Wismar
Vismar — Germaniyaning Meklenburg-Old Pomeraniya yeridagi shahar. Boltiq dengizidagi Vismar qoʻltigʻining jan. sohilida. Mamlakatning yuk oboroti boʻyicha va asosiy baliq ovlaydigan yirik portlaridan biri. Kemasozlik va unga xizmat qiladigan korxonalar rivojlangan. Oziq-ovqat (shakarqand), yogʻochsozlik, qogʻoz, kimyo sanoati korxonalari bor. V. qadimda savdo markazlaridan biri boʻlgan. 1229 yildan shahar, 1256-1358 yillarda Meklenburg knyazlarining qarorgohi, 1648—1803 yillarda Shvesiya tarkibida boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Nikolaykirxe gotika cherkovi (1381 yil) va boshqa saqlangan.[1]
Wismar | |
---|---|
Shahar | |
53°53′33″N 11°27′54″E / 53.89250°N 11.46500°E | |
Mamlakat | Germaniya |
Yer | Mecklenburg — Vorpommern |
Hukumat | |
• Burgomistr | Thomas Beyer |
Maydon | 4,136 km2 (1,597 kv mi) |
Markazi balandligi | 15 m |
Aholisi (2010) |
44 397 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 03841 |
Pochta indeks(lar)i |
23952, 23966, 23968, 23970 |
Avtomobil kodi | HWI |
Rasmiy kodi | 13 0 06 000 |
|
Geografiyasi
tahrirHududi
tahrirWismarning hududi 41,72[2] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 17[3] m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ (unspecified title) — Federal Statistical Office.
- ↑ (unspecified title)