Billie Eilish

amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir (2001–)

Billie Eilish Pirate Baird OʻConnell (talaffuzi: Billi Aylish Payrat Berd ОʼKonnell; 18-dekabr 2001-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. U ilk marotaba 2015-yilda SoundCloud platformasiga „Ocean Eyes“ ashulasini yuklaganida, keyinchalik esa bu qoʻshiq Interscope Recordsning shoʻba korxonasi sanalmish Darkroom tomonidan chiqarilgandan soʻng shuhrat qozongan. Tarona produseri uning akasi Finneas O'Connell boʻlib, ashula matnini ham u yozgan hisoblanadi. Eilish u bilan musiqa va jonli ijrolarda hamkorlik qilib keladi. Uning Don't Smile at Me (2017) mini-albomi sleeper hit boʻlib, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada top 15 talikka kirishga mavaffaq boʻldi.

Billie Eilish

Eilish 2022-yilgi kontsert paytida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Billie Eilish Pirate Baird O'Connell
18-dekabr 2001-yil (2001-12-18) (22 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Janr Pop, Electropop, Dark pop[1]
Faoliyat yillari 2015-hozirgacha
Veb-sayt billieeilish.com

Eilishning When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (2019) nomli studiyaviy albomi AQShda Billboard 200da yuqori pogʻonalarni egalladi, Buyuk Britaniyada birinchi raqamli qoʻshiq boʻldi hamda 2019-yilda eng koʻp sotilgan albomlardan biri sifatida qayd etildi. Albomning beshinchi singlli boʻlmish „Bad Guy“ Billboard Hot 100 da birinchi raqamli ashula boʻldi. 2020-yilda u James Bond filmlari turkumidagi No Time to Die filmi uchun shu nomli ashula ijro etdi hamda bu qoʻshiq Buyuk Britaniyadagi birinchi raqamli singlga aylandi. Keyinchalik, Eilish tomonidan ijro etilgan „Everything I Wanted“, „My Future“, „Therefore I Am“ va „Your Power“ singillari AQSh va Buyuk Britaniyada top 10 talikka kirdi.

Diskografiyasi tahrir

Turnelar tahrir

  • Donʼt Smile at Me Tour (2017)
  • Whereʼs My Mind Tour (2018)
  • 1 by 1 Tour (2018-2019)[3]
  • When We All Fall Asleep Tour (2019)[4]
  • Where Do We Go? World Tour (2020)[5]
  • Happier Than Ever: The World Tour (2022)[6]

Manbalar tahrir

  1. „The Issue with Billie Eilish’s Darkness“. Medium.com (22-aprel 2019-yil).
  2. Aswad, Jem „Billie Eilish to Drop New Album, 'Happier Than Ever,' on July 30“. Variety (27-aprel 2021-yil). Qaraldi: 27-aprel 2021-yil.
  3. Reed, Ryan „Billie Eilish Plots North American Tour“. Rolling Stone (23-iyul 2018-yil). 25-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-oktabr 2018-yil.
  4. Moore, Robby „Billie Eilish Reveals North American Tour Dates for 'When We All Fall Asleep World Tour'“. Daily Ovation (4-fevral 2019-yil). 9-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2019-yil.
  5. Rowley, Glenn (14–may 2020–yil). „Billie Eilish Postpones Remaining World Tour Dates Due to Pandemic“. Billboard. 15–may 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14–may 2020–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. „Billie Eilish Announces 2022 Happier Than Ever, The World Tour Dates“ (en-US). www.yahoo.com. Qaraldi: 2021-yil 21-may.

Havolalar tahrir