What's My Age Again?“ (inglizchadan tarjimasi: „Yoshim nechada edi?“) Amerikada tuzilgan Blink-182 rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. 1999-yilning aprelida guruhning Enema of the State nomli uchinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Unda Travis Barker ilk bora qatnashgan. Bas gitarachi Mark Hoppus tomonidan yozilgan ushbu ashula 23 yoshga kirib ulgʻaysa ham oʻzini yosh boladek tutuvchi bosh qahramon nomidan kuylanadi.

„What's My Age Again?“
Blink-182 qoʻshigʻi
„Enema of the State“ albomidan
Yozilgan sanasi 1998—1999
Chiqarilgan sanasi 13-aprel, 1999-yil(1999-04-13)
Janr Pop punk
Davomiyligi 2:26
Leybl MCA
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Jerry Finn
Blink-182 singllari xronologiyasi
„Josie“
(1998)
What's My Age Again?
(1999)
„All the Small Things“
(2000)

„What's My Age Again?“ qoʻshigʻi Blink-182 guruhi shuhratini keskin oshirishga yordam etgan taronalardan biridir. Tarona NME jurnali 2012-yilda tuzgan „Oʻtgan 15 yilning eng zoʻr 150 ashulasi“ (inglizcha: 150 Best Tracks of the Past 15 Years) roʻyxatida 117-oʻrinni egallagan[1].

Manbalar tahrir

  1. „150 Best Tracks Of The Past 15 Years“. Nme.Com. Qaraldi: 2012-yil 12-yanvar.

Havolalar tahrir