William Dean Howells- (1-mart, 1837 — May 11, 1920) amerikalik realist, yozuvchi, adabiyotshunos va dramaturg boʻlgan. Uning laqabi „Amerika xatlari dekani“ boʻlgan."Atlantik oylik" nomli gazetaning muharriri va shu bilan bir qatorda, oʻzining sermahsul yozuvlari tufayli mashhur boʻlgan. Shu jumladan, „Har kuni Rojdestvo“ hikoyasi hamda „Silas Laphamning yuksalishi“ va „Altruriyadan kelgan sayohatchi“ romanlarining muharriri sifatida tanilgan.

William Dean Howells
Tavalludi 1-mart 1837-yil
Vafoti 18-aprel 1955-yil(1955-04-18)
(76 yoshda)
Manhattan, New York (shahar), Amerika Qoʻshma Shtatlari
Kasbi
  • Dramaturg
  • shoir
  • aktyor
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari 1861-1865
Turmush oʻrtogʻi Elinor Mead
Bolalari Winifred Howells (b. 1863)
John Mead Howells (b. 1868)
Mildred Howells (b. 1872)
Onasi Mary Arden
Imzosi
Fayl:Appletonʼs Howells William Dean signature.jpg

Biografiyasi

tahrir

Hayotning boshlangʻich davri va oilasi

tahrir

William Dean Howells 1837-yil 1-mart Martinsville (Indiana),(hozirgi kundagi — Martins Ferry (Ohio))da William Cooper Howells va Mary Dean Howellslarning,[2] 8 farzandidan 2-chisi edi. Uning otasi Ohio (New York) atrofida tez-tez koʻchib yuradigan gazeta muharriri va matbuotchi edi.[3] 1840-yilda oilasi bilan Hamilton (Ohio) koʻchdi, u yerda otasi „Yangi cherkovga“ ergashdi.[4] Ularning sarflangan 9 yili ularning bir joyda sarflagan eng koʻp vaqti boʻldi. Garchi yosh Howellsni ota-onasi uning adabiy qiziqishlari uchun ragʻbatlantirgan boʻlsa ham, oila tejamkor yashashi kerak edi.[5] U yoshligida otasiga matn terish va chop etishda yordam berishni boshladi, bu ish oʻsha paytda printer sifatida tanilgan. 1852- yilda otasi sheʼrlaridan birini unga bildirmasdan „Ohayo shtati jurnali“ da nashr qilishni yoʻlga qoʻydi.

Dastlabki karyerasi

tahrir

1856 -yil Howells,Ohayo shtati Vakillar palatasiga kotib etib saylandi. 1858 yilda u „Ohayo shtati jurnali“ da ishlay boshladi, u yerda Sheʼr va qisqa hikoyalar yozdi, shuningdek, fransuz, ispan va nemis tillaridan parchalarni tarjima qildi. U Nemis tili va boshqa tillarni astoydil oʻrgangan va Heinrich Heinega katta qiziqish bildirgan. 1860-yilda Bostonga tashrif buyurib; James T. Fields, James Russell Lowell va Henry David Thoreaular bilan uchrashdi. Henry Adams, Henry James va Oliver Wendell Holmes Jr.larning doʻstiga aylandi.[6] 1860 - yilda Howells Abraham Lincolnning saylov kampaniyasi biografiyasini „'Abraham Lincoln hayoti“'ni yozdi va keyinchalik Venetsiyada konsullikka ega boʻldi.

Muharrirlik va boshqa adabiy ishlar

tahrir

1865-chi yilda Howells Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaytib keldi va Cambridge, Massachusetts shtatiga joylashdi. 1866-yilning yanvarida James Fields unga „The Atlantic Monthly“da muharrir yordamchisi lavozimini taklif qildi; u Fieldsning qattiq nazoratidan qoniqmagan boʻlsa ham, yuqori maosh uchun muvaffaqiyatli muzokaralardan soʻng qabul qildi.[7] Howells 5 yil muharrir yordamchisi sifatida ishlagandan keyin, 1871 yilda muharrir etib tayinlandi va u bu lavozimda 1881 yilgacha qoldi. 1869 yilda u Mark Twain bilan uchrashdi va u bilan uzoq yillik doʻstlik munosabatlarini oʻrnatdi. Lekin, uning Jonathan Baxter Harrison bilan boʻlgan munosabati adabiy uslubini yaxshilash uchun unga muhimroq edi. Xarrison 1870-yillarda „The Atlantic Monthly“ jurnalida oddiy amerikaliklar hayoti haqida bir qator maqolalar yozgan.[8] Howells „Italian poets of our century“ uchun bir qancha leksiyalar oʻtdi.[9] Uning sheʼrlari 1873 va 1886 yillarda to‘plangan va bu toʻplam 1895 yili „Stops of Various Quills“ nomi ostida chiqarilgan. U amerikalik realistlar maktabining birinchi ochgan insonlardan edi va bundan boshqacha fantastikalar turiga unchalik ham hamdard emas edi. Uning yozuvlari qolgan bir qancha yozuvchilarni ham ruhlantirdi, jumladan, Stephen Crane, Frank Norris,Hamlin Garland va Paul Laurence Dunbar.

Kelasi yillarda

tahrir

1902 - yilda Pony Beykerning parvozi qisman oʻz bolaligidan ilhomlangan bolalar uchun kitob boʻlgan.[10] Shu yilning oʻzida Piskataqua daryosi ga qargan (Kittery Point, Maineda) joylashgan yozgi uy sotib oldi.[11] U har yili Elinor vafot etgunga qadar u erga qaytib keldi, u uyni oʻgʻli va oilasiga qoldirib, York bandargohidagi uyga koʻchib oʻtdi. Uning nabirasi Jon Noyes Mid Xouells 1979- yilda bu mulkni Harvard universitetiga yodgorlik sifatida hadya qilgan.[12] 1910-yil fevral oyida Elinor Howells yomonlashgan Nevritni davolash uchun Morfin dan foydalanishni boshladi.[13] U 6-may kuni, tugʻilgan kunidan bir necha kun oʻtgach va Howellsning doʻsti Mark Twain vafotidan ikki hafta oʻtgach vafot etdi. Howells va uning qizi Mildred yilning bir qismini Konkord avenyudagi Kembrijdagi uylarida oʻtkazishga qaror qilishdi; garchi Elinorsiz ularga bu ogʻir boʻlsa ham.[14] Howells 1920-yil 11-mayda yarim tunda, uyqusida vafot etdi va Kembrijda (Massachusets shtatida) dafn etilgan.[15] 8 yil oʻtgach, qizi uning yozishmalarini adabiy hayotining tarjimai holi sifatida nashr etdi.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. Lynn, 35
  3. William D. P. Bliss (ed.), The Encyclopedia of Social Reforms. Third Edition. New York: Funk and Wagnalls Co., 1897; pg. 698.
  4. Olsen, 33-34
  5. Olsen, 36
  6. See, e.g., Smith, Harriet Elinor, ed., The Autobiography of Mark Twain, Volume 1, University of California Press, 2010, p.475.
  7. Goodman and Dawson, 107-108
  8. Fryckstedt 1958
  9. Harriet Knight Smith, The History of the Lowell Institute, Boston: Lamson, Wolffe and Co., 1898.
  10. Olsen, 5
  11. J. Dennis Robinson. „William Dean Howells at Kittery“. seacoastnh.com.
  12. William Dean Howells Memorial House, Kittery Point, Maine (Wayback Machine saytida 2010-06-27 sanasida arxivlangan)
  13. Goodman and Dawson, 401
  14. Goodman and Dawson, 402
  15. ISITE Design. „Cambridge Cemetery - Public Works - City of Cambridge, Massachusetts“. cambridgema.gov. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.