William Thurston

amerikalik matematik

William Thurston (talaffuzi: Uilyam Tyorston) (30-oktyabr 1946-yil — 21-avgust 2012-yil) — amerikalik matematik. Thurston 1982-yilda 3-manifoldlarni oʻrganishga qoʻshgan hissasi uchun Fields medali bilan taqdirlangan. U 2003-yildan umrining soʻnggi kunlarigacha Cornell universitetida matematika va informatika fanlari professori boʻlib ishlagan.

William Thurston
Tavalludi 30-oktyabr 1946-yil
Washington D.C., AQSh
Vafoti 21-avgust 2012-yil(2012-08-21)
(65 yoshda)
Rochester, New York, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Cornell universiteti
California universiteti, Davis
Matematik fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
California universiteti, Berkeley
Princeton universiteti
Massachusetts texnologiya instituti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Taʼlimi Florida shtatidagi New kollej
California universiteti, Berkeley
Akademik rahbarlari Morris Hirsch
Mashhur shogirdlari Richard Canary
Benson Farb
David Gabai
William Goldman
Steven Kerckhoff
Yair Minsky
Igor Rivin
Oded Schramm
Richard Schwartz
Danny Calegari
Sergio Fenley
Mashhur ishlari Thurston's geometrization conjecture
Thurston's theory of surfaces
Milnor–Thurston kneading theory
Mukofotlari Oswald Veblen geometriya mukofoti (1976)
Alan T. Waterman mukofoti (1979)
Fields medali (1982)
Milliy Fanlar akademiyasi (1983)
Leroy P. Steele mukofoti (2012).

Thurston Bell Laboratoriyasida muhandis va tikuvchi oilasida tugʻilgan. U 1967-yilda Florida shtatidagi New kollejni bitirgan. Thurston kollejdan soʻng Berkeleydagi California universitetiga oʻqishga kirgan va talaba sifatida Vetnam urushiga qarshi namoyishlarda qatnashgan. 1972-yilda Morris Hirsch rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Thurston doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng bir yil Prinstondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida boʻlib, undan keyin Massachusetts texnologiya institutiga dotsent sifatida taklif qilingan. U 1974-yilda Princeton universitetida professorlik darajasini olgan. U yerda 70-yillarning ikkinchi yarmi va 1980-yillarning boshlarida kichik topologiya sohasida asosiy natijalarga erishgan.