William McArthur (talaffuzi: Uilyam MakArtur 1951-yil 26-iyulda tugʻilgan) — isteʼfodagi Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi polkovnigi va NASA astronavti.

William S. McArthur
Tavalludi

1951-yil 26-iyul (71 yosh)

Laurinburg, Shimoliy Karolina, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Armiya uchuvchisi, sinov uchuvchisi
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Daraja Polkovnik, AQSh armiyasi
Kosmosdagi vaqt
224d 22soat 19min
Tanlash 1990-yil NASA guruhi 13
Missiyalar STS-58, STS-74, STS-92, Soyuz TMA-7 (12-ekspeditsiya)
Missiya belgisi

Armiya faoliyati tahrir

McArthur 1951-yil 26-iyulda tugʻilgan va Shimoliy Karolina shtatining Red Springs shahrida oʻsgan. McArthurAmerikaning Boy Skautlarida faol boʻlgan va u yerda oʻzining ikkinchi eng yuqori darajasi – Life Scout -ga erishgan[1]. U Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Akademiyasida oʻqidi, 1973-yilda Amaliy fan va muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini oldi. McArthur Shimoliy Karolina shtatining Fort Bragg shahridagi 82-havo desant diviziyasida xizmat qilgan soʻngra, AQSh armiyasi aviatsiya maktabida oʻqigan. Koreya va Jorjiyada xizmat safarlarida boʻlgan (1983-yilda Jorjiya Texnologiya Institutida Aerokosmik muhandislik fanlari magistri darajasini olgan)[2].

NASA faoliyati tahrir

1987-yilda McArthur AQSh harbiy-dengiz kuchlari sinov uchuvchilar maktabida oʻqidi va eksperimental sinov uchuvchisi sifatida taʼlim oldi. U NASAda parvoz sinovlari muhandisi lavozimiga tayinlangan va 1990-yilda astronavt nomzodi sifatida tanlangan. McArthuring birinchi kosmik parvozi 1993-yilda STS-58 bortida boʻlgan. Keyingi missiyalarga STS-74 va STS-92 kirdi[2].

McArthur 41 xil samolyot va kosmik kemada 9000 soatdan ortiq parvozni amalga oshirdi.

Shaxsiy hayoti tahrir

McArthur sobiq Cynthia Kathryn Lovinga uylangan[3]. Uning ikki qizi bor. McArthur velosipedda yurishni, suratga olishni va shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashni yoqtiradi[2]. 2009-yil may oyida u koinot fani va muhandislik sohasiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, Shotlandiya kosmik maktabi bilan olib borgan targʻibot ishlari uchun Strathclyde universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻldi. U hozirda Texasning Friendswood shahrida istiqomat qiladi.

Tasma Tavsif Izohlar
  Harbiy xizmat uchun medal
  Mudofaa xizmatlari uchun medal
  Mudofaadagi xizmatlari uchun medali
  Armiya maqtov medali
  Milliy mudofaa xizmati medali
  Armiya xizmati lentasi
  NASAning „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
  NASAning alohida xizmat medali
  NASA kosmik parvoz medali

Manbalar tahrir

  1. „Astronauts and the BSA“. Fact sheet. Boy Scouts of America. 2009-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2006-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 NASA. „William S. McArthur Biography“. NASA (2014-yil sentabr). Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  3. „Former NASA astronaut William 'Bill' McArthur Jr. To Speak at Riverside School on Wednesday, May 2“ (2-may 2018-yil).