Wolt
Wolt Enterprises Oy[1][2], ommaga Wolt nomi bilan tanilgan, — asosan oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi Finlandiya kompaniyasi. Mijozlar kompaniya ilovasi (iOS va Android uchun mavjud) yoki veb-saytida kompaniya hamkorlaridan mahsulotlarni buyurtma qilib, oʻzlari olib ketishlari yoki yetkazib berish xizmatidan ham foydalanishlari mumkin. Wolt shuningdek, oʻzining Wolt Market deb nomlangan oziq-ovqat doʻkonlari tarmogʻiga ham egalik qiladi[3]. Kompaniya bosh qarorgohi Finlandiya poytaxti Helsinkida joylashgan[4].
Turi | Xususiy |
---|---|
Egasi | DoorDash |
Qachon asos solingan | 6-oktyabr, 2014-yilHelsinki, Finlandiya |
Asoschi(lari) |
|
Vebsayti | wolt.com |
2022-yil may oyida Wolt Amerikaning oziq-ovqat yetkazib beruvchi DoorDash kompaniyasi tomonidan sotib olingan. DoorDash bugungi kunda 29 mamlakatda faoliyat yuritadi, ulardan 25 tasida Wolt nomi ostida mahsulot va xizmatlarni taklif etadi[5].
Tarixi
tahrirWolt 2014-yilda 6 ta shaxs tomonidan, jumladan, Slush nomi ostida yillik tadbir oʻtkazuvchi kompaniyaning sobiq bosh direktori va Woltning amaldagi bosh direktori Miki Kuusi tomonidan tashkil etilgan. Kuusi 2022-yilning may oyigacha, DoorDash Wolt kompaniyasini sotib olguniga qadar DoorDashning AQSHdan tashqaridagi faoliyati uchun masʼul edi[5].
2023-yil may holatiga koʻra, Wolt 25 mamlakatda va 300 dan ortiq shaharlarda, jumladan Helsinki, Tokio va Berlinda faoliyat olib borgan. Kompaniyaning 70 000 dan ortiq savdo hamkorlari, 150 000 kuryerlik hamkorlari va 20 million roʻyxatdan oʻtgan mijozlari bor[6]. Woltning 25 ta mamlakatda ochilgan ofislarida 7000 dan ortiq xodim ishlaydi[7].
2021-yil noyabr oyida Wolt DoorDashga aksiyalar almashinuvi orqali birlashtirilayotgani eʼlon qilindi, bu esa Wolt aksiyadorlariga DoorDash aksiyalarining bir qismini 8,1 milliard AQSh dollari evaziga sotilishiga sabab boʻladi. 2022-yil 31-mayda Woltning DoorDash tomonidan sotib olinishi o'z yakuniga yetadi[5].
DoorDash tomonidan sotib olinishidan oldin, Wolt investorlardan 856 million dollar mablagʻ toʻplagan. ICONIQ Capital, Highland Europe, 83North, EQT Ventures, Tiger Global, DST Global, Prosus, KKR[8], Coatue, Inventure, Lifeline Ventures, Supercell asoschisi va bosh direktori Ilkka Paananen, Nokia raisi Risto Siilasmaa va boshqalar shular jumlasidandir[manba kerak].
Wolt Financial Times tomonidan chop etilgan FT:1000 Yevropaning eng tez rivojlanayotgan kompaniyalari 2020 jadvalida ikkinchi oʻrinni egallagan[9].
Yillar boʻyicha kompaniyaning rivojlanishi
tahrir- 2014: Wolt kompaniyasiga Finlandiyaning poytaxti Helsinkida asos solingan.
- 2015: Helsinki shahrida mijozlar mahsulotlarni olib ketishi mumkin boʻlgan doʻkonlar ochilgan.
- 2016: Wolt xizmatlari qatoriga yetkazib berishni qoʻshilgan. Shvetsiya va Estoniyada ham xizmatlar yo'lga qo'yilgan. Estoniya poytaxti Tallinda Starship Technologies bilan hamkorlikda yetkazib beruvchi robotlar bilan tajriba oʻtkazilgan[10][11].
- 2017: Daniya, Latviya va Litva davlatlarida ham o'z xizmatlarini taklif eta boshlaydi.
- 2018: Xorvatiya, Chexiya, Norvegiya, Vengriya, Gruziya, Isroil va Polshada ham o'z offislarini ochadi.
- 2019: Serbiya, Gretsiya, Ozarbayjon, Slovakiya, Sloveniya va Qozogʻistonda faoliyat boshlaydi.
- 2020: Yaponiya, Kipr Respublikasi, Malta va Germaniyada xizmatlarini ishga tushiradi. Helsinkida Wolt oʻzining „Wolt Market“ oziq-ovqat doʻkonlari tarmogʻiga asos soladi.
- 2022: Uzoq vaqtli munozaralardan soʻng DoorDash tomonidan sotib olinadi[12].
- 2023: Avstriya va Islandiyada ham oʻz faoliyatini boshlaydi[13].
- 2024: Lyuksemburg[14] va Albaniyada[15] ham ishga tushiriladi.
Kuryerlar
tahrirWolt yetkazib berishda doimiy haydovchilari orqali emas (Germaniya bundan mustasno), balki oʻzi-oʻzi ish bilan taʼminlaydigan yaʼni qachon, qayerda va qancha ishlashlarini oʻzlari hal qiladigan ishchilar xizmatidan foydalanadi. Bunda kuryerlar oʻz ish haqining hisobidan pensiya, ijtimoiy sugʻurta va asbob-uskunalar bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzlari toʻlashlari kerak boʻladi. Finlandiyada, davlat qonunchiligiga koʻra, agar yillik YEL daromadi kamida 8575,45 yevro boʻlsa, 4 oydan ortiq ishlagan ishchilar uchun ularning pensiya va kasallik xarajatlari odatda YEL sugʻurtasi (Tadbirkorning pensiya sugʻurtasi) orqali toʻlab beriladi[16]. Masalan, avtomobildan foydalanishda benzin, sugʻurta va boshqa xarajatlarni kompaniya oʻz zimmasiga oladi. Oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan shaxslar sifatida kuryerlar taʼtil davomida ish haqi olmaydilar. Woltning soʻzlariga koʻra, kuryerlarning uchdan bir qismi toʻliq ish vaqtida ishlaydi, hamda ularning taxminan chorak qismi talabalardan iborat. Helsinkida immigrantlarning katta qismi ayni shu kompaniya uchun kuryerlik qiladi[17][18].
Manbalar
tahrir- ↑ „Wolt Enterprises Oy :: Finland :: OpenCorporates“. OpenCorporates (2014-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ „Wolt Enterprises Oy - YTJ:n yritys- ja yhteisöhaku“. tietopalvelu.ytj.fi. Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ „Wolt Market Reduces Prices of Nearly 100 Staple Grocery Items by 15% - BBJ“. BBJ.hu.
- ↑ „Wolt to expand to 15 new communities near Rishon, Rehovot“. The Jerusalem Post.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Sterling, Toby. „DoorDash sees tepid Q2 for Wolt as it completes $3.5 bln takeover“. Reuters (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „About“. Wolt (2021-yil 3-iyun).[yaxshiroq manba kerak]
- ↑ „DoorDash Joins Forces with Wolt“. ir.doordash.com (2021-yil 9-noyabr).
- ↑ „Food delivery platform Wolt raises $500m from global investor group“ (en). Sky News. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
- ↑ Kelly, Maxine „FT 1000: the fourth annual list of Europe's fastest-growing companies“. Financial Times (2020-yil 2-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
- ↑ „Wolt delivers the goods with robots“. Good News from Finland (2016-yil 28-noyabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
- ↑ „Starship hakkab Tallinnas toitu koju tooma“ (et). Arvutimaailm (2016-yil 28-noyabr).
- ↑ „About – Wolt“. wolt.com. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
- ↑ „Wolt expands further in Europe“. Ecommerce News (2023-yil 15-may).
- ↑ „Wolt food delivery service launches in Luxembourg“. RTL Today (2024-yil 29-fevral).
- ↑ „Wolt expands further in Europe“. Albanian Daily News (2024-yil 13-mart).
- ↑ „Who is YEL insurance for and when?“. Ilmarinen (2023-yil 17-dekabr).
- ↑ „Voiko ruokalähetti muka tienata 4 000 e/kk? Järjestön laskelma paljastaa karun totuuden palkasta“. Iltalehti.fi (2019-yil 18-noyabr).
- ↑ „Miten lähetin eläketurva, sairausvakuuttaminen ja työttömyysturva toimivat?“. Wolt Blog.Andoza:Unreliable source?