When We All Fall Asleep, Where Do We Go?

When We All Fall Asleep, Where Do We Go? amerikalik qoʻshiqchi Billie Eilishning debyut studiyaviy albomi hisoblanadi. Bu albom 2019-yil 29-martda Interscope Recordsning shoʻba korxonasi sanalmish Darkroom tomonidan Interscope Records va Buyuk Britaniyada Polydor Records tomonidan chiqarilgan. Bu albom ommaga taqdim etilayotgan paytda Billie Eilish 17 yoshda boʻlgan, albomni yozishda asosan akasi Finneas OʻKonnell yaqindan yordam bergan. Bu musiqiy albom Highland Park, Los-Anjelesdagi studiyasida yozilgan .

When We All Fall Asleep, Where Do We Go?
Billie Eilish albomi
Yozib olingan sanasi 2016-yil, May oyidan 2019-yil Yanvar oyigacha
Yozib olingan joy Los-Anjeles, Kaliforniya
Studiya Finneas' studiyasida
Janr Pop
Davomiyligi 42:55
Leybl
  • Darkroom
* Interscope
Prodyuser(lar) Finneas O'Connell

Billie Eilish qoʻshiqlarida yoshlar orasida uchraydigan turli muammolarni yaʼni giyohvandlik, oʻz joniga qasd qilish va ruhiy salomatlik kabi mavzularni hazil va dahshatning lirik hissiyotlari bilan tasvirlangan. Albom nomi esa "Bury a Friend qoʻshigʻidagi satrdan olingan. Albom 7 ta singlning chiqarilishi bilan sotuvga chiqarilgan. Ulardan 4 tasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan ular quidagilar:

Eilish shuningdek, albomni qoʻllab-quvvatlash uchun bir nechta gastrollarga chiqgan, jumladan „When We All Fall Sleep Tour“ va „Where Do We Go?“. Musiqiy albom tezda tijoriy muvaffaqiyat erishdi. Albom chiqarilishining birinchi haftasida koʻplab mamlakatlarda birinchi oʻrinni egalladi. 2019 yil iyun oyiga kelib, u AQShda 1,3 million nusxadan koʻproq sotilgan va Kanadada yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi, Buyuk Britaniyada esa Billie Eilish birinchi oʻrinni egallagan eng yosh ayol yakkaxon qoʻshiqchisiga aylandi.

Qoʻshiq yozirsh jarayoni tahrir

 
Billie Eilish (chap tomonda) akasi bilan 2020-yilgi konsertidan Finneas O'Connell (oʻng tomonda), uning akasi musiqiy albomni yozishda va ijro etishda yaqindan yordam bergan

Billie Eilish va uning akasi Finneas O'Connell 2016-yilning may oyida „Listen Before I Go“ qoʻshigʻi bilan „When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ ustida ishlay boshladilar. -Qoʻshiqni ikki yildan soʻng 2018-yil bahorida yozib oldishdi[1] Albom Finneas OʻKonnellning Kaliforniya shtatidagi Los Angeles Highland Parkda joylashgan kichik studiyasida yozilgan[2][3].

2018-yil 20-martda Eilish albom ustida ishlayotganini tasdiqlagan va uning albomi yil oxiriga kelib chiqishini aytgan[4] Billie EIlish 2018-yil iyul oyida BBC Radio 1ga bergan intervyusida, uning albomi 2019-yil 29-martda chiqishi kutilayotganini eʼlon qilgan.[5] Eng koʻp kutilgan albom 2019-yil yanvar oyida tugatilgan.[1][6][7].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Havens, Lyndsey (May 9, 2019). „Why All Eyes Are on Billie Eilish, the New Model for Streaming Era Success“. Billboard. January 27, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 8, 2019.
  2. Wilson, Zanda „Here's where Billie Eilish recorded her debut album“. The Music Network (2019-yil 3-aprel). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  3. Copperman, Joshua (May 23, 2019). „Rob Kinelski Talks Mixing For Billie Eilish, Working With Young Artists, and Keeping His Approach Simple“. Billboard. July 21, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 21, 2019.
  4. Outters, Amélie „Billie Eilish Told Us When We Can Expect a New Album“. enfntsterrible.com (2018-yil 20-mart). 2019-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  5. Graves, Shahlin „Apparently Billie Eilish's Album Will Be Released in Early 2019“. Coup de Main Magazine (2018-yil 22-iyul). 2019-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  6. „mastering the album today“. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  7. „Billie Eilish Has Been Mastering Her Debut Album, 'FYI'“. Dork (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.