William Makepeace Thackeray
William Makepeace Thackeray (1811-yil 18-iyul – 1863-yil 24-dekabr) – ingliz yozuvchisi va rassomi. U oʻzining satirik asarlari, xususan, 1847–1848-yillarda yozilgan Britaniya jamiyatining panoramik portretini aks etuvchi "Bekorchilar yarmarkasi" va 1975-yilda Stanley Kubrick tomonidan suratga olingan filmda oʻzlashtirilgan The Luck of Barry Lyndon (1844) nomli asarlari bilan mashhur.
William Makepeace Thackeray | |
---|---|
Tavalludi |
18-iyul, 1811-yil Britaniya, Hindiston, Calcutta |
Vafoti |
24-dekabr, 1863-yil (52 yosh)London, Britaniya |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Britaniya |
Taʼlimi | Cambridge universiteti qoshidagi Trinty kolleji |
Janr | Tarixiy fantastika |
Imzosi | |
Thackeray Britaniya Hindistonining[1] Calcutta shahrida tugʻilgan va 1815-yilda otasi vafotidan keyin Angliyaga yuborilgan. U turli maktablarda tahsil oldi va Yevropaga sayohat qilish uchun joʻnab ketishdan oldin Cambridge universiteti qoshidagi Trinty kollejida qisqa muddat oʻqishini davom ettirgan. Thackeray oʻz merosining katta qismini qimor oʻyinlari va muvaffaqiyatsiz gazetalarga sarflagan. Keyinchalik oilasini taʼminlash uchun jurnalistikaga murojat qilgan va dastlab Fraser's Magazine, The Times, Punch kabi juranallarda ishlagan. Uning rafiqasi Isabella ruhiy kasallikdan aziyat chekib vafot etgan. Thackeray oʻzining "Bekorchilar yarmarkasi" nomli romani bilan shuhrat qozondi va yana bir qancha mashhur asarlar yaratdi. U 1857-yilda parlamentga nomzodini qoʻyib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1860-yilda Cornhill jurnalini tahrir qildi. Thackerayning sogʻligʻi haddan tashqari ovqatlanish, ichish va harakat yetishmasligi tufayli yomonlashdi va ellik ikki yoshida insultdan vafot etdi.
Biografiyasi
tahrirThackeray 1811-yil 18-iyulda Britaniya Hindistonning[2] Calcutta shahrida, Richmond Thackeray (1-sentyaber 1781 – 13-sentyabr 1815) oilasida yolgʻiz farzand boʻlib tugʻuladi. Uning otasi Sharqiy Hindiston kompaniyasida soliqlar kengashining kotibi boʻlgan. Onasi Anne Becher (1792–1864) Harriet Becher va John Harman Becherlarning ikkinchi qizi boʻlib, u ham Sharqiy Hindiston kompaniyasining kotibi (yozuvchi) boʻlgan[3]. Richmond Thackerayning bobosi Thomas Thackeray (1693–1760) Harrow School maktabi direktori boʻlgan[4].
Otasi Richmond 1815-yilda vafot etishi sababli, onasi Anne uni Angliyaga joʻnatadi. U sayohat qilgan kema Saint Helenada qisqa vaqt toʻxtaydi va u yerda hibisda saqlanayotga Napoleon uning eʼtiborini tortadi. Dastlab u Angliyadagi Southampton va Chiswick maktablarida tahsil oladi va keyinchalik, Charterhouse maktabida oʻqishini davom ettirib, John Leech ismli bola bilan doʻstlashadi. Thackeray Charterhouseni yoqtirmasdi[5] va uni oʻz fantastikasida „Qushxona“ deb parodiya qilgan.
Hech qachon akademik taʼlimga unchalik qiziqmagan Thakeray 1830-yilda Cambridge universitetini tark etadi, biroq uning ilk nashr etilgan maqolalari „The Snob“ va „The Gownsman“ universitet nashriyoti tomonidan chop etilgan[6].
Shundan soʻng, Thackeray Yevropa boʻylab sayohatida bir muddat Parij and Weimarda boʻladi va u yerda Johann Wolfgang von Goethe bilan uchrashadi. U Angliyaga qaytib, Middle Templeda huquq sohasini oʻrganishni boshlaydi, lekin tez orada undan voz kechadi. 21 yoshga toʻlgach, u otasidan meros olib, uning koʻp qismini qimor oʻyinlariga va yozishga umid qilgan ikkita muvaffaqiyatsiz gazetalari – „The National Standard“ va „The Constitutional“ - ni moliyalashtirish uchun sarflaydi. Shuningdek, Ikki hind bankining qulashi natijasida u boyligining katta qismini ham yoʻqotadi. Oʻzini taʼminlash uchun kasb haqida oʻylashga majbur boʻlgan Thakeray, dastlab Parijda tahsil olgan sanʼat yoʻnalishiga murojat qiladi, ammo oʻzining baʼzi romanlari va boshqa yozma asarlarining rassomi sifatida faoliyatini yuritishdan tashqari, u kasbni uzoq davom ettirmaydi[manba kerak].
Thackerayning yarim bekorchilik yillari 20-avgust 1836-yil Matthew Shawening ikkinchi qizi Isabella Gethin Shawe (1816–1894) bilan turmush qurganda tugaydi. Thackerayning uchta farzandi boʻlgan: Anne Isabella (1837–1919), Jane (sakkiz oyligida vafot etgan), va Harriet Marian (1840–1875) biograf va faylasuf Sir Leslie Stephenga turmushga chiqqan.
Thackeray yosh oilasini boqish uchun jurnalistikaga murojaat qilib, oʻzi taʼkidlaganidek, „oʻz hayoti uchun yozish“ni boshlaydi. U asosan Fraser's Magazine - oʻtkir zehnli va konservative – gazetasi uchun ishlab, qisqa fantastik hajviy asarlar va ikkita uzun fantastik ishlar – Catherine vaThe Luck of Barry Lyndon - yaratgan.1837-1840 yillar orasida The Times uchun ham ishlab, bir qancha kitoblar haqida maqolalar nashr qilgan[7].
U The Morning Chronicle and The Foreign Quarterly Review jurnallariga ham doimiy hissasini qoʻshgan.
Keyinchalik, rassom John Leech bilan aloqalari tufayli yangi tashkil etilgan Punch jurnali uchun maqola yozishni boshlab, The Book of Snobs nomi bilan toʻplangan The Snob Papers qogʻozlarini nashr etadi. Ushbu asar „snob“(xudbin) soʻzining hozirgi maʼnosini ommalashishiga sabab boʻldi[8].
Thackeray 1843-1854 yillar orasida Punch jurnalining doimiy nazr beruvchisi boʻlgan[9].
Thackerayning shaxsiy hayotida, uning rafiqasi Isabella 1840-yilda uchinchi farzandi tugʻulganidan keyin depressiyaga tushib qoladi. U uyda hech qanday ishni bajara olmasligini bilganidan soʻng, 1840-yilgacha – xotinining ahvoli qanchalik jiddiy ekanini anglamaguncha – koʻproq vaqtini uyidan uzoqda oʻtkazadi. Natijada, u oʻzini aybdor his qilib, xotini bilan Irlandiyaga yoʻl oladi. Dengizni kesib oʻtish vaqtida Isabella oʻzini suv omboridan turib dengizga uloqtiradi, ammo uni suvdan chiqarib olishadi. Rafiqasining onasi bilan boʻlgan toʻrt haftalik janjallardan soʻng ular uyga qaytib kelishadi. Isabellaning ahvoli juda yomonlashishi sababli,1840-yil noyabiridan 1842-yil fevraligacha mutaxasislar parvarishiga olinadi[4].
Oxir-oqibat, u haqiqiy hayotdan butunlay ajralish holatiga tushadi. Thakeray ilojsizlikdan unga shifo izladi, ammo hech narsa ish bermadi va 1845-yilgacha ular Parijdagi ikki xil boshpanalarda yashashdi. Shundan soʻng Thackeray uni Angliyaga qaytarib olib kelib, Camberwellda uni Bakewell xonim qaramogʻiga topshiradi. Isabella Southenddagi Leigh-on-Sea shahrida yashovchi Thompson ismli oila qarovi ostida turmush oʻrtogʻidan 30 yil koʻproq umr koʻrib, 1894-yilda vafot etadi[10][11]. Thakeray rafiqasining kassaligidan soʻng de-fakto bevaga aylanib, hech qachon uzoq davom etadigan munosabatlar qurmagan.
1840-yil boshlarida Thackeray ikkita „The Paris Sketch Book“ va „The Irish Sketch Book“ nomli sayohat kitoblari bilan muvaffaqiyat qozonadi va ularning ikkinchisi Irland katoliklariga nisbatan dushmanligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, kitob oʻsha paytda Britaniyada Irlandiyaga qarshi hissiyotni oʻziga jalb qilganligi sababli, Thakerayga Punchning - koʻpincha Hibernis Hibernior („irlandiyaliklardan koʻra koʻproq irland“) taxallusi ostida – irlandiyalik mutaxassisi boʻlish vazifasi berildi[9]. Thackerayga 1845 −1851-yillardagi Great Irish Famine davrida Punch unga irlandlarga nisbatan dushmanlik va salbiy tasvirlarini yaratish uchun javobgarlikni topshiradi[9].
Thakeray oʻzining „Snob Papers“ (1846/7 seriyali, 1848-yilda kitob koʻrinishida nashr etilgan) kitobi bilan koʻproq eʼtirofga erishdi, biroq uning shuhratini mustahkamlagan asar "Bekorchilar yarmarkasi" romani boʻlib, u birinchi marta 1847-yil yanvar oyidan boshlab seriyali qismlarda paydo boʻla boshlagan. „Bekorchilar yarmarkasi“ oʻzining seriyali chiqishini tugatmasidan oldin, Thakeray oʻzi satirik qilgan lordlar va xonimlar tomonidan izlanadigan mashhur odamga aylanadi va insonlar uni Charles Dickensga teng deb olqishlashadi[12].
Ishlar roʻyxati
tahrirQisimlar
tahrirArthur Pendennis
- The History of Henry Esmond (1852) – ISBN 0-14-143916-5
- The Virginians (1857–1859) – ISBN 1-4142-3952-1
- Pendennis (1848–1850) – ISBN 1-4043-8659-9
- The Newcomes (1854–1855) – ISBN 0-460-87495-0
- A Shabby Genteel Story (Unfinished) (1840) – ISBN 1-4101-0509-1
- The Adventures of Philip (1861–1862) – ISBN 1-4101-0510-5
Mr M. A. Titmarshning Rojdvesto kitoblari
- Mrs. Perkins's Ball (1846), as by M. A. Titmarsh
- Our Street
- Doctor Birch and His Young Friends
- The Kickleburys on the Rhine (Christmas 1850) – „a new picture book, drawn and written by Mr M. A. Titmarsh“[13]
- The Rose and the Ring (Christmas 1854) – ISBN 1-4043-2741-X
Romanlar
tahrir- Catherine (1839–1840) – ISBN 1-4065-0055-0 (originally credited to „Ikey Solomons, Esq. Junior“[14])
- The Luck of Barry Lyndon (1844) – ISBN 0-19-283628-5
- Vanity Fair (1847–1848) – ISBN 0-14-062085-0
- Men's Wives (1852) – ISBN 978-1-77545-023-8
- Lovel the Widower
- Denis Duval (unfinished) (1864) – ISBN 1-4191-1561-8
Novellalar
tahrir- Elizabeth Brownbridge
- Sultan Stork
- Little Spitz
- The Yellowplush Papers (1837) – ISBN 0-8095-9676-8
- The Professor, loosely based on the life of Edward Dando
- Miss Löwe
- The Tremendous Adventures of Major Gahagan
- The Fatal Boots
- Cox’s Diary
- The Bedford-Row Conspiracy
- The History of Samuel Titmarsh and the Great Hoggarty Diamond
- The Fitz-Boodle Papers
- The Diary of C. Jeames de la Pluche, Esq. with his letters
- A Legend of the Rhine
- A Little Dinner at Timmins’s
- Rebecca and Rowena (1850), a parodic sequel to Ivanhoe – ISBN 1-84391-018-7
- Bluebeard’s Ghost
Hajviy pyesalar
tahrir- The Irish Sketchbook (2 Volumes) (1843) – ISBN 0-86299-754-2
- The Book of Snobs (1846–1848), which popularised that term – ISBN 0-8095-9672-5
- Flore et Zephyr
- Roundabout Papers
- Some Roundabout Papers
- Charles Dickens in France
- Character Sketches
- Sketches and Travels in London
- Mr. Brownʼs Letters
- The Proser
- Miscellanies
Pyesa
tahrir- The Wolves and the Lamb
Sayohatga oid yozma ishlar
tahrir- Notes of a Journey from Cornhill to Grand Cairo (1846), under the name Mr M. A. Titmarsh.
- The Paris Sketchbook (1840), featuring Roger Bontemps
- The Little Travels and Roadside Sketches (1840)
Boshqa Non-fikshn asarlar
tahrir- The English Humorists of the 18th Century (1853)
- Four Georges (1860–1861) – ISBN 978-1410203007
- Roundabout Papers (1863)
- The Orphan of Pimlico (1876)
- Sketches and Travels in London
- Stray Papers: Being Stories, Reviews, Verses, and Sketches (1821–1847)
- Literary Essays
- The English Humorists of the 18th century: a series of lectures (1867)
- Ballads
- Miscellanies
- Stories
- Burlesques
- Character Sketches
- Critical Reviews
- Second Funeral of Napoleon
Toʻrtliklar
tahrir- The Pigtail
- The Mahogany Tree (1847)
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.google.com/search? the 17 provinces of India formerly governed by the British under the British sovereign
- ↑ 17 provinces of India formerly governed by the British under the British sovereign
- ↑ Aplin, John. The Inheritance of Genius : A Thackeray family biography, 1798-1875. Cambridge, UK: Lutterworth Press, 2010. ISBN 978-0718842109. OCLC 855607313.
- ↑ 4,0 4,1 "Thackeray, William Makepeace (1811–1863)". Oxford Dictionary of National Biography (online nashri). 2018. doi:10.1093/odnb/9780192683120.013.27155.
- ↑ Dunton, Larkin. The World and Its People. Silver, Burdett, 1896 — 25-bet.
- ↑ Andoza:Acad
- ↑ Simons, Gary (2007). "Thackeray's contributions to The Times". Victorian Periodicals Review 40 (4): 332–354. doi:10.1353/vpr.2008.0002. https://archive.org/details/sim_victorian-periodicals-review_winter-2007_40_4/page/332.
- ↑ Dabney, Ross H. (March 1980). "Review: The Book of Snob by William Makepeace Thackeray, John Sutherland". Nineteenth-Century Fiction 34 (4): 456–462, 455. doi:10.2307/2933542.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Gray, Peter „Punch and the Great Famine“. History Ireland (historyireland.com) (2013-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
- ↑ Monsarrat, Ann. An Uneasy Victorian: Thackeray the man, 1811–1863. Cassell, 1980 — 121, 128, 134, 161-bet.
- ↑ Aplin, John. Memory and Legacy: A Thackeray family biography, 1876–1919. Lutterworth, 2011 — 5, 136-bet.
- ↑ Brander, Laurence „Thackeray, William Makepeace“. Ebscohost. Britannica Biographies. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
- ↑ Smith, Elder & Co.'s new publications (1850-yil 30-noyabr), s. 778.
- ↑ Harden, Edgar. A William Makepeace Thackeray Chronology. Palgrave Macmillan, 2003 — 45-bet. ISBN 978-0-230-59857-7. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.