Your Power — Amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi Billie Eilishning qoʻshigʻi va uning ikkinchi studiyaviy albomi hisoblanadi shu bilan birgalikda Happier Than Ever (2021)dagi uchinchi singl hisoblanadi[1][2]. Bu qoʻshiq 2021-yil 29-aprelda Darkroom va Interscope Records orqali chiqarildi. Qoʻshiq odamlarni oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilishni toʻxtatishga chaqiradi va u asosan ayollarni ekspluatatsiya qiladigan erkaklarga qaratilgan. Uning qoʻshiq matni oʻrta maktab oʻquvchisi va yoshi kattaroq erkak oʻrtasidagi yomon munosabatlarni hikoya qiladi[3]. Billie Eilishning prodyuseri va uning akasi Finneas O'Connell bilan Your powerni yozgan. Variety va The Guardian jurnallarida 2021-yilning eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri deb topilgan. „Your Power“ qoʻshigʻi haqorat va kamsitishni tanqid ostiga olgan, bu qoʻshiq hissiy taʼsiri va soʻzlari zamonaviy jamiyatga mosligi uchun maqtovga sazovor boʻldi. U 2021 MTV Video Music Awards mukofotida „Video for Good“ mukofotini qo‘lga kiritdi. Ochilish haftasida qo'shiq 64,2 million marotaba joinli efirda uzatilgan va butun dunyo boʻylab 8600 ta nusxada sotildi. „Your power“ qoʻshigʻi 20 dan ortiq mamlakatlarda eng yaxshi 10 talikka kirdi. Bu qoʻshiq Billie Eilishning AQSHdagi 10ta top qoʻshigʻining 5-pogʻonasida turadi. U Billboard Global 200 chartida 6-oʻrinni egalladi.

„Your power“
Billie Eilish qoʻshigʻi
„Happier Than Ever“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2021-yil 29-aprel
Janr Folk
Davomiyligi 4:05
Leybl

Darkroom

Matn muallif(lar)i Billie Eilish O'Connell
Prodyuser(lar) Finneas

Billie Eilish Your power qoʻshigʻi chiqqan kuni premyerasi boʻldi va Billiening shaxsan oʻzi „Your Power“ qoʻshigʻining klipiga rejissyorlik qildi. „Your Power“ klipi Simi vodiysida sur’atga olindi. Billie Eilish „Your power“ qoʻshigʻini birinchi marotaba Stephen Colbertning shousida jonli ijro etdi va bu qoʻshiqni 2021 yilgi konsertida va shu bilan bir qatorda 2022-2023 yillardagi „Happier Than Ever“ni qoʻllab-quvvatlash uchun jahon gastrol roʻyxatiga kiritildi.

Manbalar tahrir

  1. Hunt, El „Billie Eilish – Happier Than Ever Review: An Artist Secures Her Status as a Generational Great“ (en). NME (2021-yil 29-iyul). 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  2. Cordero, Rosy (April 27, 2021). „Billie Eilish Is Happier Than Ever to Announce Her New Album Drops This Summer“. Entertainment Weekly. February 5, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: October 8, 2022.
  3. „Billie Eilish: Critics Praise 'Defiant' Second Album, Happier Than Ever. BBC News (2021-yil 30-iyul). 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.