtiroki uchun 100 ta eng nufuzli afrikaliklardan biri sifatida tanlangan[3].
Wanjira Mathai | |
---|---|
Mathai 2013-yilda Global Scholars Symposium da gapirmoqda. | |
Tavalludi |
1971 |
Fuqaroligi | Keniya[1] |
Onasi | Wangari Maathai |
Biografiyasi
tahrirMathai Keniyada tugʻilib oʻsgan[4][5]. Uning onasi Wangari Maathai ijtimoiy, ekologik va siyosiy faol boʻlib 2004-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi afrikalik ayol hisoblanadi[6][7].
Mathai Nayrobidagi Davlat uyi qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u Hobart va William Smith kollejlarida oʻqish uchun dastlab Jenevaga keyinchalik Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi va u yerda biologiya yoʻnalishini tanlab, 1994-yilda oʻqishni tamomlaydi[8][9][10]. Wanjira Emori universitetida jamoat salomatligi va biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan[8][11][12]. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Mathai Karter Markaziga qoʻshilib va u yerda kasalliklar nazorati boʻyicha ishlagan[13]. Markazda Mathai Afrika aholisiga taʼsir oʻtkazgan drakunkuloz, onxoserkoz va limfatik filariaz kabi kasalliklar haqida oʻrgangan[14].
Faoliyati
tahrirGreen Belt Movement
tahrirMathai Butunjahon kelajak kengashida va 1977-yilda onasi Wangari tomonidan asos solingan Green Belt Movement boshqaruv kengashida faoliyat olib borgan[15]. Dastlab, Mathai 2002-yildan boshlab Green Belt Movementning xalqaro aloqalar boʻyicha direktori boʻlib ishlagan, keyinroq esa tashkilotning ijrochi direktori etib tayinlangan[12][16]. Ushbu tashkilotda u mablagʻ toʻplash dasturlarini boshqargan va resurslarni safarbar qilish monitoringini, shuningdek, xalqaro targʻibot ishlarini olib borgan[17]. Onasi 2004-yilda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritganidan soʻng, Mathai unga dunyo boʻylab sayohatga hamrohlik qilgan[14]. 2011-yilda onasi vafot etganida Mathai klubni boshqargan[11].
Boshqa tashkilotlar va fondlar
tahrir2016-yildan beri Mathai Wangari Maathai jamgʻarmasi raisi boʻlib ishlab kelmoqda[8][18][19]. Jamgʻarmaning uchta ustuvor yoʻnalishi bor: Wangari Muta Maathai uyini saqlash, yoshlikda ijodkorlik va jasoratni rivojlantirish uchun yoshlarga yetakchilik koʻnikmalarini singdirish (Wanakesho) va yoshlar hamjihatligini taʼminlash[17]. Yoshlarga taʼlim berish muhimligiga boʻlgan ishonchining namunasi sifatida u Nayrobi Universiteti qoshidagi Wangari Maathai Tinchlik va atrof-muhitni oʻrganish institutining loyiha direktori boʻlgan. Ushbu institut yaxshi axloq va barqaror rivojlanishni targʻib qilishga qaratilgan[20][21].
2018-yilda Mathai New African jurnali tomonidan 100 ta eng nufuzli afrikaliklardan biri sifatida eʼtirof etilgan[22], shuningdek, Afrika universiteti tomonidan eng nufuzli afrikalik ayollar qatoriga kiritilgan[3][23].
Mukofotlari
tahrir2023-yil aprel oyida TIME jurnali Wanjirani 2023-yilning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritgan[24]. 2023-yil noyabr oyida u BBCning 100 ayol roʻyxatiga kiritilgan[25].
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Wanjira Mathai“ (en). World Resources Institute (2017-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Our List of Top Influential African Women in 2018“ (en-US). ALU (2019-yil 12-mart). 2021-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Women's Activism NYC“. womensactivism.nyc. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ Stanford Event Calendar. „Trees for Africa and Beyond: The Vision Continues“ (en). events.stanford.edu. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „The Nobel Peace Prize 2004“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „My mother, the Nobel Peace Prize pioneer“ (en-GB). BBC News (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Nwololo. „Being the best is not important, doing the best is what matters“ (en). Daily Nation (2020-yil 5-iyul). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ Chesler, Ellen. Women and Girls Rising: Progress and resistance around the world (en). Routledge, 2015-06-19. ISBN 978-1-317-48266-6.
- ↑ „Wanjira Mathai '94 Named Personality of the Week“ (en). www2.hws.edu. Hobart and William Smith Colleges (2017-yil 30-yanvar). 2022-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ 11,0 11,1 „Wanjira Mathai“ (en-US). Metis Fund. 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ 12,0 12,1 „Wanjira Mathai“ (en-US). Global Landscapes Forum | Paris 2015 (5-6 december 2015). Qaraldi: 2019-yil 30-dekabr.
- ↑ „Wanjira Mathai| World Forestry Congress“. Food and Agriculture Organization of the United Nations. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ 14,0 14,1 „We #Zoomin: on WPower's Director Wanjira Mathai“ (en-US). Nairobi Garage (2017-yil 16-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Wanjira Mathai“ (en-US). World Future Council. 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Seeking synergy: Funding Climate Change Mitigation and Adaptation | Synergos“. www.synergos.org. Qaraldi: 2019-yil 30-dekabr.
- ↑ 17,0 17,1 Elkington. „Values-based youth leadership education key to environmental sustainability: Wangari Maathai Foundation chair“ (en-US). Landscape News (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „Video: Wanjira Mathai“ (en). Peace Boat (2019-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „About Us – Wangari Maathai“ (en-GB). 2020-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „The Green Belt Movement“ (en). www.greenbeltmovement.org. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „Our Vision | Wangari Maathai Institute for Peace and Environmental Studies“. wmi.uonbi.ac.ke. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ Jere, Regina Jane (28 December 2018). „The 100 Most Influential Africans of 2018“. New African. Qaraldi: 16 July 2023.
- ↑ Lily. „Hurray! 11 Kenyans make it to the list of 100 most influential Africans“ (en-US). Kiss FM (2018-yil 2-dekabr). 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
- ↑ „TIME 100 most influential people 2023“. TIME. April 2023.
- ↑ „BBC 100 Women 2023: Who is on the list this year?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.