Whitefish koʻrfazi
Whitefish koʻrfazi – Michigan (AQSh) hamda Ontario (Kanada) oʻrtasidagi Yuqori koʻlning sharqiy chekkasida joylashgan katta koʻrfaz hisoblanadi. Koʻrfaz Michigandagi Whitefish Point va Ontariodagi Kanada qalqonining anchagina ogʻir va yovvoyi tabiatiga ega Whiskey Point oʻrtasida joylashgan. Xalqaro chegara koʻrfaz boʻylab oʻtgan boʻlib, u kemalar tomonidan juda koʻp ishlatilgan hamda ular Buyuk koʻllarning shimoliy va janubiy qismini bogʻlab turuvchi Soo Locks oʻtish yoʻlidan foydalanishadi.
Whitefish ko'rfazi | |
---|---|
2022-yil 10-aprelda Expidition 67 ekspeditsiyasi tomonidan Xalqaro Kosmik Stansiyadan olingan | |
Morfometriya | |
Dengiz sathidan balandligi | 184 metr |
Havzasi | |
Quyiladigan irmoqlar | St. Marys daryosi (Michigan-Ontario) va St. Marys daryosi |
Joylashuvi | |
Hudud | Yuqori ko'l, Michigan va Ontario |
Koordinatalar | 46°42′8″N 84°47′20″W / 46.70222°N 84.78889°W |
Whitefish Point Light mayogʻi koʻrfazga kirish deb belgilangan boʻlib, koʻrfazning oʻrtasida Ile Parisienne Light mayogʻi va Gros Cap Reefs Light mayogʻi esa Soo Locks oʻtish yoʻliga yaqin yaʼni Michigan shtatidagi Sault Ste. Marie shahrida joylashgan[1]. Whitefish Point mayogʻi Yuqori koʻldagi eng qadimiy ishlayotgan mayogʻdir. Qadimiy mayogʻning bir qismida Great Lakes Shipwreck Museum muzeyi ham joylashgan. Muzeyda choʻkkan kemalar roʻyxatida mavjud kemalardan artifaktlar mavjud boʻlib, ulardan eng mashhuri 1975-yilda choʻkkan va borddagi barcha 29 kishini oʻzi bilan olib ketgan SS kemasidir.
1855-yilda Soo Locks oʻtish yoʻli ochilganidan soʻng Yuqori koʻldagi kemalar harakati koʻpaygan va Whitefish koʻrfazi yomon ob-havo tufayli choʻkkan kemalar markaziga aylangan. Shundan soʻng, Whitefish Point Underwater Preserve hamjamiyati kelajak avlodlarga choʻkkan kema qoldiqlarini asl holicha saqlash vazifasi bilan tashkil qilingan. Hamjamiyatga maʼlum choʻkkan kemalar roʻyxatiga quyidagilar kiradi:
- Comet kemasi
- John B. kemasi
- Cowle kemasi
- Drake kemasi
- Samuel Mather kemasi
- Miztec kemasi
- Myron kemasi
- Niagara kemasi
- Sagamore kemasi
- Superior City kemasi
- Vienna kemasi
- John M. Osborn kemasi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „Rowlett, Russ. "Lighthouses of Canada: Western Ontario"“ (2008-yil 22-noyabr). 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ Whitefish Point Underwa hamjamiyati kelajak avlodlarga choʻkkan kema qoldiqlarini asl xolicha saqlash vazifasi bilan tashkil qilingante. Choʻkib ketgan kemalardan bizga maʼlum boʻlganlari quyidagilar: r Preserve