Wilhelmshaven
Vilgelmsxafen (Germaniya imperatori Vilgelm I nomi va nem. xafen — gavan, port soʻzidan) — GFR dagi shahar, Quyi Saksoniya yerida. Aholisi qariyb 91 ming kishi. Shim. dengiz sohilidagi, Ems-Yade kanalining quyilish joyidagi port (yuk ortish va tushirish yiliga 20 mln. t chamasida). Mamlakatning chetdan neft qabul qilib oladigan muhim bandargohi (Vesseling sh.ga 360 km ga neft quvuri tortilgan). Mashinasozlik (jumladan hisoblash mashinalari, kemasozlik), rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, tikuvchilik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Baliqovlash markazi. Shaharga 1853 y.da harbiy dengiz bazasi sifatida asos solingan.[1]
Wilhelmshaven | |
---|---|
shahar | |
53°31′0″N 8°8′0″E / 53.51667°N 8.13333°EKoordinatalari: 53°31′0″N 8°8′0″E / 53.51667°N 8.13333°E | |
Mamlakat | Olmoniya |
Olmoniya yerlari|Yer | Quyi Saksoniya |
Hukumat | |
• Oberburgomistr | Andreas Wagner |
Maydon | 106,91 km2 |
Markazi balandligi | 2 m |
Aholisi (2010) |
81 324 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 04421, 04423 und 04425 (jeweils teilweise) |
Pochta indeks(lar)i | 26351-26389 |
Avtomobil kodi | WHV |
Rasmiy kodi | 03 4 05 000 |
Wilhelmshaven Olmoniyaning Quyi Saksoniya yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 106,91 km2. 81324 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).